Germaniya Federal tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Tarjimai holi
Download 14,23 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosiy faoliyati
Germaniya Federal tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Tarjimai holi
• 1956 yil 12 sentyabrda Goslar shahrida tug‘ilgan, ikki nafar qizi bor, gimnaziya o‘qituvchisi mutaxassisligiga ega • Goslar shahrida o‘rta maktab va gimnaziyaga (yetuklik attestati) qatnagan; 2 yillik harbiy xizmatni o‘tagan • Gyottingen universitetida nemis tili, siyosatshunoslik va sotsiologiya fanlari bo‘yicha gimnaziya o‘qituvchisi yo‘nalishida tahsil olgan. Gimnaziya o‘qituvchisi kasbini egallash uchun 1987 yil 1-davlat imtihoni va 1988 yil 2-davlat imtihonini topshirgan. Siyosiy faoliyati • 2017 yil yanvar oyidan boshlab Germaniya Federal tashqi ishlar vaziri • 2013 yil dekabr – 2017 yil yanvar Germaniya Federal iqtisodiyot va energetika vaziri • 2013 yil 14 noyabr Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi raisi lavozimiga qayta saylandi • 2011 yil 5 dekabr Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi raisi lavozimiga qayta saylandi • 2009 yil 13 noyabr Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi raisi lavozimiga saylandi • 2005 yil noyabr – 2009 yil oktyabr Germaniya Federal atrof-muhit, tabiatni muhofaza qilish va atom reaktorlari xavfsizligi vaziri • 2005 yil oktyabr oyidan boshlab Germaniya Bundestagiga 49-sonli saylov okrugidan (Zalsgitter-Volfenbyuttel) to‘g‘ridan- to‘g‘ri saylangan deputat • 2003 – 2005 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasining Landtagida Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining fraksiya raisi • 1999 yil dekabr – 2003 yil mart Quyi Saksoniya federal o‘lkasi Bosh vaziri • 1999 – 2005 yillar Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi prezidiumi a’zosi • 1998 – 1999 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasining Landtagida Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining fraksiya raisi • 1997 – 1998 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasining Landtagida Germaniya Sotsial-demokratik partiyasining fraksiya raisi muovini • 1994 – 1997 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasining Landtagida Germaniya Sotsial-demokratik partiya fraksiyasining ichki siyosiy masalalar bo‘yicha spikeri
•
Goslar shahri kengashi a’zosi, bir vaqtning o‘zida atrof-muhit masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi
• 1990 – 1994 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasining atrof-muhit masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi • 1990 – 2005 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasi Landtagining to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylangan deputati • 1989 – 1990 yillar Quyi Saksoniya federal o‘lkasining kechki umumta’lim kurslari uyushmasida katta yoshlilarga kasb-hunar o‘rgatish bo‘yicha murabbiy • 1987 – 1998 yillar Goslar tumani qonunchilik majlisi deputati • 1983 – 1988 yillar „Ish va hayot“ umumta’lim uyushmasida katta yoshlilar uchun hamda davlat transport xizmatchilari va ishchilari kasaba uyushmasi va metallurglar kasaba uyushmasida siyosiy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy • 1979 yildan boshlab Davlat transport xizmatchilari va ishchilari kasaba uyushmasi a’zosi, keyinchalik metallurglar kasaba uyushmasi va ishchilarni ijtimoiy ta’minlash uyushmasi a’zosi • 1977 yil Germaniya Sotsial-demokratik partiyasiga a’zo bo‘ldi • 1976 – 1989 yillar Germaniya Sotsial-demokratik partiyasiga yaqin bo‘lgan „Germaniya sotsialistik yoshlari - Lochinlar“ yoshlar tashkilotida bolalar va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyat olib bordi
Download 14,23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling