G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
Savol va topshiriqlar:
1. Ta‘limni isloh qilishda o‘quv dasturlarining ahamiyati qanday? 2. Jahon mamlakatlarida ta‘limni integratsiyalashtirish va kasbga yo‘naltirish masalalarini izohlang. 3. Ta‘limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar faoliyati haqida so‘zlab bering. 4. O‘quvchilar bilimini baholash mezonlarini ayting. 5. Yaponiyada baholash tizimining o‘ziga xosligi nimada? 6. Fransiyada o‘quvchilarni baholash qanday ko‘rinishda tashkil etilgan? 7. Germaniyada o‘quvchilarni baholash qanday tashkil etilgan? IV BOB. YEVROPA MAMLAKATLARIDA TA’LIM-TARBIYA MASALALARINING OLIB BORILISHI VA UNING QIYOSIY TAHLILI 4.1. Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari Germaniyada mavjud bo‘lgan asosiy qonun har bir fuqaroga o‘z shaxsini erkin kamol toptirish, qobiliyatlari va qiziqishiga qarab maktab, o‘quv yurti va kasb tanlash xuquqini beradi. Ta‘lim sohasidagi siyosatning maqsadi shundan iboratki, u har bir insonni optimal darajada qo‘llab-quvvatlash, uning manfaatlariga javob beradigan malakaviy tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatini yaratadi. Har bir fuqaro hayoti davomida umumiy, kasbiy va siyosiy ta‘lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Ta‘lim sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri yosh avlodni demokratik mamlakatda mas‘uliyat hissiga ega mustaqil fuqarolar etib tarbiyalashdir. Germaniya sanoatlashgan davlat. Xom ashyo jihatdan zaif mamlakat sifatida yaxshi tayyorlangan mutaxassislarsiz rivojlana olmaydi. Buning uchun Germaniya ta‘lim sohasiga katta mablag‘ ajratadi. Huquqiy asoslar. Asosiy qonunning 7-moddasiga muvofiq butun maktab ta‘limi tizimi davlat nazorati ostidadir. Federativ qurilishga muvofiq ta‘lim sohasidagi vakolatlar federatsiya va yerlar o‘rtasida bo‘linadi. Jumladan, Germaniyadagi mavjud 16 ta yerlarning hammasida ham o‘zlarining ta‘lim to‘g‘risidagi qonunlari mavjud. Ta‘lim sohasidagi qonunchilik va boshqaruv, asosan, yerlarning vakolatiga kiradi. Bu, avvalombor, o‘rta va oliy ta‘lim tizimi, kattalarni o‘qitish tizimi va ta‘lim darajasini oshirish tizimiga tegishlidir. ―Maktab ta‘limi tizimini muvofiqlashtirish‘ to‘g‘risidagi yerlararo bitim (1971 y. 14 sentabrda qabul qilingan Gamburg bitimi) ushbu tizimning umumiy va qiyosiy tuzilmasini belgilaydi. Ushbu bitimga asosan yerlar qonunchilik organlari tomonidan maktabda ta‘lim olishning majburiyligi, tashkiliy shakllar, imtihon natijalarini e‘tirof etishga tegishli bo‘lgan majburiy qoidalar qabul qilindi. Bundan tashqari qo‘shimcha qarorlar qabul qilinib, yerlar Madaniyat va ta‘lim vazirligining Doimiy anjumani (KMK) barcha yerlarda umumta‘lim va kasb-hunar maktablarini 58 tamomlaganlik haqidagi guvohnomalarni tan olish uchun ham umumiy asoslarni yaratadi. Bular, xususan, gimnaziyalarning yuqori bosqichlarini qaytadan tashkil qilish to‘g‘risidagi, yetuklik shahodatnomasi uchun imtihonlarga qo‘yiladigan yagona talablar to‘g‘risidagi va maktab ta‘limi tizimida yakdillik va qiyoslashning zarur darajasini ta‘minlaydigan birlashgan maktablarni tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni o‘zaro e‘tirof etish haqidagi qarorlardir. Germaniya‘ning birlashuvidan so‘ng KMK doirasidagi bitimlarga asosan yangi yerlarning ta‘lim tizimini tuzilmaviy qayta qurish markaziy vazifaga aylandi. Landtaglar tomonidan maktab to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingandan so‘ng yangi yerlarning beshtasida 1992-1993 o‘quv yilidan boshlab maktab ta‘limining ko‘proq onali tizimi joriy etildi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling