G qarshiboyeva, J. Majidov


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

  
 
3. 3. Ertaklarning sirli olamiErtaklar yaxshilikka yetaklar 
Farzandingizga ertak aytib beryapsizmi?  
 
Xalq  badiiy  so‘zning  yosh  avlod  tarbiyasidagi  kuch-qudrati  va 
jozibasiga  alohida  e’tibor  berib  kelgan.  Badiiy  so‘z  bilan  xalqning 
barcha  tajriba  boyliklarini,  turmush  tarzi,  ma’naviy  va  madaniy 
hayotini  go‘zal  ifodalarda  ifodalaganliklari  ma’lum.  Xalq  orasidan 
ajoyib iste’dod sohiblari -dostonchilar, ertak aytuvchilar, qo‘shiqchilar 
yetishib chiqqan. Ular yaratgan maqol va matallar, ertak va afsonalar, 
qo‘shiq va topishmoqlarda, xalqning aql-zakovati, orzu-istaklari,  ruhi 
va  irodasi  o‘z  aksini  topgan.  So‘z  san’atining  asosiy  manbai  -  real 
borliq,  tabiat,  insonlar,  ularning  mehnati  va  o‘zaro  munosabatlari, 
xulq-atvori hisoblanadi. Badiiy so‘z orqali obrazlar aniq yaratiladi, bu 
bilan  bola  ko‘zi  oldida  asar  qahramonlarining  sarguzashtlari,  xatti-
harakatlari, his-tuyg‘ulari gavdalantiriladi.  
Shulardan  biri  so‘z  san’atining  go‘zal  namunasi  hisoblangan 
ertaklar  haqida  to‘xtalib  o‘tsak.  ertaklar  xalq  og‘zaki  ijodining  eng 
qadimiy,  ommaviy  janr  turi  sifatida  talqin  qilinadi.  Hayot  haqiqati 
bilan  bog‘liq  bo‘lib,  xayoliy  va  hayotiy  uydirmalar  asosiga  qurilgan 
didaktik  g‘oyalar  tashuvchi,  xayolot  va  fantastika  xususiyatlari  bilan 


51 
 
yo‘g‘rilgan  og‘zaki  hikoyalar  ertaklardir.  Mahmud  Qoshg‘ariy 
o‘zining  "Devonu  lug‘otit-turk"  asarida  ertaklar  "yetuk"  shaklida 
ishlatilganini ta’kidlab o‘tadi. Hozir fol’klorshunoslikda ertak atamasi 
qabul  qilingan  bo‘lsa-da,  o‘zbeklar  o‘rtasida  ertaklar  "varsoqi", 
"cho‘pchak",  "ushuk",  "matal",  kabi  atamalar  bilan  ham  ishlatiladi. 
Ertaklarga  nisbatan  Surxondaryo,  Samarqand,  Farg‘onada  -  matal, 
Buxoro  atrofidagi  qishloqlarda  -  ushuk,  Xorazmda  -  varsaki, 
Toshkent  shahri  va  uning  atrofida  -  cho‘pchak  atamasi  ham 
ishlatiladi.  Ertaklar  o‘ziga  xos  kompozitsiyasi  bilan  ajralib  turadi. 
Ayniqsa  kirish  qism,  boshlama,  voqealar  rivoji,  tugallanmalar  bu 
jihatdan  alohida  ko‘zga  tashlanadi.  Xalq  ertaklari  mazmunan  uch 
guruhga bo‘linadi:  
 1. Hayvonlar haqidagi (majoziy) ertaklar. "Susambil", "Ochko‘z 
bo‘ri" "Ayiq polvon" va boshqalar; 
2.  Sehrli  fantastik  ertaklar:  "Guliqahqah",  "Husniyabonu, 
"Guljamol", "Urto‘qmoq", "Ochildasturxon", Semurg‘ va boshqalar; 
3. Hayotiy-maishiy ertaklar: "Malikayi Husnobod", "Zumrad va 
Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor", " Ziyod botir"; 
4.  "Tohir  va  Zuhra",  "Ozodachehra",  "Uch  og‘ayni  botirlar"  va 
boshqalar.  
Hayotiy  ertaklarda  kambag‘allar  bilan  boylar,  donishmandlar 
bilan  ilmsizlar  o‘rtasidagi  voqea-hodisalar,  munosabatlar  hikoya 
qilinadi. Bu voqea va hodisalar hayot haqiqati asosiga qurilgan bo‘lib, 
unda  salbiy  va  ijobiy  qahramonlarning  istagi,  xatti-harakati,  erishgan 
yutuq  va  kamchiliklari  ko‘rsatiladi.  Ertaklarning  yaratilishiga  ko‘ra 
yana bir turi, yozma ertaklardir.  
Bunday ertaklar shoir va yozuvchiar tomonidan yaratiladi. Jahon 
adabiyotida fransuz ertakchisi Sharl Perro, nemis ertakchilari Gofman, 
aka-uka  Yakob  Grimm  va  Velgelm-  Karl  Grimmlar,  daniyalik 
ertaknavis  Hans  Kristian  Andersen,  angliyalik  Oskar  Uayld,  rus 
shoirlari,  Pushkin,  Tolstoy,  Ushinskiy  va  boshqalar  juda  ko‘plab 
yozma  ertak  namunalarini  yaratganlar.  O‘zbek  adabiyotida  Hamid 
Olimjonning,  Sulton  Jo‘ra,  Shukur  Sa’dulla,  X.  To‘xtaboev,  A. 
Obidjon,  T.  Adashboev,  O‘.  Imonberdiev  kabi  adiblarimiz  ham 
ertaknavislik an’analarini davom ettirmoqdalar.  
Yertaklar  o‘ziga  xos  g‘oyaviy  tarbiyaviy  ahamiyatga  ega 
ekanligi  bilan  ajralib  turadi.  Ertaklarning  ta’limiy  hamda  tarbiyaviy 
ahamiyati  juda  katta.  Bu  haqda  M.  Gor’kiy:  "Dunyoda  ibrat 


52 
 
bo‘lmaydigan  hech  narsa  yo‘q,  o‘zida  "didaktika",  ibrat  vositalarini 
mujassamlashtirmagan birorta ham ertak topilmaydi", - degan edi.  
Ertaklarning  muhim  xususiyatlaridan  biri  uning  hamisha  xalq 
hayoti,  kurashi,  tarixi,  ruhiy  olami,  dunyoqarashi,  urf-odatlari  bilan 
bog‘lanib,  insonlarga  axloqiy  va  ma’naviy  yo‘ldosh  bo‘lib 
kelishidadir.  Ertaklar  sodda  va  tushunarli  bo‘lgani  uchun  har  qanday 
kitobxonga  tez  yetib  boradi.  Ertaklarning  bola  tarbiyasidagi  o‘rni 
shundaki,  u  boladagi  ro‘stgo‘ylik,  halollik,  yor-  u,  do‘stga  sadoqat, 
vatanga  muhabbat,  mehr-  oqibat,  mehnatsevarlik,  ezgulikka  intilish 
kabi  barcha  ijobiy  xislatlarning  shakllanishiga  turtki  berib,  birovning 
haqiga  xiyonat  qilishdan,  dangasalik,  va’daga  vafosizlikdan, 
ilmsizlikdan  va  barcha  insonni  to‘g‘ri  yo‘ldan  ozdiradigan  yomon 
xulqlardan saqlaydi.  
Ertaklar  shunchalik  sehrli  kuchga  egaki,  bola  butun  borlig‘ini 
berib  uni  tinglaydi.  Uning  butun  azoi-  badani,  quloqqa  aylanadi. 
Demak  uning  olamida  yashayotgan  bolaning  tarbiyasiga  ertaklar  o‘z 
ta’sir  kuchini  o‘tkazmasdan  qolmaydi.  Ertak  eshitayotgan  bola  o‘zi 
sevgan  qahramoni  bilan  tog‘-u  toshlar  qir-u  adirlarga  boradi,  yovlar 
bilan kurashadi, kulsa kulib, yig‘lasa yig‘laydi.  
Aytayotgan tarbiyaviy gaplaringiz bola ongida abadiy muhrlanib 
qolishini  xohlasangiz,  bola  qalbiga  ertaklar  orqali  yetib  boring. 
Ularning bor ong-u shuuri ertaklar orqali qaratilishini o‘z ko‘zlaringiz 
bilan  ko‘p  bora  kuzatgansiz.  Har  kuni  bolalarning  ertak  aytib 
berishlarini  so‘rab  harxasha  qilganliklariga  guvoh  bo‘lgansiz.  Oilada 
ota-onalar  orzu-maqsadlarga  erishishning  asosiy  kaliti  hisoblangan 
mehnatsevarlik  xislatini  kichkintoylarda  shakllantirish  uchun,  shu 
mavzuga oid ertaklar aytib berish samaralidir.  
Ertaklar 
tarbiyasi 
orqali 
boshqalarga 
hech 
bir 
ozor 
yetkazmaslikni,  takabburlik  qilmaslikni,  rostgo‘y  bo‘lishni  yalqovlik 
va egrilik qilmaslikni tushunib yetadilar. Ertaklar bola uchun dastlabki 
hayot  darsligi,  ma’naviy  boyliklarning  bitmas-tuganmas  xazinasidir. 
Dastlab  kattalar  ko‘magi  bilan  ertaklar  olamiga  kirib  kelgan  bola, 
keyinchalik  maktabda  o‘z  savodini  chiqargandan  so‘ng,  o‘zi  shu 
olamda o‘qib kezadi. Bola ertaklarni chanqoqlik bilan bosh ko‘tarmay 
o‘qiydi.  Undagi  ijobiy  obrazlarga  taqlid  qilgisi  keladi.  Salbiy 
obrazlarga  o‘xshash  kimsalarni  kundalik  hayotda  ko‘rib  qolganida, 
ulardan  uzoqroq  yurishga  urinadi.  Bu  hol  ota-ona  berayotgan 
tarbiyaga yana bir muhim qo‘shimcha bo‘lib xizmat qiladi.  


53 
 
Ertak  o‘zining  soddaligi,  ravonligi,  obrazliligi  bilan  bolalar 
uchun  juda  tushunarli,  qiziqarlidir.  Ertak  bolalar  tomonidan  oson  va 
tez  o‘zlashtiriladi.  Olib  borilgan  so‘rovlarda  shuni  bildikkki,  hatto 
kattalar 7-8 yoshlarida yodlagan she’rlarini eslolmaydi, ammo o‘qigan 
ertaklarini  hali  unutganicha  yo‘q.  Zero,  bu  pallada  bolaning  ongi  va 
qalbi  nihoyatda  ziyrak,  sezgir,  unga  kuchli  ta’sir  ko‘rsatgan  narsa 
butkul muhrlanib, hech qachon o‘chmaydi.  
Ertaklar orqali bolalar o‘z xalqining o‘tmish hayoti va ijodi bilan 
tanishadilar,  shuning  uchun  ham  bolalarni  tarbiyalashda  xalq 
ertaklaridan  keng  foydalanilishi  bejiz  emas.  Siz  farzandingiz  yostig‘i 
boshida  o‘tirib,  ertak  aytib  beryapsizmi,  uning  jajji  murg‘ak  qalbida 
nimalar  shakllanayotganiga  e’tibor  qaratayapsizmi?  Hammamizga 
ma’lumki,  bolada  ertak  tinglash  istagi  juda  erta  2-3  yoshdan 
boshlanadi.  Bola  katta  bo‘lgan  sari  uning  ertakka  qiziqishi  ortib 
boradi.  Bola  ertakni  butun  fikri-zikri  bilan  tinglaydi,  undagi 
voqealarni,  kishilar,  hayvonlar  o‘rtasidagi  munosabatlarni  fikran 
analiz qiladi va ertakdagi salbiy va ijobiy qahramonlarni darhol ajratib 
oladi.  Xalq  ertaklari  bolalar  fantaziyasini  o‘stiradi,  ularni  fikr 
yuritishga undaydi.  
Bola  ertak  qahramonlariga  o‘xshagisi  keladi.  Malikalarni 
qutqarishga  intilgan  shahzodalarga,  o‘z  vatanini  himoya  qilib 
kurashgan  paxlavonlarga  havas  qilar  ekan,  bola  qalbida  beixtiyor 
mardlik,  jasurlik,  vatanga  muhabbat  hislari  uyg‘ona  boradi.  Bugun 
zamon  shiddati,  texnika  vositalarining  rivoji  hayotimiz,  taqdirimizga 
qaysidir  ma’noda  ta’sir  ko‘rsatayotgan  bo‘lsa-da,  bolalarning 
mutolaaga bo‘lgan ishtiyoqini so‘ndirgani yo‘q. Agar kichkintoylarga 
o‘zi  yaxshi  ko‘rgan  biror  ertakni  aytib  bersangiz,  jon  qulog‘i  bilan 
eshitadi. Bizdan ertak kitoblar keltirib berishimizni xohlashadi.  
Yoshlikning  go‘zal  va  esda  qolarli  onlari  ko‘p.  Eng  baxtiyor 
damlari esa onajonimizdan ertak tinglaganimiz bo‘lgandir. Barchamiz 
ota-onamizning  jondan  aziz  farzandlarimiz.  Ota-onamiz  yaxshi 
kitoblarni  o‘qib,  mehr-muruvvatli,  mard,  iymoni  salomat  insonlar 
bo‘lib kamol topishimizni xohlashadi. Shu yo‘ldagi ilk qadam lari biz 
uchun alohida vaqt ajratib ertaklar olamiga sayohat qildirganliklaridir. 
Ayniqsa,  har  kuni  oila  davrasida  aytilgan  ertaklar  to‘g‘ri  yashashga, 
mehnat  qilishga  mehr-oqibat,  do‘stlikka,  birodarlikka  undagan.  Bu 
sehrli  olamning  ko‘z  ilg‘amas,  qo‘l  yetmas,  quloq  eshitmagan 
qirralarini  qancha  ta’rif  etgan  bilan  ado  qilolmaysan,  kishi.  Faqat 


54 
 
ushbu  ibratli  ertaklar  bolalarning  fikrlash  qobiliyatini  o‘stirib,  yorqin 
kelajak sari yetaklashiga ishonamiz.  
Chunki  har  bir  bola  ertaklardan  g‘alaba  qozonishga  bo‘lgan 
ishtiyoqni,  har  qanday  ishda  yetti  o‘lchab  bir  kesish  kerakligini  dil 
shuuridan  o‘tkazadi.  Inson  baxtiyor  hayot  kechirishni,  orzu-
maqsadlarga  dadil  harakat  qilib  murod-maqsadga  yetishishni 
xohlaydi.  Mana  shu  ezgu  maqsadlar  yo‘lida  barcha  qiyinchiliklarni 
yengib o‘tishga harakat qiladi. Ertaklar vositasida xalollik, vafodorlik, 
saxiylik  kabi  xislatlar  ilgari  surilib,  kishilar  harakteridagi  yaramas 
odatlar, nomaqul illatlar qoralanadi. Ushbu ertaklarning ba’zi birlariga 
e’tiborimizni qaratsak.  
Xalq  ertaklari  ichidan  o‘rin  olgan  "Egri  va  To‘g‘ri"  ertagi. 
Ushbu  ertak  bayonida,  egrilik  oqibatidagi  ishlarning  barchasi  faqat 
afsus  nadomat  bilan  tugashi,  boshga  faqat  tashvishlar  olib  kelishi 
yaqqol ko‘rsatilsa, to‘g‘ri odamning doimo ishlari olg‘a siljishi, to‘g‘ri 
qadam bosmoqlik, maqsad - murodga yetmoqlikning asosiy kaliti qilib 
ko‘rsatiladi.  Ertak  orqali  bola  qalbida  rostgo‘ylik,  halollik,  va’daga 
vafo, kamtarlik xislatlari jonlanar ekan, xalq nazarida ham "bo‘ladigan 
bola"ning xususiyatlari ko‘rina boshlaydi.  
"Ikki aka-uka" ertagida bir-birini o‘ylab bir biriga mehr ulashgan 
yuksak  hislarni  ko‘rishimiz  mumkin.  Unda  bir-biri  bilan  doimo  axil 
bo‘lgan, shumlikni bilmagan, to‘gri niyat og‘a -inilar bug‘doy ekishib, 
teng  bo‘lishib  oladi.  Ukasi  akasining  oilali  ekanini  o‘ylab,  "akam 
qiynalmasin"-  deb,  kechasi  bildirmay,  o‘zining  bug‘doyidan 
akasinikiga  qo‘shib  keladi.  Akasi  esa  "ukam  hali  yosh  endi  oyoqqa 
turyapti"-  deb,  kechasi  unga  sezdirmay  o‘zining  bug‘doyidan 
ukasinikiga  qo‘shib  qo‘yadi.  Mehribon  aka-ukalar  shundan  keyin 
ko‘ngillari  halovat  topadilar.  Ushbu  ertak  orqali  farzandlar  bir  biriga 
nisbatan  mehrli  oqibatli  bo‘lishlikni,  bir  biriga  yelkadosh  suyanchiq 
bo‘lish  kerakligi  uqtiriladi.  Og‘a  -inilar  o‘rtasida  uzib  bo‘lmas 
mustahkam rishta o‘rnatilishi muhimligi aytib o‘tiladi.  
Qo‘shnilarini  bir  necha  bor  uyimga  o‘t  ketdi  deb  aldab, 
qo‘shnilari kelganda ularni sinamoqchiligini aytib ustilaridan kulgani, 
haqiqatdan uyiga o‘t tushganda hech kim yordamga kelmay uyi yonib 
kul bo‘lgan yolg‘onchi haqidagi ertakni eshitgansiz.  
Rostgo‘ylikni  tarbiyalash,  bolalarni  rost  so‘zlashga  odatlantirish 
birinchi navbatda oila tarbiyasi bog‘liq. Oiladagi tarbiyada bola ertak 
eshitib  to‘g‘riso‘zlikka  o‘rganadi,  aldamchilikning  oxiri  voy 


55 
 
ekanligini  tushunib  yetadi.  Har  bir  ertak  borki,  avvolo  uning  asosiy 
markazida  bola  kamoloti  go‘zal  tarbiyasi  turadi.  Xalqimizning  asrlar 
osha  o‘z  qadr-qimmatini  yo‘qotmay  kelayotgan  buyuk  ulkan  me’rosi 
borki,  ularning  o‘rnini  hech  qanday  narsa  egallay  olmaydi.  Chunki 
ular  tajribalar  sinovidan  o‘tgan  va  shu  bugungi  kungacha  bardosh 
berib  kelayotgan  xalqimizning  qalb  ijodidir.  Shu  ijod  sarasidan 
alohida  o‘rin  egallagan  ertaklarning  bola  tarbiyasidagi  ahamiyati 
haqida ozgina to‘xtalib o‘tdik.  
Ertaklarning  bola  tabiatiga  ta’sirini  chuqurroq  o‘rganish  uchun 
Jizzax  shahridagi  37-  sonli  maktabgacha  ta’lim  muassasasining 
bolalar  bog‘cha  opalari  bilan  suhbatda  bo‘ldik.  Ular  aytishicha,  ertak 
boshlashlari bilan bolalar tinchlanib, butun vujudi quloqqa aylanarkan. 
"Ertaklarni  obrazga  kirishib  aytamiz.  Bola  ertakdagi  holatni  ko‘z 
o‘ngida gavdalantirishi uchun bu zarur.  
Aytib  bo‘lgandan  so‘ng  shu  ertak  qahramonlaridagi  xislatlar, 
yaxshi  yomon  fazilatlar  haqida  mulohaza  yuritamiz.  Bolalar  buni  tez 
ajratib olishadigan bo‘lishgan" -deyishdi bog‘cha opalari. Ertaklarning 
bolalarga  tarbiyaviy  ta’sirini  kuchli  ekanligini  inobatga  olsak,  bu 
tarbiyaning juda qulay usuli.  
Yana  suhbatimizni  Jizzax  viloyati  Jizzax  shahridagi  9-
maktabning  birinchi  sinf  o‘qituvchilari  bilan  muloqotda  davom 
ettirdik.  "Ertaklarni  nafaqat  bolalar  balki  biz  kattalar  ham  sevib 
o‘qiydigan  bo‘lganmiz"-  deyishdi  ular.  "Bolalarga  mustaqil  ertak 
o‘qib 
kelishlarini 
ham 
tayinlaymiz. 
Bolalarga 
xotirasini 
mustahkamlash  uchun,  nutqini  o‘stirish  va  rivojlantirish  uchun 
she’rlar  beramiz.  Lekin  ular  she’rlardan  ko‘proq  ertaklarni  ko‘proq 
esda  olib  qolishadi  va  ertaklarni  chiroyli  qilib  gapirib  berishadi.  Shu 
bilan  ularning  nutq  boyligini  oshirib  muloqotga  jonliroq  kirishamiz"- 
deyishdi.  Ertak  o‘qimagani  ham  uyida  ota-onalari  bobo  -buvilaridan 
eshitgan  ertaklarini  aytib  berishar  ekan.  Shu  bilan  har  bir  o‘quvchini 
faollikka undab mashg‘ulotlarni samarali olib borar ekan. Yuqori 2- 4 
-sinflarda  ham  ochiq  darslar  tashkil  qilinib  ertaklarni  ro‘lli  obrazlar 
bilan  jonli  tomosha  tashkil  qilinar  ekan.  Ustozlari  "Bolalar  shu 
ertaklardan  o‘ziga  xos  tarbiya  olishadi.  Tarbiyaning  boshlang‘ich 
poydevori  boshlang‘ich  sinf.  Shuning  uchun  bunga  alohida  e’tibor 
beramiz.  Bu  o‘zining  yuqori  ko‘rsatkichlarini  ko‘rsatayapti"  - 
deyishdi.  Demak  ertaklar  oilada  ham,  ta’lim  muassasasida  ham,  o‘z 
beminnat xizmatini o‘tab kelmoqda.  


56 
 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling