G qarshiboyeva, J. Majidov


Ona  yurtng  omon  bo‘lsa,  rang-u  ro‘ying  somon  bo‘lmas


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

Ona  yurtng  omon  bo‘lsa,  rang-u  ro‘ying  somon  bo‘lmas; 
Baliq  suv  bilan  tirik,  odam  el  bilan;  Vataning  tinch  sen  tinch;  el 
boshiga tushgani, er boshiga tushgani; Oz uyim - o‘lan to‘shagim; 
O‘zga  yurtning  gulidan,  o‘z  yurtingning  cho‘li  yaxshi  kabi 
maqollarda  vatanparvarlik  g‘oyalari  o‘z  ifodasini  topgan.  Ushbu 
maqollarni  tinglagan,  yod  olgan  uning  mag‘ziga  yetgan  farzand 
vatanga mehr hislari uyg‘ona boshlaydi.  
Xalq  maqollari  bevosita  mehnat  jarayonida,  qaynoq  hayot 
quchog‘ida  yaratilganligi  sababli  ularda  mehnat  va  kasb  hunarga  oid 
mavzular  ham  yetakchi  o‘rin  egallaydi.  Mehnat  mavzusidagi 
maqollarda  mehnatga  muhabbat,  hurmat;  ishyoqmas  dangasa  va 
tekinxo‘rlikni  qoralovchi,  xalqning  xulosalari  mujassam  etgan. 
Xalqimiz  azal-azaldan  mehnat  orqali  turmush  tarzining  faravon 
bo‘lishi,  mehnat  orqali  inson  kamolitining  har  javhasida  yaxshi 


46 
 
natijalarga  erishish  mumkinligini,  mehnatni  sevish,  yalqovlikdan 
qochish kerakligini anglab yetganlar.  
Inson  tabiatan  mehnatkashdir.  U  mehnat  tufayli  o‘zining 
iste’dodi,  qobiliyati,  layoqatini  namoyon  etadi.  Mehnat  jarayonida 
insonning  dunyoqarashi  kengayib,  bilim  saviyasi  oshib,  u  o‘zini 
jismoniy  va  ma’naviy  jihatdan  shakllantirib  boradi.  Inson  mehnati 
aqliy  va  jismoniy  mehnat  tarzida  amalga  oshiriladi.  Shaxs  har 
ikkalasining umumiyligi natijasida voyaga yetadi. Aqliy mehnat inson 
tafakkurini  rivojlantirsa,  jismoniy  mehnat  uning  barkamol  sog‘lom 
o‘sishi  uchun  zamindir.  Xalq  maqollarida  mehnat  hamma  narsaning 
kaliti  ekanligi  aytiladi.  Masalan,  Daraxt  yaprog‘i  bilan  ko‘rkam, 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling