G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/109
Sana16.09.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1679264
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
@pp kitoblar qiyosiy ped

5.4. Turkiyada ta’lim siyosatining olib borilishi. 
 
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, uning mustaqilligini birinchi 
bo‘lib qardosh Turkiya Respublikasi tan oldi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy aloqalar, shu jumladan, ta‘lim bo‘yicha hamkorlik tez rivojlanib 
bordi va u bizning xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarimizda yetakchi o‘rinlardan 
birini egalladi.
Bu hamkorlikning natijasi o‘laroq, har yili yuzlab o‘zbekistonlik o‘quvchilar 
va talabalar ta‘lim olish uchun Turkiyaga jo‘natilmoqda. Ayni vaqtda turkiyalik 
yoshlar ham Respublikamiz o‘quv muassasalarida bilim olmoqdalar.
Shuningdek, bu mamlakat bilan keng ko‘lamda ta‘lim bo‘yicha mutaxassislar 
almashish yo‘lga qo‘yilgan. Har ikki mamlakatdan ta‘limni boshqarish 
muassasalarining, o‘quv yurtlarining hamda ta‘lim bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar va 
ilmiy-metodik ishlar olib boruvchi mutaxassislar, o‘qituvchilar va tarbiyachilar bir-
birlariga tashriflar uyushtirib o‘zaro tajribalar almashmoqdalar. Bularning barchasi 
ikki mamlakat maorifchilarining umumiy maqsad yo‘lidagi ishlarni rivojlantirishga 
hissa bo‘lib qo‘shilyapti. Turkiya Respublikasida ta‘limning qo‘yilishining o‘ziga 
xos tomonlari borligini hisobga olib, u haqda to‘laroq ma‘lumot berish lozim. 
Respublikada hozir amaldagi ta‘lim tizimiga turk xalqining asl farzandi Kamol 
Otaturk asos solgan. Turkiya ta‘lim tizimlari mamlakat Konstitutsiyasi, ta‘lim-
tarbiya to‘g‘risidagi qonunlar, ―Milliy maorif vazirligining tuzilishi va vazifalari 
haqida‖gi qator qonunlarda hamda hukumat dasturlarida har tomonlama chuqur 
ifodalangan.
Respublika Konstitutsiyasida ―Barcha kishilar ta‘lim-tarbiya olish huquqiga 
egadirlar‖ deb yozib qo‘yilgan va fuqarolarning bilim olish huquqlari 
kafolatlangan. Turkiya Respublikasida barcha tipdagi ta‘lim to‘la davlat nazoratida 
bo‘lib, bunday nazoratga kirmaydigan ta‘lim-tarbiya maskanlarini ochish mumkin 
emas. Xususiy maktablar ham davlat ta‘lim standartlari talabiga mos kelishi va 
davlat dasturlarini to‘la bajarishga majbur.


111 
Boshlang‘ich ta‘lim barcha kishilar uchun majburiy, davlat maktablarida 
bepul o‘qitiladi. Majburiy ta‘limdan so‘ng, uning keyingi bosqichlarida o‘qishni 
davom ettirish istagini bildirgan, kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan bolalar 
davlat tomonidan stipendiyalar bilan ta‘minlanadilar, ularga boshqa tegishli 
imtiyozlar ham belgilangan. Ta‘lim muassasalarida faqat o‘quv-tarbiya ishlari, uni
takomillashtirish bilan bog‘liq vazifalarnigina bajaradilar. Undan tashqari 
faoliyatga yo‘l qo‘yilmaydi. Turk millatiga mansub kishilarga ona tili sifatida 
boshqa biror xorijiy davlat tilini o‘rgatish mumkin emas.
Turkiya milliy maorifi tizimlarining umumiy tuzilishi ikki asosiy qismga
bo‘linadi. 
-maktab ta‘limi; 
-maktabdan tashqari ta‘lim. 
Maktab ta‘limi tarkibiga: a) maktabgacha tarbiya, b) boshlang‘ich ta‘lim, v) 
o‘rta ta‘lim, g) oliy ta‘lim kiradi.

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling