G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy maktablar.
- Real maktablar.
- Gimnaziyalar.
Mo’ljal olish bosqichi. Mo‘ljal olish bosqichi asosan 5 va 6 sinflardan xulosa
yasalib, o‘quvchilarning keyingi maktab bosqichlariga o‘tishida mo‘ljal olishga xizmat qiladi. Bu bosqich maktab shaklidan kelib chiqib, maktabga tobe yoki tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshiriladi. Asosiy maktablar. Asosiy maktablarga boshlang‘ich maktablardan keyin chuqurlashtirilgan maktablarga bormaydigan bolalar borishlari shart. Asosiy maktab 9, ba‘zi federal erlarda 10 sinf bilan yakunlanadi. Federal erlarning aksariyatida ixtiyoriy 10 sinf bosqichi mavjud. Ushbu maktab o‘quvchilarining 30%i 10 sinfga qatnaydi. Asosiy maktab amaliy kasbiy ta‘limga asos bo‘ladigan umumiy bilimlarni beradi. Bolalarning ko‘pchilik qismi boshlang‘ich maktabdan so‘ng asosiy maktabga o‘tishadi. Ushbu maktabdagi har bir o‘quvchi olmon tili, matematika, tabiiy fanlar, jamiyatshunoslik va chet tili (asosan ingliz tili) fanlarini o‘qiydi, bu y yerda o‘quvchilarning kelajakda mutaxassislik egallashlarini yengillashtirish maqsadida mehnat darslari ham olib boriladi. 60 Asosiy maktab o‘quvchilarga zarur bo‘lgan umumiy ta‘limni beradi. 5 yoki 6 yillik ta‘limdan so‘ng asosiy maktab bitiruvchilarining ko‘pchiligi kasb-hunar sohasida tayyorgarlik ko‘rishga kirishadilar va 18 yoshga qadar parallel ravishda kasb-hunar maktablarida ta‘lim oladilar. Asosiy maktabni muvaffaqiyatli bitirish ko‘pchilik hollarda kasb-hunar ta‘limining ideal tizimiga o‘tishga imkoniyat yaratadi. Real maktablar. Bular 5 yoki 7 sinfdan 10 sinfgacha bo‘lgan, chuqurlashtirilgan maktablardir. Real maktablarning bitiruv hujjati umuman olganda barcha turdagi muhim kasb – hunar uchun asos bo‘la oladi va maxsus yuqori maktab, maxsus gimnaziyaga borish yoki shakllantiruvchi gimnaziyaga o‘tish huquqini beradi. Real maktablar kengaytirilgan umumiy ta‘lim beradi. Gimnaziyalar. 9 yoki 8 (5 sinfdan 13 yoki 12 sinfgacha) yoxud 7 (7 sinfdan 13 sinfgacha) yillik ta‘limni qamrab olgan chuqurlashtirilgan, umumiy o‘rta ta‘lam maktablaridir. Qariyb, barcha federal yerlarda hozirda 12 sinfdan so‘ng bitiruv imtihonlarini topshirish imkoniyatini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari shakllantiruvchi gimnaziyalar ham mavjudki, ularda asosan real maktablardan kelgan o‘quvchilar tahsil oladi. Bitiruv hujjati gimnaziya tomonidan taqdim etiladi (umumiy oliygohga kirish huquqi) barcha oliygohlarda tahsil olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ba‘zi fanlar va fan majmualarini o‘qish majburiy bo‘lib qolishiga qaramay, sinf o‘quvchisi ta‘lim sohasida o‘zining individual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlarga ega, chunki unga teng ko‘lamdagi fanlar taklif etiladi. Fanlar o‘qishning yo‘nalishiga qarab taqsimlanadi: til-adabiy-badiiy, jamiyatshunoslik yoki matematika, tabiiy-ilmiy-texnik. Yuqori sinflarda o‘qish tugagunga qadar o‘quvchilar uchchala yo‘nalish bo‘yicha o‘qishlari lozim. Gimnaziya‘ning yuqori sinflarida ta‘lim olish, shahodatnoma olish uchun 4 ta fandan imtihon topshirish bilan yakunlanadi. 13 yillik o‘qishdan (yerlarning to‘rttasida hozirda 12 yillik o‘qishdan so‘ng) va yetuklik shahodatnomasini olish uchun imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng uchinchi darajali o‘rta ma‘lumot haqida guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma istagan ixtisoslik bo‘yicha oliy o‘quv yurtida o‘qish huquqini beradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling