G. M. Tansikbayeva, V. A
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-topshiriq 70 Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini
Uchinchi: Bularning hammasi to‘g‘ri, ammo siz davlat hammani ish
bilan ta’minlay oladi, deb hisoblaysizmi? Menimcha, buning imkoni yo‘q. To‘rtinchi: Fikrimcha, iqtisodiy huquqlarni kafolatlash mushkuldir. Ammo hukumat kam ta’minlanganlarga (pensionerlar, mehnat layoqatini yo‘qotganlar va hokazolarga) imtiyozlar berishga majburdir. Beshinchi: Men har bir odam o‘zi va o‘z yaqinlari hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojni davlatning yordamisiz ishlab topishi kerak, deb hisoblayman. Davlat esa bor kuch-g‘ayratini atrof-muhit muhofazasiga qaratishi lozim. Ushbu muhokamada qancha har xil qarashlar bayon etildi? Qaysi fi kr-muloha- zalar, argumentlar Sizga ancha ishonarli tuyuldi? Nega? Ushbu muammoni hal etish yo‘li borasida o‘z fi kringizni bildiring. Bahs yuritish barcha huquqlar inson uchun nechog‘liq muhim ekan- ligini, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini, biri boshqasini qay yo‘sinda to‘ldirishini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham, siyosiy huquqlarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan qan- day ajratib olish mumkin? O‘z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy huquq lar sog‘lom muhitda yashash huquqisiz ma’no kasb etmaydi. Bu narsa butun- lay tushunarli, negaki ijtimoiy himoya qilinmagan inson o‘zining siyosiy, iqti- sodiy va boshqa huquqlarini ro‘yobga chiqarishi ehtimoldan yiroqdir. Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning bog‘liqligi shundan iboratki, ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega, insonning iqtisodiy huquqi esa bevosita yoki bilvosita, ayni paytda yoki vaqti kelganda, albatta, jamiyat hayotining ijtimoiy tomoniga ta’sir (ijobiy yoki salbiy) ko‘rsatadi. 1-topshiriq 70 Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini erkin tanlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir odam mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, unda hech kim bu mol- mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o‘ziga ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o‘z mulkini qandaydir bir ishga sarfl ab ko‘paytirish, ya’ni o‘ziga tanish faoliyat so- hasida serg‘ayratlik namoyish etish imkoniyati bo‘ladi. Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo‘lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o‘ziga ish qidirib to- pishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburi yatlarini yuklaydi. Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd etilga n. Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoya- lanish huquqiga egadir. Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi. Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling