G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

 O’rta ta’lim
O‘quvchilar 11 yoshda boshlang‘ich maktabni tugallab o‘rta maktabga o‘tadilar. 
O‘rta ta‘lim kollej va litseylarda amalga oshiriladi. Kollejda o‘qish majburiy ta‘lim 
bo‘lib, 4 yil davom etadi va 3ta siklga bo‘linadi. 
1. Moslashuv sikliga 6-sinf kiradi. Bu sinfga boshlang‘ich sinf bitiruvchilari 
imtihonsiz qabul qilinadi. Bu sinfda o‘quvchilar chet tilini tanlaydilar, mustaqil 
o‘qishga o‘rganadilar. 
2. Markaziy sikl. 
Markaziy sikl 5-4-sinflarni o‘z ichiga oladi. Bu siklning maqsadi boshlang‘ich 
sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishdir. 5-sinfda lotin tilini 
fakultativ fan sifatida o‘rgana boshlaydi, 4-sinfda ikkinchi chet tilini tanlaydi. 
3. Kasbiy yo‘naltirish sikli 
Bunga 3-sinf kiradi. Umumiy ta‘lim, texnik yoki kasbiy yo‘nalishni tanlashga 
tayyorlaydi. Qadim yunon tilini o‘rganadi.Bu sikl oxirida o‘quvchilar milliy 
imtihon topshiradi va kasbiy yo‘nalishi bo‘yicha guvohnoma oladilar. 3-sinf 
oxirida o‘quvchilar umumiy yoki texnologik litseyning 2-sinfiga qabul qilinadilar 
yoxud kasbiy litseylarga hujjat topshiradilar. 
Litseylar 
 Umumiy litsey. Bu litseyni bitiruv imtihonlaridan keyin oliy ta‘limga hujjat 
topshirish huquqi beriladi. 
 Texnologik litsey. Bu litseyni bitirayotgan o‘quvchilar texnologik 
universitetlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha o‘qish uchun imtihon topshiradi. 
Har ikkalasida o‘qish 3 yil davom etadi. 
 Kasbiy litseylar. Bu litseylarda o‘qish 2 yil davom etadi.O‘qish oxirida 
kasbiy tayyorgarligi haqida guvohnoma va kasbiy layoqati haqida sertifikat 
beriladi. 
O‘rta ta‘lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 
yoshgacha) 4 yil bo‘lib, eng kichik sinf 6-sinf, 5, 4 o‘rta, 3-sinf esa katta sinf 
hisoblanadi. Demak, sinflarni raqamlash yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda quyidagi predmetlar o‘rgatidi: fransuz tili va adabiyoti, 
chet tili (ingliz, nemis, ispan, italyan tillari), tarix, Fransiya geografiyasi, 
matematika, tabiiy fanlar.
Shunday qilib, 6-5-sinflar umumiy o‘rta ta‘lim beradi: 4-3-sinflarda 
o‘quvchilarga qobiliyati va moyilligiga qarab bilim beriladi.
Birinchi bosqich yakunlangach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha 
guvohnoma oladilar.
Bundan keyin o‘quvning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda 
o‘quvchilar 15 yoshdan 18 yoshgacha ta‘lim oladilar. O‘qish 3 yil davom etib 2-
sinf kichik, 1-sinf o‘rta va yakunlovchi sinflarga bo‘linadi.
O‘quvchilar umumiy ta‘lim va texnik litseylarni tugatganlaridan so‘ng 
bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunday diplomga 
ega bo‘lganlargina oliy o‘quv yurtlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadilar.


72 
Umumiy ta‘lim yo‘nalishidagi uch yillik ta‘lim litseylarida quyidagi fanlar 
o‘qitiladi: adabiyot tarixi, ona tili va adabiyoti, lotin tili, chet tili (ingliz, nemis, 
ispan, italyan tillari bo‘lishi mumkin), tarix, geografiya, Fransiya ekonomikasi.
Xuddi shu 3 yillik bosqichli texnik litseylarda uning yo‘nalishlariga qarab 
matematika, fizika, ximiya hamda boshqa tabiiy fanlar o‘qitiladi. Shunisi diqqatga 
sazovorki, o‘quvchining bu bosqichda chet tillarni o‘rganishiga katta e‘tibor 
beriladi. Talab, o‘qishni tugatgach, o‘quvchilar kamida 2 ta chet tilini mukammal 
bilishlari shart.
O‘quvning bu bosqichini guvohnoma bilan tugallagan o‘quvchilar oliy 
maktab sanalmish institutlar va universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladilar.
Lekin hamma oliygohlarga ham imtihonsiz kirib bo‘lmaydi. Talabalar oliy 
pedagogika instituti, politexnika instituti, oliy ma‘muriy maktablarga kirish 
imtihonlari bilan qabul qilinadilar, ularning shu kasbga moyilligi ham alohida 
sinab ko‘riladi.
Oliy ta‘limga faqatgina bakalavriat litseyini tugatgan talabalar qabul qilinadi 
Fransiyadagi oliy ta‘lim 2 turga ajratiladi:
─ universitet; 
─ oliy maktab. 
Davlatdagi 79 ta universitetning asosiy qismi ko‘p yo‘nalishli, ammo ba‘zilari bir 
yoki ikki mutaxassislik bo‘yicha o‘qitadi. (Parij II: huquq va iqtisodiyot) 
Fransuz ta‘lim tizimi davom etishiga ko‘ra:
Qisqa muddatli ─ 2 yil davom etadi. Bunday o‘qishlarga dose bo‘yicha 
qabul qilinadi, chunki ish joylari kam, xohlovchilar esa ko‘p. Qisqa muddatli 
ta‘limning maqsadi ─ oz vaqt oralig‘ida kasbiy bilimlarga ega bo‘lish va 
ishga joylashishdir.
Uzoq muddatli ─ bakalavrlarning yarmi universitetlarda o‘qiydi, ammo 
40%i bir yil ichida u yerni tark etadi. U 3 bosqichdan iborat: 
• 1. 2 yil davom etib, umumiy ta‘lim bo‘yicha universitet diplomi qo‘lga 
kiritiladi. 
• 2. 1 yil davom etib, litsenziya olinadi. Shuningdek, metris (ixtisoslashish) 
yana, 1 yil. 
• 3. O‘z ichiga ta‘lim hamda amaliyotni oladi va 1 yil davom etadi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling