G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Universitetlar 
(Texnika 
universitetlari, 
texnika 
oliygohlari). 
Ular 
Germaniyada an‘anaviy oliygoh turlari hisoblanadi. Ularda barcha fanlar spektrumi 
taklif etiladi. Ta‘lim va tadqiqotni birlashtirish vazifalari ilgari suriladi. 
Universitetlarda ilmiy ishlarni himoya qilish mumkin.
San’at, musiqa, dinshunoslik va pedagogik oliygohlar.
San‘at va musiqa oliygohlarida talabalar tasviriy, nafis va badiiy san‘at yoki 
musiqiy sohalarda ta‘lim oladilar. Diniy oliygohlarda dinshunoslar tayyorlanadi. 
Pedagogik oliygohlarda ( hozirda faqat Baden – Vyurtemberg, Zaksen – Anhalt, 
Shlezvig – Xolshtayn va Tyuringen federal yerlarida) boshlang‘ich, asosiy va real 
maktab o‘qituvchilari tayyorlanadi, qisman maxsus maktablar uchun ham. Qolgan 
federal o‘qituvchilar tayyorlash universitetlarda, texnika universitetlarida, umumiy 
oliygohlarda yoki san‘at va musiqa oliygohlarida amalga oshiriladi.
Umumiy oliygohlar. 
Umumiy oliygohlar (faqat Xessen va Nordrayn – Vestfalen federal yerlarida) 
universitetlar, pedagogik oliygohlar, maxsus oliygohlar va qisman san‘at va 
musiqa oliygohlari tan oladigan tadqiqot, ta‘lim va tahsil vazifalarini 
mujassamlashtiradi. Ushbu oliygohlarning xarakterli xususiyati, ularda ta‘lim 
umumlashtirilgan holda amalga oshiriladi. Umumiy oliygohlar ―Universitet – 
umumiy oliygoh‖ deb ham yuritiladi.
Maxsus oliygohlar va maxsus boshqaruv oliygohlari. 
Maxsus oliygohlar va maxsus boshqaruv oliygohlar amaliyotga asoslangan ta‘lim 
yo‘nalishida kasbiy ma‘lumotni taqdim etish vazifasini olgan. Ularda asosan ilmiy 


65 
bilimlarni va metodlarni yoki san‘atkorona sayqallash qobiliyatini qo‘llay bilish 
talab etiladi. Ushbu oliygohlar asosan injenerlik, iqtisodiyot, ijtimoiy, qishloq 
xo‘jaligi va dizayn yo‘nalishlarida o‘qishni taklif qiladilar. Maxsus oliygohlarda 
mamlakat va federal erlar jamoatchiligi boshqaruvi bo‘yicha malakali va istiqboli 
porloq mutaxassislar tayyorlanadi. 
Oliy maktabning tashkiliy tuzilmasi. Oliy o‘quv yurtlari (ba‘zi bir xususiy, 
ayniqsa, diniy oliy o‘quv yurtlari, bundesver universitetlari, ixtisoslashtirilgan 
boshqaruvning oliy federal maktabidan tashqari) yerlar vakolatiga kiradi. 
Federatsiya va yerlar mavjud o‘quv yurtlarini kengaytirish va yangilarini tashkil 
etish tadbirlarini rejalashtirish bo‘yicha hamkorlik olib boradilar. Kelajakdagi 
vazifalarni hal etish maqsadida maxsus federatsiya va yerlarning ta‘lim sohasini 
rejalashtirish masalalari bilan shug‘ullanadigan va ilmiy tadqiqotlar olib borishga 
ko‘maklashadigan birlashgan komissiyasi tashkil etilgan. Bu doirada federatsiya va 
yerlar hamkorlikda ta‘limning barcha sohasida model loyihalarga moddiy yordam 
ko‘rsatadi. Oliy maktab o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega. Qonunlar doirasida u 
o‘zining Nizomiga asosan ish olib boradi. Oliy o‘quv yurtini bir necha yilga 
saylanadigan shtatdagi rektor yoki prezident boshqaradi. Federal yerlarning 
ko‘pchiligida, oliy o‘quv yurtlarida talabalarning o‘z-o‘zini boshqarish tizimi 
mavjud.  

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling