G. M. Tansikbayeva, V. A
Download 2.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Konstitutsiyaviy huquq asoslari. 9-sinf (2014, G.Tansikbayeva, V.Kostetskiy)-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 57-moddadan. 3. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI
- O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 67-moddadan. Senzura
Asosiy qonun belgilaydi
92 birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmala rining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfi y jamiyatlar va uyushmalar tuzish taqiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 57-moddadan. 3. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (67-modda) va O‘zbe - kiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonu- niga muvofi q har bir fuqaroga so‘z erkinligi: radio orqali, matbuotda, tele- videniyeda va boshqa ommaviy axborot vositala rida chiqish, o‘z fi kri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqi beriladi. Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofi q ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 67-moddadan. Senzura – mafkura jihatdan zararli hisoblangan maqolalarni taqiq- lash maqsadida gazetalar, jurnallar va boshqa nashrlarning chop etish oldidan ko‘zdan kechirilishi. Asosiy qonun belgilaydi Yodda tuting! 93 Har kim haqida uning roziligisiz axborot yig‘ish, saqlash va foydala- nish taqiqlangan. Faqat qonunda belgilangan hollar bundan mustasnodir. Agar ommaviy axborot vositalarida noto‘g‘ri bo‘lgan, shuningdek, inson qadr-qimmati va obro‘sini tahqirlovchi ma’lumotlar e’lon qilin- gan bo‘lsa, u holda ana shu ma’lumotlarni chop etgan nashrda bunday ma’lumotlar uchun raddiya berishga haqlidir. Sizningcha, odamlar o‘zlari xohlagan hamma narsalarni e’lon qilish imkoni- yatiga ega bo‘lishi kerakmi? Ommaviy axborot vositalarida e’lon qili nishi lozim va e’lon qilinmasligi shart bo‘lgan narsalar ro‘yxatini tu zing. O‘z faoliyatida odamlarni uning xatti-harakatlariga qarshi yo‘naltirgan ba’zi bir gazetalarni hukumat ma’lum vaqt yopib qo‘yadi. Sizningcha, bu inson huquqlari buzilishimi? Kelajakda davlat boshlig‘i o‘rnida bo‘lib qolsangiz, qanday ish tutgan bo‘lardingiz? Jamiyat va har bir odamning axborot olishi – iqtisodiy va ma’naviy yuksalish garovidir. Ammo soxtalashtirilgan, jamoat chilik fi kri shakllan- masligi uchun axborot tarqatish davlat yoki bir guruh shaxslarning mono- poliyasi bo‘lib qolmasligi lozim. Demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy shartlaridan biri – matbuot va axborot erkinligidir. Ammo so‘z va matbuot erkinligi mutlaq bo‘la olmaydi. Chunki televizor ekranida yangragan, gazetada e’lon qilingan axborotni millionlab odamlar eshitadi, o‘qiydi. Agar ma’lum bir shaxs, korxona, ishlab chiqarish tarmog‘i haqida yang- lish ma’lumotlar aytilsa, bu bilan ularning nufuziga putur yetkaziladi, huquqlari buziladi. Bo‘hton ma’lumotlar, zo‘ravonlik xatti-harakatlariga da’vat etish va boshqa xatti-harakatlar uchun ularni e’lon qilgan om- maviy axborot vositalari amaldagi qonunga muvofiq sud javobgarligiga tortiladi. Sizningcha, mustaqil matbuot mavjud bo‘la oladimi? Gazetalardan qaysilarini muntazam o‘qib borasiz? Diqqatingizni jalb etishi va uni muntazam o‘qib bo rishingiz uchun, sizningcha, gazeta qanday bo‘lishi lozim? Download 2.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling