G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Maorif – 
 
Ta‘lim sohasidagi ming yillik madaniyatimiz hazinalarini 
jamlagan eski yozuvni o‘rganish ham didaktik ta‘lim 
mazmunidagi yangilikdir 
Mafkura -
(arabcha ―mafkura‖- nuqtai nazarlar va e‘tiqodlar tizimi, 
majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, 
diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar 
majmui. 
Mahorat -
Turli malakalardan ishonchli, ijodiy ravishda foydalanish 
hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va 
kasbiy ta‘limning mutloq maqsadidir. Mahorat – bu 
murakkab ishni tez, aniq bajarishning engilligi, mehnatning 
yuqori sifati va barqaror ritmi uchun kafolat beruvchi 
ishonchlilikdir. 
Millat -
(arabcha ―millat‖- xalq) – kishilarning yagona tilda 
so‘zlashishi, yahlit hududda istiqomat qilishi, mushtarak 
iqtisodiy hayot kechirishi, umumiy madaniyat va ruhiyatga 
ega bo‘lishi asosida tarihan tashkil topgan barqaror birligi. 
Milliy an’analar -
Millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan 
tushunchalar, belgilar, hususiyatlar, faoliyat turlari, odatlar 
va hislatlarning avloddan-avlodga o‘tish hamda meros bo‘lib 
qolish tarzi. 
Milliylik -
Tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni, 
ya‘ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy 
birliklardan, 
masalan, 
ijtimoiy 
guruhlardan 
farqlovchi 
tomonlar, hususiyatlar, ma‘naviy, ruhiy va madaniy qirralar 
hamda tafovutlar majmui. 
Milliy manfaatlar -
Millatga, milliy davlatga moddiy, ma‘naviy, ruhiy va 
jismoniy foyda, naf keltiruvchi omillar. 
Milliy ong -
Bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarihiy 
etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish 
usuli, diniy e‘tiqodlari, madaniyati, boshqa halqlarning 
bevosita ta‘siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, 
siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy sohalarda faollik 
darajasi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling