G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Sog’liqni saqlash maktablari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus kasb maktablari.
- Oliy o’quv yurtlari.
Sog’liqni saqlash maktablari. Ushbu maktablarda akademik daraja
berilmaydigan sog‘liqni saqlash sohasida ishlashni xohlovchilar: hamshiralar, doyalar, massajchilar, amaliy terapevtlar tayyorlanadi. Maktablarning aksariyati tashkiliy va tarkibiy jihatdan kasalxonalar bilan bog‘liq. Maktablarda, asosan, ham nazariy, ham amaliy bilimlar beriladi. Maxsus kasb maktablari. Maxsus kasb maktablarga kasbiy ta‘lim tugallangandan so‘ng va ma‘lum tajribaga ega bo‘lingach, ixtiyoriy ravishda boriladi. Ba‘zan ushbu maktablarda uzoq yillik tajribaga ega, o‘z malakasining yuqoriligini isbotlashni xohlovchilar ham borishadi. Bu maktablar kasb doirasida mavjud kasbiy bilimlarni beradi (masalan: malakali usta maktablari, texnik maktablar). Maktablarda o‘qish darslarni tashkil etilganiga qarab yarim yildan uch 64 yilgacha davom etishi mumkin, qisman tashkil etilgan dars shaklida esa 6 marta yoki 8 marta yarim yildan o‘qish bo‘ladi. Oliy o’quv yurtlari. Germaniyaning eng qadimgi oliy o‘quv yurti — Geydelbergdagi universitet 1386 yilda tashkil etilgan. Boshqa ko‘pgina universitetlar 500 yillik yubileylarini nishonladilar. Bular urf-odatlarga boy Leypsigdagi (1409 yilda tashkil etilgan) va Rostokdagi (1419 yilda tashkil etilgan) universitetlardir. Ular bilan bir qatorda juda yosh universitetlar ham mavjud, ularning 20dan ortig‘i 1960 yildan so‘ng tashkil etilgan. Sekinlik bilan rivojlanayotgan universitetlar bilan bir qatorda oliy texnik o‘quv yurtlari, pedagogika institutlari va, xususan, XX asrning 70-80-yillarida ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlari tashkil topdi. Barcha yoshlarning o‘qishga qabul qilinishi huquqi — oliy maktab sohasidagi siyosatning maqsadiga aylandi. 1960 yilda oliy o‘quv yurtlarida yoshlarning faqat 8 foizigina o‘qiy boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda barcha maktab bitiruvchisining deyarli har bir uchinchisi oliy o‘quv yurtiga qabul qilish haqida ariza beradi. Ammo, ta‘kidlash joizki, keyingi yillarda Olmoniya oliy ta‘limida muammolar ko‘paydi. Bu ta‘lim olishning o‘rtacha muddati nihoyatda kattaligidir. Buning uchun federatsiya va yerlar o‘quv jarayoni tuzilmasini isloh qilish va oliy o‘quv yurtlarining samaradorligini oshirish haqidagi masalani ko‘rib chiqmoqdalar. Olmoniyada oliy o‘quv yurtlari faqatgina ta‘lim sohasidagi vazifalarni bajaribgina qolmay, balki ilmiy tadqiqotlar uchun ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning nazariy tadqiqotlar sohasidagi faoliyati Olmoniyadagi ilmiy tadqiqotlarning umumiy darajasini oshirishga yordam beradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling