G. O. Abduraimova Bajardi: N. G. Jumanova
Download 0.57 Mb.
|
KURS ISHI. JUMANOVA NODIRA BT-203. prezentatsiya
Ma’naviyatning poydevori bo‘lgan axloq va odob, ilm-u ma’rifat, imon va e’tiqod, dunyoqarash va mafkura avvalo oilada shakllanishi hech kimga sir emas. Shunday ekan har qanday jamiyatning yadrosi, poydevori bo‘lgan oilaning mustahkamligi uning moddiy va ma’naviy jihatdan ta’minlanganligi, farovonligining jamiyat va davlat tomonidan kafolatlanganligi kelajak avlod tarbiyasining zaruriy sharti bo‘lib qolaveradi. Yurtimizda yillarga nom berish udum bo‘lib, dastlab 1998 -yil mamalakatimizda “Oila yili” deb e’lon qilinishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012- yil 27-fevraldagi PQ-1717-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Mustahkam oila yili” Davlat dasturi bu boradagi amaliy ishlarni yangi pog‘onaga ko‘tardi. Mamlakatimizda 2012 -yilni “Mustahkam oila yili” deb nomlanishidan bosh maqsad -jamiyatimizning asosi bo‘lmish oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oilalarni, ayniqsa yosh oilalarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish hamda qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish borasida olib borilayotgan barcha ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, jismonan sog‘lom, ma’naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini oshirish, mustahkam, sog‘lom oilani shakllantirishda mahallaning mavqeyini mustahkamlash va rolini kuchaytirishga doir aniq maqsadga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirishdir.
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling