G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Taqqoslash metodi ta‘lim tizimlaridagi umumiylik va o‘ziga xoslikni
pedagogik nazariya va amaliyotning o‘xshash va farqli tomonlarni, qonuniyatlar va 
tendensiyalarning universal va spestifik jihatlarini ajratish imkonini beradi. 
Masalan, hududiy jihatdan yaqin bo‘lgan Xitoy va Yaponiya ta‘lim tizimlarini bir-
biriga qiyoslash imkoniyatlari kengroq. Ammo, bu ikki davlat ta‘lim tizimlarini 
Evropa davlatlari bilan qiyoslash va taqqoslash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Fanlar 
ni qiyosiy metod bilan taqqoslash zarurligini ko‘pgina olimlar uqtiradilar. Ularning 
fikricha, qiyosiy pedagogika fanlarni qiyoslash va taqqoslash obyektlar sohasidagi 
farqlarni aniqlash tufayli katta yutuqqa erishadi. Bu fanlarda qiyoslash xuddi 
qiyosiy anatomiya, botanika, tilshunoslik va boshqa fanlardagidek umumiy 
xarakter kasb etadi. Qiyoslanayotgan ma‘lumotlarni taqqoslash turli ijtimoiy 
tizimga ega bo‘lgan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qarama-qarshi va 
qiyosiy metod yordamida xalq maorifi tizimining ijtimoiy-iqtisodiy tuzum 
belgilangan prinsiplari, alohida mamlakatlar va maorif taraqqiyotining umumiy 
qonuniyailari va tendensiyalari, ilmiy xususiyatlari aniqlanadi. Maktab va 


12 
maorifning ahvoli haqidagi miqdor va sifat ma‘lumotlarini qiyoslash va solishtirish 
uchun umumiy sifat ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak. 
Qiyoslash va solishtirishda quyidagilar hisobga olinadi: ijtimoiy, iqtisodiy 
tizim, ta‘lim va tarbiya sohasidagi tarixiy an‘analar, mamlakat fan-texnika va 
madaniyatning rivojlanishi darajasi, pedagogik nazariyalar va ularning tarbiya 
amaliyotida ta‗siri aks etishidir. 
Tadqiqot metodlari tahlil qilinadigan materialning vazifasi va mazmuniga 
bog‘liq bo‘lib, hamkorlikda qo‘llanishi mumkin. Pedagogik hodisalar, muammolar 
metod ko‘rsatkichlari klassifikatsiyasi esa yetarli mukammal emas va yanada 
mukammallashtirishni talab qiladi. Materiallar asosiy uch guruh: Sharq, Evropa 
hamda rivojlangan mamlakatlarda pedagogik hodisalarni qiyosiy tahlil qilish 
prinsipi asosida bayon etiladi. Pedagogik muammoni qiyosiy tahlil etishda 
mamlakatlar guruhi yoki alohida mamlakatning qo‘yilishi va hal etilishi, tavsifi 
hamda darajasiga ta‘sir ko‘rsatadigan o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling