9
Qiyosiy pedagogika obyekti – milliy, regional
va global masshtabdagi
ta‘lim.
Qiyosiy pedagogika predmeti – xorij va O`zbekiston pedagogik tajribasi va
zamonaviy milliy pedagogik madaniyatning holati, tendensiyalari va rivojlanish
qonuniyatlarini qiyosiy tahlil qilish.
Qiyosiy pedagogikaning asosiy vazifalari:
-turli mamlakatlarda ta‘lim rivojlanish jarayonlarini
aks ettiradigan fakt va
dalillarnitasvirlash va tahlil etish;
-turli mamlakatlardagi ta‘limning rivojlanishi to`g‘risidagi miqdor va sifat
o`zgarishlarini
qiyosiy tahlil qilish, tasniflash va tizimlashtirish;
-turli mamlakatlardagi ta‘lim rivojlanishi tendensiyalari va qonuniyatlarini
ochib berish;
-turli mamlakatlarda ta‘limni rivojlantirishning yo`llari
va imkoniyatlarini
prognoz qilish;
-xorij mamlakatlarida ta‘lim yutuqlari va kamchiliklarini o`zaro taqqoslash va
qiyoslash;
-xorij mamlakatlari ta‘lim tizimini umumiy tahlil qilish
Qiyosiy pedagogika fanining bajaradigan ishi.
-xorij tajribasini mutaxassislar tomonidan o‘rganilishi qulay bo‘lishi
uchun
turli
mamlakatlar
pedagogik
hujjatlaridagi
atama
va
tushunchalarni
muvofiqlashtirish va tartibga solish;
-xorij va o‘zbek pedagoglari ta‘lim arboblarining nazariy g‘oyalari, ta‘lim
siyosati, ta‘lim modellarini o‘zaro taqqoslash;
-ta‘limning rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish;
-ta‘limni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish.
Qiyosiy pedagogika keng ko‘lamdagi muammolarni o‘rganadi:
Turli mamlakatlardagi ta‘lim nazariyasi mazmuni
va tashkilotlarinigina emas,
shuningdek, ta‘lim metodlari, shakllari,
vositalari, ta‘lim muassasalari, boshqaruv,
ta‘lim qadriyatlari va hokazolar. Turli mamlakatlardagi ta‘lim
va tarbiya tizimi
taraqqiyoti va amal qilish qonuniyatlarini taqqoslash, ularning o‘xshash va farqli
tomonlarini ajratib ko‘rsatish orqali tadqiq qiladi. Ta‘lim
tizimi va uning
rivojlanish dinamikasini muayyan davlatning madaniy tarixiy va ijtimoiy-siyosiy
xususiyatlarini inobatga olgan holda, solishtiradi va qiyoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: