G metallmas oksidi tarkibida 2/5 g kislorod bor. Oksidning ekvivalentini toping
Download 26.59 Kb.
|
Eritmagacha 1
1. 3/4 g metallmas oksidi tarkibida 2/5 g kislorod bor. Oksidning ekvivalentini toping. A) 14 B) 30 C) 24 D) 15 2. 238A → 134B + 76C + xα Ushbu yadro reaksiyasidagi B izotopidagi neytronlar soni A izotopidagi neytronlardan 60 taga, C izotopidagi neytronlar esa 84 taga kam bo’lsa, B va C izotoplaridagi neytronlar yig’indisini toping. A) 128 B) 116 C) 126 D) 129 3. Qaysi qatorda o’zgarmas valentli metallar har xil valentlik namoyon qilgan? A) CaCl2, AlBr3, CuI B) AgBr, HgO, AuCl3 C) Li2S, Ba3P2, Al2O3 D) Mg3N2, Ca3P2, Fr3As 4. Metan gazi bilan to‘ldirilgan idish massasi 28 g, idish bo‘shatilib uni silan bilan to‘ldirilganda 40 g keladi. Ushbu idish shunday sharoitda karbonat angidirid bilan to‘ldirilsa, u qanday massa keladi? A) 43 B) 40 C) 49 D) 52 5. Ikkinchi davr elementlari atomlarida tartib raqamining ortib borishi bilan ularning qaysi xususiyatlari susayib boradi? 1) NEM; 2) metallik; 3) ionlanish potensiali; 4) tashqi energetik qavatdagi elektronlar soni; 5) metallmaslik; 6) atom radiusi A) 2,6 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 1,3,4,5 6. Xrom (II) ionida s- va d-elektronlar sonini hisoblang. A) 6; 3 B) 6; 4 C) 7; 5 D) 8; 2 7. Aluminiy digidroksosulfatning grafik formulasida nechta σ- va π- bog’lar bo’ladi? A) 14 va 4 B) 16 va 2 C) 10 va 2 D) 14 va 2 8. Toq elektronlar soni ortib borishi tartibida joylashtirilgan qatorni toping. A) Cr, Mn, Fe, Co B) Co, Fe, Mn, Cr C) Mn, Cr, Co, Fe D) Fe, Co, Cr, Mn 9. XO3 da atomlarning massa nisbatlari 2:1. “X” qaysi element? A) uglerod B) magniy C) molibden D) oltingugurt 10. Quyidagi jumlalarning qaysilarida oddiy modda haqida fikr yuritilmoqda? 1) o’simlik hujayralari tarkibida magniy mavjud; 2) magniy sof kislorodda “Bengal sham”lari kabi yonadi; 3) magniy davriy jadvalda 3-davr II guruhda joylashgan; 4) magniyning standart sharoitdagi zichligi 1,738 g/sm3; 5) magniyda uchta elektron qavat mavjud. A) 2, 4 B) 1, 2, 4 C) 3, 5 D) 1, 3, 5 11. Ushbu grafikka asosan quyidagi ifodalardan noto’g’risini ko’rsating. A) XY va Y2 atomlari soni teng B) reaktivlarning hammasi sarflangan C) reaksiya tenglamasi 2XY + Y2 → 2XY2 D) reaktivlar miqdori mahsulot miqdoridan 1,5 marta ko’p 12. Y3+ va X2- ionlari o’zaro izoelektrondir. Y ning yadro zaryadi +21 bo’lsa, X protonlar sonini toping. 18 B) 16 C) 23 D) 26 13. Tuzlarni ulardagi σ-bog’lar soni ortib borish tartibida joylashtiring. 1) temir (II) gidrosulfat; 2) temir (III) digidroksosulfat; 3) temir (II) sulfat; 4) temir (III) gidrosulfat A) 3, 1, 2, 4 B) 3, 2, 4, 1 C) 4, 1, 3, 2 D) 2, 1, 4, 3 14. Avogadro sonicha atom saqlagan NH3 va NO dan iborat gazlar aralashmasidagi molekulalar sonining ⅜ qismi 9,03∙1022 ta bo’lsa, aralashmadagi ammiakning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A) 25 B) 75 C) 16 D) 84 15. Uch xil vodorod va ikki xil azot N-14, N-15 izotoplaridan foydalanib, Mr = 19, Mr = 21 bo’lgan ammiak molekulalaridan necha xil hosil qilish mumkin? A) 3 va 4 B) 4 va 3 C) 3 va 3 D) 3 va 2 16. Qaysi birikmada protonlar va neytronlar nisbati 5:4 ga teng? A) ammiak B) suv C) vodorod ftorid D) metan 17. Izoelektron moddalarni aniqlang. A) N2O va CO2 B) NO va O2 C) CO2 va CO D) HBr va Cl2 18. NH3 va NO2 dan iborat 14,3 g aralashma tarkibidagi atomlar sonining ⅓ qismi 3,612∙1023 ta bo’lsa, aralashmadagi ammiakning hajmiy ulushini (%) hisoblang. A )20 B) 80 C) 40 D) 60 19. D(CH4) = 2,5 bo’lgan ammiak, propin va butendan iborat aralashmada 13,6 g ammiak bo’lsa, aralashma tarkibidagi alkenning hajmini (l; n.sh.da) hisoblang. A) 2,24 B) 4,48 C) 25,76 D) 28,88 (ammiak- NH3; propin- C3H4; buten-C4H8(alken) 20. 1806 ta atomining massasi 1,68∙10-19 g bo’lgan elementni ko’rsating. A) S B) Ca C) Fe D) Cu 21. Bir davrdagi biri inert gaz bo’lgan X, Y, Z, T elementlari uchun: 1) X ning elektron tuzilishi p1 bilan tugaydi 2) Yda valent elektronlar soni eng kam 3) Z metallmasining maksimal valentligi 6 ga teng Belgilari berilgan bo’lsa, quyidagilardan noto’g’risini toping. A) X III (A) guruh elementi B) T ning valent elektronlari 8 ta C) Z ning elektron tuzilishi p4 bilan tugaydi D) Y ning 2 ta yarim to’la orbitali bor 22. Al va Si aralashmasi massasining 3/4 qismi 28,95 g 1/4 qismi esa 0,35 mol kelsa, aralashma tarkibidagi Al ning massasini (g) aniqlang. A) 5,4 B) 8,1 C) 16,2 D) 21,6 23. Izotoplar qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi? 1) elektronlar soni 2) protonlar soni 3) neytronlar soni 4) atom massasi 5) kimyoviy xossasi 6) fizikaviy xossasi A) 1,3,5 B) 2,4,6 C) 1,2,5 D) 3,4,6 24. Agar NAM sifatida ugerod absolyut massasining 1/12 qismi emas, 3/4 qismi olinsa, aluminiyning NAM qiymati necha bo’ladi? A) 3 B) 143 C) 81 D) 9 25. Gidridining formulasi RH4 bo’lgan element oksidida 30 ta elektron bo’lsa, gidriddagi elementning massa ulushini (%) toping. A) 12,5 B) 75 C) 25 D) 87,5 26. Molekulasidagi bog’laridan biri donor-akseptor mexanizm bilan bog’langan oksidni ko’rsating. A) is gazi B) suv C) ammoniy kationi D) quruq muz 27. (EOH)3(PO4)2 birikmasi tarkibidagi E’ ning elektron konfiguratsiyasi … 2s22p6 dan iborat bo’lsa, shu elementni aniqlang. A) B B) Mg C) Fe D) Al 28. Elektronining kvant sonlari (n, l, ml, ms) 3; 2; -2; -1/2 bilan tugallangan elementning elektron konfiguratsiyasini aniqlang. A) … 4s23d7 B) … 3s23p1 C) … 4s23d6 D) … 4s23d4 29. Marganes atomida elektron bilan to’lgan nechta pog’ona va pog’onacha mavjud? A) 3; 9 B) 2; 5 C) 3; 8 D) 2; 6 30. Orbital kvant son ….. ifodalaydi. A) elektron bulutning shaklini B) elektron pog’ona raqami C) elektron bulutining yo’nalishini D) elektronning o’z o’qi atrofida aylanish yo’nalishini Download 26.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling