Mamlakatimizda xalq salomatligi diqqatga sazovor. Salomatlik har bir inson uchun bebaho boylik sifatida jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lmoqda. Darhaqiqat, Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga ko‘ra: “Salomatlik- kasallik, biror nuqsonlarning yo‘qligi emas, balki jismoniy, aqliy va ijtimoiy xotirjamlikdir”. Salomatlikni har qancha moddiy boylik va mablag‘ evaziga sotib olib bo‘lmaydi. Inson mustahkam salomatlikka ega bo‘lgandagina baxtli yashashi mumkin. Shunday ekan, salomatlik sir-asrorlarini chuqur bilishi va to‘laqonli salomatlikning yagona yo‘li sog‘lom turmush tarzi ekanligini anglab yetishi lozim. - Mamlakatimizda xalq salomatligi diqqatga sazovor. Salomatlik har bir inson uchun bebaho boylik sifatida jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining muhim shartlaridan biri bo‘lmoqda. Darhaqiqat, Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta’rifiga ko‘ra: “Salomatlik- kasallik, biror nuqsonlarning yo‘qligi emas, balki jismoniy, aqliy va ijtimoiy xotirjamlikdir”. Salomatlikni har qancha moddiy boylik va mablag‘ evaziga sotib olib bo‘lmaydi. Inson mustahkam salomatlikka ega bo‘lgandagina baxtli yashashi mumkin. Shunday ekan, salomatlik sir-asrorlarini chuqur bilishi va to‘laqonli salomatlikning yagona yo‘li sog‘lom turmush tarzi ekanligini anglab yetishi lozim.
- Xulosa qilganda, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va har bir oilada uning yuqorida ta’kidlangan tamoyillarini singdirish barkamol avlod tarbiyasining muhim omilidir. Avvalo yosh avlodga sog‘lom turmush qoidalarini yetkazish, yetarlicha tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Xususan, bolalar va o‘smirlar uchun Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining turmush tarzi bo‘yicha ekspertlari quyidagilarni tavsiya etishmoqda:
- 1. O‘zingni angla. Organizmning qanday tabiiy o‘sayotganini angla, tushun.
- 2. O‘z tanangni ozoda tut. Sen o‘z tanang uchun javobgarsan. Tez-tez yuvinib tur, tish va tirnoqlaringni tozala, oyoqlaringni yuv.
- 3. Yaxshi ovqatlan. Sening organizming o‘sishi lozim. Meva, sabzavotlarni sev. Turli ovqatlarni iste’mol qil. Shirinliklarni ko‘p yema.
- 4. Ehtiyot bo‘lib yo‘nal, maktab vaqtida yo‘lda ehtiyot bo‘lishga o‘rgan. Baxtsiz hodisalarni chetlab o‘tishga harakat qil.
- 5. Do‘stlar orttir. Yaxshi o‘rtoq bo‘l. Yoshlar va kattalar orasida do‘stlar orttir. O‘z o‘rtoqlaring va ota-onang bilan o‘rtoqlashishni va ularni tinglashni o‘rgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |