“Yoshlar va qonun” nizomi


Download 21.12 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi21.12 Kb.
#1556808
  1   2
Bog'liq
Yoshlar va qonun nizomi

“Yoshlar va qonun”

NIZOMI



I. Umumiy qoidalar


  1. Mazkur Nizom O’zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universitetida, ,,Yoshlar va qonun” Respublika tanlovini (keyingi o‘rinlarda – tanlov) o‘tkazish tartibini belgilaydi.

  2. Tanlov jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, shuningdek, O’zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universitetida talabalarning huquqiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, milliy huquq tizimiga hurmat munosabatini shakllantirish, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillariga nisbatan huquqiy immunitetini shakllantirish, qonun buzilishi holatlariga murosasizlik hissini uyg‘otish maqsadida o‘tkaziladi.

II. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish.

  1. Tanlovda 1-4 kurs talabalaridan iborat 8 kishilik guruhlar ishtirok etishlari mumkin.

Universitet muassasalarining tanlovda ishtirok etuvchi guruhlarini shakllantirish tegishlicha universitet muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Guruhlar faqatgina tanlovda qatnashayotgan Universitet talabalari tarkibidan tuziladi.

  1. Tanlovni o‘tkazish muddatlari, joyi, taqdirlash bosqichlari hamda tanlov bilan bog‘liq boshqa turdagi tashkiliy-huquqiy masalalar mas’ul tashkilotchilarning vakillaridan tarkib topgan tashkiliy ishchi guruh zimmasiga yuklatiladi.

  2. Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovning birinchi bosqichi fakultet ikkinchi universitet bosqichlari may oylarida o‘tkaziladi.

  1. Tanlov bosqichlari quyidagicha tashkil etiladi:

fakultet bosqichini tashkil etish va o‘tkazish O’zbekiston davlat jimoniy tarbiya va sport universitetida huzurida tuzilgan tashkiliy ishchi guruhi tomonidan belgilanadi va 3 kun oldin universitet muassasasi hamda mas’ul tashkilotlar vakillariga ma’lum qilinadi. Saralash bosqichi may oyida o‘tkaziladi.

Download 21.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling