“Yoshlar va qonun” nizomi


III. Tanlov shartlari va baholash mezonlari


Download 21.12 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi21.12 Kb.
#1556808
1   2
Bog'liq
Yoshlar va qonun nizomi

III. Tanlov shartlari va baholash mezonlari

  1. Tanlov 4 ta shart asosida o‘tkaziladi.

  2. Tanlovning 1-sharti “Sud majlislari modeli” deb nomlangan bo‘lib, unda guruhlar mamlakatimizda sud huquq sohasidagi o‘zgarishlar, odil sudlov tizimini amalga oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirib berishlari, bunda yoshlar tomonidan sud majlislari modelini ko‘rsatib berishlari, bunda yoshlar o‘rtasidagi ma’muriy va jinoiy ishlar, shuningdek maishiy muammolarga tegishli bo‘lgan fuqarolik ishlari, shuningdek, respublikaning barcha hududlarida sudlarning adolatli faoliyatni takomillashtirishga oid amaliy takliflarini taqdim etishlari shart.

Ushbu shartga 7 daqiqa vaqt ajratiladi va 5 ballik tizimda baholanadi.

  1. Tanlovning 2-sharti “Huquqiy islohotlar bosqichi” bo‘lib, unda har bir guruhning sardori tanlovning tashkiliy ishchi guruhi tomonidan guruhlar soniga mos ravishda tayyorlangan maxsus

konvertlar ichidan bittasini tanlaydi. Konvertlarda 5 ta savoldan iborat bilet bo‘ladi. Savollar so‘nggi besh yilda (2023yildagi) o’zgartitilgan yangi konsitutsiyada mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etgan O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari mazmun-mohiyati yoritishga qaratilgan mavzulardan iborat tartibda tuziladi.
Biletdagi savollarning barchasiga guruhning bir nafar ishtirokchisi yoxud har bir savolga guruhning boshqa ishtirokchilaridan biri javob berishi mumkin. Qo‘shimcha javoblar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Savollarga tayyorlanish uchun guruhlarga 1 daqiqa, javob berish uchun esa 3 daqiqa vaqt ajratiladi va 5 ballik tizimda baholanadi.

  1. Tanlovning 3-sharti “Yoshlarga oid qonunchilik – yoshlar nigohida” sharti bo‘lib, unda guruhlar yoshlarga oid davlat siyosati va sud-huquq sohasidagi mavzular asosida tayyorlangan hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan videorolik taqdimotini namoyish etadilar.

Hakamlar hay’ati videorolikni baholashda uning sifati, so‘nggi 5 yilda huquqiy sohada yuz bergan o‘zgarishlar, qabul qilingan qonunchilik bazasining yoritilishi, mazmundorligi hamda professional darajada tayyorlanganligiga alohida e’tibor qaratadilar. Guruhlar videorolikni tayyorlashda mutaxassislar va ijodkorlar yordamidan foydalanishi mumkin. Biroq, rolikni yaratishda boshqa roliklardan ko‘chirib olib foydalanish taqiqlanadi.
Videorolik uchun 5 daqiqa ajratiladi. Videorolik kadr ortidan sharhlab borilishi mumkin. Shart 5 ballik tizimda baholanadi.

  1. Tanlovning 4-sharti “Huquqingni angla!” deb ataladi. Guruhlar jamiyatda uchraydigan ayrim yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatchiliklar, ijtimoiy-huquqiy muammolarni sahna ko‘rinishlar orqali namoyish etish bilan birgalikda ushbu holatlarni bartaraf qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirishlari lozim.

Ushbu sahna ko‘rinishi uchun 7 daqiqagacha vaqt ajratiladi va 5 ballik tizimda baholanadi.
12. Guruhlarning badiiy chiqishi va sahna ko‘rinishining o‘ziga xosligi, milliyligi, mazmundorligi, yangiligi, guruhlarning o‘zini tanishtirishi va sahna ko‘rinishlari jarayonida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarni inobatga olishi hamda ular mohiyatini oddiy va xalqchil tarzda ochib berishi, belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilishi, kiyimi, ijodiy, badiiy hamda voqea-hodisalarni xalqchil asosda tayyorlashi – baholashning asosiy mezoni hisoblanadi.
Guruhlar o‘z badiiy chiqishi va sahna ko‘rinishining ssenariysini tanlovdan uch kun avval tashkiliy ishchi guruhga taqdim etadi.

  1. Tanlovdagi savollar “Konstitusiyaviy huquq” hamda “Davlat va huquq asoslari” fanlari, ,,O’zgartirilgan yangi konsitutsiya’’ shuningdek, “Harakatlar strategiyasi” doirasida huquqshunoslikka ixtisoslashgan ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini jalb etgan holda tuziladi.

Tanlov savollari tuziladigan qonunchilik hujjatlari ro‘yxati Universitet kanalining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga joylashtiriladi.
Savollar tashkiliy ishchi guruh tomonidan saralanib, tanlov kunidan bir kun oldin maxsus paketlarga joylashtirilib, muhrlanadi.

  1. Tanlov shartlarini baholash, g‘oliblar va boshqa ishtirokchilarni taqdirlash tashkiliy ishchi guruh tomonidan tuziladigan hakamlar hay’ati zimmasiga yuklanadi.

Hakamlar hay’ati tarkibiga Universitet yoshlar yetakchisi,Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektr, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga ma’sul bo‘lgan rector maslahatchisi kiritiladi. Tanlovda I, II, III o‘rinlar ta’sis etilgan bo‘lib, barcha shartlar bo‘yicha umumiy ballar qo‘shib hisoblanganda, eng yuqori ball to‘plagan guruh tanlovda I o‘rinni, undan keyingisi II va III o‘rinni egallagan hisoblanadi.
Agarda guruhlar o‘rtasida umumiy to‘plangan ballar teng kelib qolsa,
I, II, III o‘rinlarni belgilash sardorlar bellashuvi orqali hal etiladi.
Bunda umumiy ballari teng bo‘lgan har bir guruh sardoriga hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan 10 ta blis savoli beriladi. Javob berish uchun 1 daqiqa vaqt ajratiladi. Savolga tayyorlanishga esa vaqt berilmaydi.
Sardorlarning bergan javoblari hakamlar hay’ati tomonidan 1 ballik tizimda baholanadi. 10 ta savol natijasiga ko‘ra g‘olib belgilanadi.
Tanlovning barcha bosqichlarida qabul qilingan qarorlar bo‘yicha hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan sharh berilmaydi va shikoyat qilish mumkin emas.
IV. Gʻoliblarni taqdirlash
16. Tanlov g‘olib va ishtirokchilarini Universitet rektorining I, II va III darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.
17. Tanlov yakuniga ko‘ra, hakamlar hay’ati tomonidan turli nominasiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi hamda Yoshlar ittifoqining faxriy yorliq va sovg‘alari bilan rag‘batlantiriladi.
Download 21.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling