G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Tuzuvchi: Buxoro davlat universiteti


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

Tuzuvchi: Buxoro davlat universiteti 
―Pedagogika‖ kafedrasi o’qituvchi
O’.U. Qurbonova 
 Taqrizchilar: p.f.n. dosent G.N.Najmiddinova
p.f.n. dosent M.M.Tilavova
p.f.n. A.T.Gulboyev 
 
Ushbu darslik Buxoro davlat universiteti Ilmiy kengashining 2013 yil 28 
noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 2–sonli majlisi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
 



M U Q A D D I M A 
 
Bugungi kunda ozod Vatanimiz hayotida yuz berayotgan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va ma‘naviy-madaniy o‘zgarishlar insonni o‘zgartirish 
va rivojlantirishi uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiradi.
«Ta‘lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol 
avlodni voyaga etkazish» to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Farmoni bir necha muhim, dolzarb masalalarni o‘z ichiga oladi. Xususan, 
- ta‘lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga
ko‘tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo qilish, kelajak
uchun barkamol va salohiyatli alodni tarbiyalash
- uzluksiz ta‘limning barcha bosqichlari uchun davlat standartlarini
ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga tadbiq etish; 
- uzluksiz ta‘lim tizimining milliy modelini amalga oshirish. 
Shuning uchun bu sohada yangi o‘quv rejalar, dasturlar va o‘quv qo‘llanmalar 
yaratish muhim ahamiyatga egadir. 
Mazkur 
darslik 
pedagogik nazariyalar va o‘quv-tarbiya amaliyoti 
taraqqiyotining umumiy va farqli xususiyatlari va tendensiyalarini o‘rganadi. 
Ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va falsafiy asoslarini, milliy xususiyatlarini 
ochadi. O‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish va tarbiyalash borasida to‘plangan tajriba 
bilan 
cheklanib 
qolmasdan, 
balki 
jarayon 
dinamikasini 
hisobga 
oladi. 
Muammolarning paydo bo‘lishi va shakllanish jarayonini qarab chiqadi. Uning 
hozirgi ahvolini qayd etadi va turli mamlakatlar pedagogik sistemalari hodisalarini 
tahlil etish asosida keyingi rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi. 
Darslikning asosiy maqsadi:
- bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan o‘quv dasturidan joy 
olgan mavzularni yoritib berish;
- talabalarda mazkur fan yuzasidan bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilish;
- mamlakat ta‘lim tizimi hamda jahon mamlakatlari ta‘lim tizimi muammolarini 
qiyoslash va fan yangiliklarini amaliyotga joriy qilish hokazo.
Ushbu darslik oliy o‘quv yurtlarining pedagogika va psixologiya yo‘nalishi 
talabalari hamda magistrantlarga mo‘ljallangan. Shuningdek, ushbu o‘quv 
qo‘llanmadan kollej va litseylarning o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling