OLIY VA O‘RTA TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “BOSHLANG‘ICH TA’LIM” FAKULTETI TARBIYAVIY METODIKASI Fanidan KURS ISHI MAVZU: Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda mahalla va oila hamkorligi Bilim sohasi:100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi:110000 – Pedagogika Bakalavriat yo‘nalishi: 5111700 – Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish G.O.Abduraimova Bajardi: N.G.Jumanova TOSHKENT – 2021 MAVZU : YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA MAHALLA VA OILA HAMKORLIGI. MAVZU : YOSHLARDA SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA MAHALLA VA OILA HAMKORLIGI. - MUNDARIJA
- KIRISH
- I. “Sog‘lom turmush tarzi” tushunchasi va uning tarkibiy tuzilmasi.
- II. Sog‘lom turmush tarzining ma’naviy – axloqiy negizlari va huquqiy asoslari .
- III. Yoshlarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati .
- IV. Sport va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar – sog‘lom turmush tarzi rivojlanishining muhim omili sifatida .
- XULOSA
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH - Mavzuning dolzarbligi: Mustaqillik yillarida mamlakatimizda adolatli demokratik jamiyat bunyod etish bosh maqsad qilib belgilandi va bu maqsad sari izchil qadamlar qo‘yildi. Bunda inson manfaatlari va haq-huquqlarini to‘liq hisobga oladigan, uning asriy orzu – umidlarini ro‘yobga chiqaradigan eng adolatli ijtimoiy makon bo‘lmish fuqarolik jamiyatini qurish borasida ham muhim natijalarga erishildi. Jamiyatda sog‘lom turmush tarzini yanada shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog‘lom va ma’naviy boy yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishiga keng jalb etilishini ta’minlash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan faol islohotchilik siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
- Keyingi yillarda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi harakatlar izchillik bilan olib borilmoqda. Ta’kidlash muhimki, bu yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Sog‘lom turmush tarzi iborasining zaminida inson salomatligi, qolaversa, yoshlar kelajagi yotar ekan, bu jamiyat taraqqiyotining yuksalishida asosiy o‘ringa ega bo‘lishi tabiiydir.Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi mustaqilligimizning ilk yillaridanoq davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylandi.
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Barkamol avlod tarbiyasi, sog‘lom turmush tarzi asoslarini mustahkamlash omillari va bunda oila va mahallaning ijtimoiy funksiyalari Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov asarlarida atroflicha yoritilgan.
- Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzining omillari, bu borada oila-mahalla-o‘quv muassasalari hamkorligining istiqbollari, ta’lim-tarbiya tizimidagi o‘rni, oila va mahalla institutlarining sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi o‘rni masalalari yurtimiz olimlari va tadqiqotchilari tomonidan tizimli o‘rganilib kelinmoqda. Sog‘lom turmush tarzini asoslari va uni shakllantirishning ma’naviy-axloqiy, falsafiy va tarixiy negizlarining ayrim masalalari R.U. Arziqulov, B.Ochilova, M. Bekmurodov, I. Jabborov, A. Ibrohimov, M. Murodov, I. Ergashov, T. Norbekov, A.Jalolov, F. Temirov, S. Nazarova E. Yusupov, X.O.Shayxova, Q. Nazarov, Q. Xonazarov, B. To‘raevlarning ishlarida ham tahlil qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |