10
Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar. Bir o‘quv
kursi
doirasida dunyoning barcha davlatlaridagi ta‘lim tizimi to‘g‘risida barcha
axborotlarni o‘rganib taqqoslab bo‘lmaydi. Chunki 2012 yilda mustaqil statusga
ega bo‘lgan 257 mamlakat ro‘yxatga olingan. Shu bilan bir qatorda dunyoda
o‘zining aniq statusiga ega bo‘lmagan davlatlar ham bor (Abxaziya).
Shunga
qaramasdan, hududiy jihatdan shuningdek, madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi jihatdan bir xil yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan davlatlarning ta‘lim
tizimini umumlashtirgan holatda o‘rganish mumkin. Ana shunday murakkab
vazifani bajarish uchun turli metodologik yondashuvlarni birgalikda qo‘llash
talab
etiladi. Qiyosiy pedagogika sohasidagi tadqiqotlar uchun
ambivalentli, kompleks,
insonparvar, tarixiy, madaniy, etnopsixologik, aksiologik kabi metologik
yondashuvlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Ambivalentli yondashuv u yoki bu hodisaning rivojlanish jarayonidagi
ziddiyatli tendensiyalarni tadqiq qilishda qo‘llaniladi;
qiyosiy pedagogika
muammolarini muayyan mamlakatdagi ta‘lim taraqqiyotining xususiyati va o‘ziga
xosligi o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olgan holda hal etish imkonini beradi. Bu
yondashuv shuningdek, ko‘pgina davlatlarga xos bo‘lgan ta‘lim taraqqiyotidagi
inqirozli
hodisalarni
tahlil
qilishda ham qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: