G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


―Qiyosiy pedagogika‖ jamiyati va uning faoliyati


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

1.4. ―Qiyosiy pedagogika‖ jamiyati va uning faoliyati 
Qiyosiy pedagogika ilmiy bilimning, mustaqil tarmog‘i statusini olish 
jarayoni 1920-yillardan boshlandi. Bu davrda qiyosiy pedagogikaning 


31 
funksiyalari, jahonning turli mamlakatlarida ta‘lim nazariyasi va amaliyoti rivojini 
aks ettiruvchi dalil va faktlarni to‘plash va tizimlashtirish va umumlashtirishni 
o‘zining asosiy vazifasi deb bilgan birinchi xalqaro va milliy, ilmiy va axborot 
muassasalari tashkil qilina boshladi. Shu jumladan, xalqaro ko‘rgazmalarda 
madaniyat va maorif xolatini aks ettiruvchi milliy stendlar paydo bo‘ldi. 
1919 yilda Nyu-Yorkda xalqaro ta‘lim assosiatsiyasiga asos solindi, 1923 
yilda Kolumbiya universiteti pedagogika kolleji qoshida xalqaro institut, 1925 
yilda markaziy German institutining chet el pedagogikasi bo‘limi tashkil qilindi. 
1922 yilda millatlar ligasi intellektual hamkorlik bo‘yicha xalqaro komissiyani 
tasdiqladi. Uning ish faoliyatida A.Eyniyeyn, M.S.Sklodovska – Kyuri, A.Bergson 
kabi etuk olimlar va faylasuflar ishtirok etganlar. Ular yer yuzida tinchlikni 
saqlashning asosiy sharti – ta‘limni kengaytirish, deb hisoblaydilar. Komissiya 
tashabbusi bilan 1926 yilda millatlar ligasi assambliyasi qarori bilan Parijda ta‘lim 
sohasida xalqaro muloqotlar rivojlanishida alohida rol o‘ynagan, xalqaro 
intellektual hamkorlik instituti tashkil qilindi. Shu kabi muassasalar orasida 
xalqaro maorif byurosi (XMB) katta ahamiyatga ega.
U 1925 yilda Jenevada taniqli shvedsar pedagogi E.Klapared tashabbusi 
bilan xususiy assossiatsiya tashkil qilingan edi, ammo tezda o‘z faoliyati 
masshtablarini sezilarli kengaytirishga imkon beruvchi – ta‘sir ko‘rsatuvchi 
hukumatlararo tashkilotga aylandi. Taniqli psixolog J.Piaje uzoq vaqt XMB rahbari 
bo‘lib faoliyat olib bordi. Uning o‘rinbosari bo‘lib komparativist P.Rosselo xizmat 
qiladi hamda ―Julen Parijskiy – qiyosiy pedagogika otasi va xalqaro Maorif 
Byurosining yo‘lboshchisidir‖ deb nomlangan doktorlik dissertatsiyasini 
tayyorlaydi. XMB ilmiy–pedagogik muassasalar va turli mamlakatlar, maorif 
boshqarmalari orasida aloqa o‘rnatadi. Xalqaro pedagogik konferensiyalar
pedagoglar va maorif arboblarining chet el safarlarini uyushtiradi. XMB 
faoliyatida nashr ishiga alohida o‘rin ajratadi. Ta‘lim va tarbiya masalalariga 
bag‘ishlangan turli xil adabiyotlar chop etildi. 1927 yildan har kvartalda 
chiqariladigan ―Pedagogik hujjatlar va axborotlar‖ davriy nashri va ―Qiyosiy 
pedagogika bo‘yicha izlanishlar va sharhlar‖ seriyasi, 1933 yildan – ―Ta‘lim 
bo‘yicha xalqaro yilnoma‖lar shular jumlasidandir. Bu faoliyatni ―amaliy qiyosiy 
pedagogika‖ deb atash mumkin.
Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqaro pedagogik aloqalar uzildi, ammo
tezda qayta tiklandi. XX asr o‘rtalarida yoyilgan ilmiy-texnika revolyutsiyasi 
jamiyat hayotida turli sohalarni internatsionallashtirish, shu jumladan, ta‘lim 
jarayonini jadal rivojlanishiga sharoit yaratdi. Maorif sohasida xalqaro hamkorlik 
yanada kengaydi. Shunga xos institutsion baza yaratila boshlandi. 
1946 yilda ta‘lim masalasi doimo ustun bo‘lgani uchun, ta‘lim Fan va 
madaniyat masalalari bo‘yicha (YUNESKO) Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
tuzildi. Bu katta obro‘ga ega bo‘lgan tashkilot bilan 1969 yildan rasman 
YUNESKOning tarkibiy qismi hisoblangan XMB faol hamkorlik qilar edi. 
Jahondagi ta‘lim ahvoli haqidagi turli materiallarni to‘plash, tizimlashtirish va 
nashr ettirishni amalga oshirayotgan YUNESKO organlari qiyosiy – pedagogik 
izlanishlarda zaruriy-doimiy baza yaratdilar. 


32 
1977 yilda YUNESKO nashriyotida ―Ta‘limda xalqaro sinflash‖ nashr 
qilindi, unda shakllangan prinsiplar, hozirgi kunda ham chiqarilayotgan ta‘lim 
bo‘yicha yilnomaga asos bo‘lib xizmat qilgan. YUNESKO tomonidan qiyosiy 
pedagogikaning rivojlanishi, ta‘lim sohasidagi milliy qonuniy aktlar, rejalar va 
reformalarni taqqoslash prinsiplari va uslublarini ishlab chiqish masalalariga 
maxsus bag‘ishlangan ilmiy konferensiyalar hamda seminarlar o‘tkazildi.
1950 yillardan boshlab, qator mamlakatlarda, yirik izlanish markazlari 
faoliyat ko‘rsata boshladi. Frankfurt – na – Mayn (GFR)da xalqaro pedagogik 
izlanishlar instituti, Sevra (Fransiya)dagi xalqaro pedagogik izlanishlar markazi, 
Zalsburgdagi (Avstriya) qiyosiy pedagogika instituti va boshqalar. AQSh, Angliya, 
Germaniya, Yaponiya universitetlarida qiyosiy pedagogika kafedralari tashkil 
qilindi. Uning a‘zolari izlanish ishlarini ma‘ruzalar o‘qish, seminar mashg‘ulotlar 
o‘tkazish bilan shug‘ullanar edi.
Dunyo ta‘limini rivojlantirish masalalari bilan qiziquvchi alohida mamlakat 
masshtabidagi nazariyotchilar hamda amaliyotchi pedagoglarni birlashtiruvchi 
qiyosiy pedagogikaning milliy jamiyatlari vujudga keldi. Dastlabki jamiyat 1956 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling