G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Kechki maktablar va kollejlar


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Kechki maktablar va kollejlar. Ushbu muassasalarda o‘smirlar o‘zlarining 
―ikkinchi ta‘lim yo‘llari‖ni bosib o‘tib, asosiy maktab, real maktab yoki umumiy 
oliygohga kirish huquqini beruvchi bitiruv hujjatlariga ega bo‘ladilar. Bularga 
kechki asosiy maktab, kechki real maktab yoki kechki gimnazilar kiradi. Darslar 
kechqurun tashkil etiladi, o‘quvchilar dastlabki o‘quv yillarida ishlashadi. 
Kollejlarda esa umumiy oliygohga kirish hujjatini olish mumkin. Ular to‘liq 
maktab hisoblanadi va o‘quvchilar ishlamaydilar.
Kasbiy ta’lim olish yili. Ishtirokchilarga to‘liq vaqt yoki qisman vaqt tashkil 
etiladigan darslar orqali umumiy yoki biror bir kasbga yo‘naltirilgan kasbiy 
bilimlar beriladi.
Dual kasbiy ta’lim. Tizim ―dual‖ deb ataladi, chnki ta‘lim ikki joyda amalga 
oshiriladi: korxonada va kasb-hunar maktabida. Germaniyada kasbiy ta‘lim 
bosqichidagi asosiy soha bo‘lib, o‘smirlarning 60 %i ushbu tizimda kasbiy ta‘lim 
olishadi. Ba‘zi kasblar bo‘yicha tahsil olish tahlil olish tartib-qoidalari asosida 
amalga oshiriladi. (mamlakat bo‘yicha qabul qilingan huquqiy tartiblar). Hozirda 
ta‘lim olish tartib – qoidalari asosida 350 ta tan olingan kasb – hunar bor.
Maxsus yuqori maktablar. Ular real maktab yoki shu darajada tan olingan 
bitiruv hujjati asosida shakllantiriladi. Bu maktabda o‘qish muntazam tashkil 
etiladi va bir yil davom etadi, qisman dars tashkil etilishi holatlarida esa 3 yil. 
Bitiruv hujjati maxsus oliygohlarda tahsil olish huquqini beradi.
Maxsus kasb – hunar maktablari. Maxsus kasb-hunar maktablari muntazam 
dars beruvchi muassasa hisoblanadi va o‘qish kamida bir yil davom etadi. Bu 
maktablarga kasbga tayyorlov bo‘yicha muntazam maktabni tugatgandan so‘ng 
yoki hech qanday kasbiy amaliy ma‘lumot olmaganlar ham borishi mumkin. U 
bitiruv imtihoni bilan yakunlanadi, ikki yillik ta‘limdan so‘ng beriladigan hujjat 
real maktabning bitiruv hujjatiga mos keladi, maxsus kasbiy maktabda tahsil olish 
huquqini beradi. Bitiruvchilar dual kasbiy ta‘limda ham tahsil olishlari mumkin.
Germaniyada uchinchi bosqich o‘rta ma‘lumotiga ega bo‘lganlar soni tobora 
ortib bormoqda: maktablarning ko‘pchilik bitiruvchilari oliy o‘quv yurtlarida 
ta‘lim olishga qaror qilishmoqda. Maktabni oliy o‘quv yurtiga kirish huquqisiz 
tamomlagan yoshlar, odatda, kasb-hunar ta‘limi tizimiga kirib boradi. Lekin oliy 
o‘quv yurtiga kirish huquqiga ega bo‘lganlarning ko‘pchiligi ham kasb-hunar 
ta‘limini tanlaydi. Ko‘pchilik yoshlar o‘qishni «dual tizim» doirasida o‘taydi, ya‘ni 
korxonada amaliy tayyorgarlik bilan kasb-hunar maktabidagi nazariy o‘qishni 


62 
birlashtiradilar. Shunday qilib, xususiy sektor va davlat kelishilgan holda kasb -
hunar ta‘limi tizimidagi ahvolga javobgardirlar. Maktabdan tashqari kasb-hunarga 
o‘qish federatsiyaning boshqaruvida, kasb-hunar maktablari esa — alohida yerlar 
boshqaruvidadir.
Bugungi kunda deyarli 1,6 mln yoshlar, e‘tirof etilgan nufuz va talab darajasi 
turlicha bo‘lgan taxminan 350 ta ixtisoslikdan bittasi bo‘yicha tayyorgarlikdan 
o‘tadilar. Hozirgi vaqtda o‘smirlarning deyarli, 40 foizi, qizlarning esa 55 foizidan 
ko‘prog‘i eng nufuzli 10 ta ixtisoslik bo‘yicha tayyorgarlik o‘tashmoqda. O‘smirlar 
ko‘proq avtomexanik, elektromonter, korxonada mexanik yoki ulgurji va tashqi 
savdo-sotiq kommersanti kasbini tanlashmoqda. Qizlar esa shifokor yordamchisi 
(hamshira), chakana savdo-sotiq sohasida sotuvchi, sartarosh, idora xizmatchisi 
kasblarini afzal ko‘rishmoqda. Shu bilan bir qatorda tugallangan kasbiy ta‘limni 
ololmagan yoshlarga kasb egallash imkoniyatini berish maqsadida boshqa keng 
choralar ham amalga oshiriladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling