72
Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi
Malakali tibbiy xizmatdan foydala-
nish huquqi
har bir odamga havola etil-
gan. Mamlakatda aholi bepul davolana-
digan davlat tibbiyot muassasalari
ning
salmoqli miqdori mavjud.
Keyingi vaqtlarda bir talay xo‘-
jalik hisobidagi,
shuningdek, pullik
poli
klinikalar va shifoxonalar paydo
bo‘ldiki, qayerda davolanishni tanlash
imkoniyati ham yaratildi.
Sog‘lom avlod – millat salomatligi garovidir.
Keyingi vaqtlarda mam-
lakatda “Sog‘lom avlod uchun” singari turli davlat dasturlari hamda faoli-
yati yosh avlod salo matligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan jamoat bir-
lashmalari tashkil etildi.
Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 40-modda.
Bilim olish huquqi
O‘zbekiston Respublikasida har bir odam bilim olish huquqiga ega-
dir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish
imkoni yati mavjud. Bu narsa mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolat-
langandir.
Har kim bilim olish huquqiga ega.
Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturiga
muvofi q mamlakatda quyidagi ta’lim turlari belgilangan: maktabgacha
ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim (1–9-sinfl ar), o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
Asosiy qonun belgilaydi
Asosiy qonun belgilaydi
73
(akademik li tsey
yoki kasb-hunar kollejlari, ta’lim muddati – 3 yil), oliy
ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, malaka oshirish va kadrlarni qay-
ta tay yorlash, maktabdan tashqari ta’lim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bilim ham tovarga aylanishi sababli
ta’limning roli ham o‘zgarib boradi.
1-vaziyat.
Ko‘plar har bir odam uchun majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kasb-hunar
ta’limi shart emas, umumiy o‘rta ta’lim ham kifoyadir, deb hisob lashadi. Go‘yo, hech
qanday ma’lumotsiz ham binoyidek ishlab pul topish mumkin emish. Siz bunga qanday
qaraysiz?
2-vaziyat.
Kimda bilim ko‘p bo‘lsa, egallagan bilimini hayotda qo‘llay olsa, unga
talabgor ko‘proq bo‘ladi va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari ko‘p bo‘ladi, degan
fi krni ma’qullaysizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: