G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova
Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
@pp kitoblar qiyosiy ped
3.2. Jahon mamlakatlarida ta’limni integratsiyalashtirish va kasbga
yo’naltirish masalalari Integratsiyalashtirilgan o‘quv dasturlarining mualliflari barcha yondosh o‘quv kurslarini o‘zak predmet va g‘oya, atrofiga jipslashtirishga harakat qiladi, bu o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Ammo bunday uslub hamma vaqt ham ko‘zlangan natijani bermaydi. Chunki, integratsiyalashtirilgan o‘quv kurslari mutlaq ko‘pchilik o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, u kimgadir zarur, kimgadir keraksiz. Bu muammoni to‘ldirish, o‘quvchilarning u yoki by kursga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish uchun maktablar alohida predmetlardan chuqurlashtirilgan kurslarni tavsiya etmoqda. Masalan, G‘arbiy Yevropa maktablarida 15 foiz o‘quvchilar fizika fanini chuqurlashtirib o‘rganishmoqda. So‘nggi yillarda AQSHda ilmiy bilimlarni chuqurlashtirib, o‘rgatishni ta‘minlash maqsadida integratsiyalashtirilgan kurslarning turli variantlari ishlab chiqildi. Chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta‘lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohadagi samarali yo‘l integratsiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratishdir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mehnat ta‘limi hamda kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng e‘tiborga moligi, shu 49 ta‘lim sohasi bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish, professional kadrlarga etibor qaratish, kuchli moddiy bazani barpo etish yo‘lidir. 1977 yilda AQSHda qabul qilingan ―Mehnat faoliyatiga tayyorlash akti‖ning asosiy g‘oyasi ham shunga qaratilgan. Umuman olganda, AQSHda bu masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda kotejlar qurish, avtomobillarni ta‘mirlash, kompyuterlarni terish kabi amaliy faoliyat, mavjudki, ular o‘quv muassasalariga ma‘lum miqdorda daromad ham keltiradi. G‘arpiy Yevropada ham bu sohada o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan, Fransiyada mehnat ta‘limiga ajratilgan o‘quv soatlari 1,5 barobar oshirildi. Buyuk Britaniyada «Mehnat ta‘limi va kasbga tayyorlash» aktiga (1973 yil) muvofiq maktablar bir qanchafaoliyat sohasi bo‘yicha majburiy kasb-kor dasturini o‘zlashtirmoqda. Mehnat ta‘limida stajirovka asosiy o‘rinda turadi. Stajirovka dasturi va u amalga oshiriladigan korxonani tanlashda ota - onalar bilan kelishib olinadi. Stajirovkalarni tashkil qilish va amalga oshirishga ketadigan sarf-xarajatlarning katta qismini sanoatchilar va finansistlar to‘laydi. Masalan, Germaniyada mehnat ta‘limi stajirovkasini amalga oshirishga 450 ming kompaniya va korxonalar yordam beradi. Ular ichida kichik ustaxonalardan tortib ―Mersedes Bens‖ kabi ulkan korxonalar ham bor. Mehnat ta‘limi bilan bir qatorda kasbga yo‘naltirish ishlari ham zamon talablariga hamohang takomillashib bormoqda. Kasbga yo‘naltirish darslari barcha rivojlangan davlatlarda mavjud. Bunday darslarda mehnat olamidagi o‘zgarishlar va tendensiyalar bilan bir qatorda kasb - kor sohibi bo‘lish imkoniyatlari ham o‘rgatiladi. Kasbga yo‘naltirish darslarini fan o‘qituvchilari hamda maxsus kasbga yo‘naltirish ishlari bo‘yicha maslahatchilar olib boradi. Bundan tashqari kasbga yo‘naltirish konsultatsiya punktlari ham mavjud bo‘lib, ular yuqori sinf o‘quvchilari va ota - onalarga shu soha bo‘yicha konsultatsiyalar tashkil etadir. Bunday konsultatsiya punktlari maktablar tarkibiga kirmaydi. Ular xususiy yoki mehnat birjalari tasarrufida bo‘ladi. Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda korxonalar amalga oshirayotgan ishlar ham e‘tiborga molikdir. Ularning shtatli konsultantlari maktablarda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib boradilar. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling