G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Bolalar bog’chasi. Bolalar bog‘chasi — olmonlar boshlab bergan va ko‘pgina 
xorijiy mamlakatlar tomonidan o‘rganib, qabul qilingan muassasadir. U davlat 
ta‘lim tizimiga emas, balki yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash muassasalari tizimiga 
kiradi. Bolalar bog‘chasi ta‘sischilari cherkov, xayriya uyushmalari va jamoalar
ba‘zida — korxonalar va ittifoqchilardir.
Bolalar bog‘chalariga bolalar 3 yoshdan maktabga borgunlariga qadar kun 
bo‘yi yoki kunning ma‘lum qismida qatnaydilar. Bog‘chaga borish ixtiyoriy. 


59 
Bolalar bog‘chalarining vazifasi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish, ta‘lim va tarbiya 
berish. Bolada javobgarlikni his qiladigan va jamiyatga foyda keltiradigan komil 
shaxs shakllantirilishi kerak. Ba‘zi mamlakatlarda maktabgacha ta‘lim 
muassasalari turli shaklda bo‘ladi, dastlabki sinflar yoki maktab – bog‘cha.
Tarbiyaviy ishlarning eng muhim jihati — jamiyatda yashashga qobiliyatli, 
mustaqil insonni kamol toptirish maqsadida guruhda o‘qishdir. Bolalar bog‘chalari 
oiladagi tarbiya‘ni qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek, boshqa keyingi hayoti va 
ta‘lim olishi uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish uchun uning 
rivojlanishidagi kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirishga qaratilgan. Odatda, bolalar 
bog‘chasida bolalar tushlikka qadar bo‘ladilar. Faqat ba‘zi birlarida ular kun bo‘yi 
bo‘lishlari mumkin. 
1996 yildan boshlab bolalar bog’chasiga qatnash uchun huquqiy me’yorlar 
ishlab chiqildi. Bolalar bog‘chasiga farzandlarni berish ixtiyoriy ravishda amalga 
oshiriladi. Bolalar bog‘chasiga qatnash uchun ota - onalardan ularning daromadiga 
qarab ma‘lum miqdorda to‘lov olinadi.
Maktab ta’limi tizimi. Boshlang’ich maktablar. Boshlang‘ich maktabga 
bolalar 6 yoshdan keladilar. Boshlang‘ich maktablar maktabning dastlabki to‘rt 
yilini o‘z ichiga oladi, Berlin va Brandenburg federal yerlarida boshlang‘ich 
maktablar olti yillik. Boshlang‘ich maktablarga barcha bolalar borishadi va u erda 
asosiy boshlang‘ich bilimlar berilishi bilan bolalar maktablarning keyingi 
bosqichlariga 
tayyorlanadi. 
Darslar, 
asosan, 
nemis 
tili, 
matematika, 
tabiatshunoslik, san‘at, musiqa va sport predmetlarini o‘z ichiga oladi. Chet 
tillarini o‘rgatish takliflari barcha mamlakatlarda kengaymoqda.
Ko‘pchilik yerlarda bolalarga o‘qishning boshlang‘ich ikki yili mobaynida 
baho qo‘yilmaydi, buning o‘rniga ularning o‘zlashtirishiga batafsil tavsifnoma 
beriladi.
Boshlang‘ich 
maktabda 
o‘qiganlaridan 
so‘ng 
bolalar 
umumta‘lim 
maktabining 2-pog‘onasiga boradi. Yani, 5-6 sinflar, ularning tashkiliy jihatidan 
qat‘iy nazar, bu bola kamol topadigan davr bo‘lib xizmat qiladi, bolaning ustidan 
uning keyingi o‘qish shakliga yo‘naltirish maqsadida kuzatuv olib boriladi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling