III. Yoshlarning sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirishda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati . - Yurtimizda har tomonlama yetuk yosh avlodni voyaga yetkazish haqida to‘xtalar ekanmiz, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “...o‘z haq-huquqini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi”, deb ta’kidlagan edi. Bu fikrlar bugungi kunda har birimizni milliy davlatchiligimizni barpo etish va uni mustahkamlash yo‘lida faollik ko‘rsatishga chorlaydi.
- Bugungi globallashuv jarayoni ijtimoiy hayotning barcha jabhalariga o‘z ta‘sirini ko‘rsatmoqda, xususan, yoshlar ham bu jarayonlardan holi emas.Bu bir tomondan umumiy tabiiy jarayon. Chunki hozirgi axborotlashgan jamiyat muhitidan yoshlar ham turli omillar orqali xabardor bo‘lyapti.Lekin ularning mafkuraviy immunitet darajasi qadriyatlarga nisbatan turli xil bo‘lishi mumkin.Ayrim yoshlar qarashlarida xalqimizning milliy-ma‘naviy qadriyatlariga mos bo‘lmagan xatti-harakat, nosog‘lom g‘oyalar, qadriyatlarga moyillikning oldini olishda joylardagi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining bo‘limlari faol ish olib borishlari lozim.
Viloyat, tuman va shahar hokimliklari rahbarligida homiylar tomonidan qurilib, ishga tushirilgan Samarqand shahridagi muhtasham “Samarqand yoshlar markazi”, Jizzax shahridagi “Yoshlar markazi”, Farg‘ona shahridagi “ Yoshlar madaniyat va sport markazi”,Namangan shahridagi “Yoshlar sport majmuasi”,Toshkent shahridagi “Bunyodkor” yoshlar teleklubining turli to‘garak va sho‘balarida yoshlarni yangidan yangi tashabbuslar bilan chiqishga chaqirish, erkin fikrlash va so‘zlashga o‘rgatish, ularning tashabbuslarini amalga tatbiq etish, ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda, uchrashuvlar, tadbirlar va musobaqalar tashkil etilmoqda. Bular bir tomondan, yoshlarning vaqtlarini mazmunli o‘tishiga yordam bersa, ikkinchidan, markaz sog‘lom turmush tarzi qaror toptirilishi mohiyatidan dalolat beradi. - Viloyat, tuman va shahar hokimliklari rahbarligida homiylar tomonidan qurilib, ishga tushirilgan Samarqand shahridagi muhtasham “Samarqand yoshlar markazi”, Jizzax shahridagi “Yoshlar markazi”, Farg‘ona shahridagi “ Yoshlar madaniyat va sport markazi”,Namangan shahridagi “Yoshlar sport majmuasi”,Toshkent shahridagi “Bunyodkor” yoshlar teleklubining turli to‘garak va sho‘balarida yoshlarni yangidan yangi tashabbuslar bilan chiqishga chaqirish, erkin fikrlash va so‘zlashga o‘rgatish, ularning tashabbuslarini amalga tatbiq etish, ijodiy va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda, uchrashuvlar, tadbirlar va musobaqalar tashkil etilmoqda. Bular bir tomondan, yoshlarning vaqtlarini mazmunli o‘tishiga yordam bersa, ikkinchidan, markaz sog‘lom turmush tarzi qaror toptirilishi mohiyatidan dalolat beradi.
- “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hisobotlariga ko‘ra, harakat tizimlarining 2001-2004 yillardagi faoliyati davomida va ularning aralashuvi natijasida 150 mingdan ortiq holat bo‘yicha yoshlarning turli xil muammolari o‘zining aniq yechimini topdi, yoki ularni yechish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.Ushbu yo‘nalishdagi ishlarni amalga oshirish uchun birgina harakat tizimlari hisobidan sarflangan mablag‘ miqdori 1.3 milliard so‘mdan oshib ketdi.
- O‘zbekiston Respublikasi “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, har yili “Kamolot” yoshlar harakatining faoliyatiga doir “Yoshlar “Kamolot” to‘g‘risida” mavzusida sotsiologik so‘rovnomani o‘tkazib kelmoqda.Shunday qilib, yuqoridagi tadbirlar yoshlarni ijtimoiy-ma’naviy hayotga jalb etishda, ayni paytda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.Keyingi yillarda aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi harakatlar izchillik bilan olib borilmoqda. Ta’kidlash muhimki, bu yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Sog‘lom turmush tarzi iborasining zaminida inson salomatligi, qolaversa, yoshlar kelajagi yotar ekan, bu jamiyat taraqqiyotining yuksalishida asosiy o‘ringa ega bo‘lishi tabiiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |