G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
o‘limi - itning bayrami" maqoli epigraf qilib olingan.
Maqollar badiiy adabiyotda, she’r, doston, hikoya va romonlarimizda ham ko‘p ishlatiladi. Hatto boshidan oxirigacha maqol bilan yozilgan asarlarimiz ham bor. Masalan Gulhaniy butun bir asarini "Zarbulmasal" deb nomlagan. Unda Yapaloqqush va Bo‘yog‘lining quda-andachilik mojarolari tasvirlangan bo‘lib, ular tilidan 400 dan ortiq maqol keltiriladi. Hamza Hakimzoda Niyoziy o‘z asarlarining badiiy yuksak va ta’sirchan bo‘lishi uchun xalq maqollaridan barakali foydalandi. "Boy ila xizmatchi", "Maysaraning ishi" va boshqa asarlarida maqollardan unumli foydalangan. O‘zbek xalq yozuvchisi, Oybek, "Oltin vodiydan shabadalar" romanida maqollar ishtirokida, voqealarning borishi, qahramonlarning xatti-harakatlari, obrazlari, ichki va tashqi qiyofalarini ochishda juda qo‘l kelganligini ko‘rishimiz mumkin. Bugungi kunda maqollarning o‘rni va ahamiyati haqida gapiradigan bo‘lsak, oiladagi tarbiyada avvalo muhim kasb etishini aytib o‘tmoqchiman. Negaki, asosiy tarbiya oilada berilib, shakllantirilib boriladi. Oiladagi muhit, oiladagi tarbiyaviy sharoit bolaning xulq atvorida nomoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham dono xalqimiz "Qush uyasida ko‘rganini qiladi" deb ta’kidlaydi. Maqollar hayot maktabining asosiy darslik va qoidalaridir. Ularni zinxor unutmasligimiz, amalda joriy etishimiz talab qilinadi. Oiladagi muhitda ota-onaning xalq donoligiga murojaat etishi tarbiya qilinayotgan bola ongiga ta’sir qilib, tarbiyaning mukammal olib borilishiga zamin yaratadi. Ota-onalar mehnat jarayonlarida, suhbat chog‘larida, o‘z pand-u nasihatlarini berayotgan paytlarda, maqollardan unumli, ustalik bilan foydalanishsa, o‘z tarbiyasining ta’sir etish kuchini oshirishgan bo‘lardi. Har bir xonadonda o‘zbek xalq maqollari, oilaviy kutubxona kitob javonidan joy olsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Bolalarni ushbu kitobni mutolaa qilishga chaqirish, 49 yod olishga o‘rgatish kerak. Ota-ona bolaning yod olgan maqollarini so‘rab, uning mag‘zini chaqib, ma’no mazmuni nimadan iborat ekanligini, farzandning o‘z tushungan tushunchalarini so‘rashi, xulosaviy fikrlarni chiqarib, tarbiyaviy usul sifatida tushunchalar berib o‘tishi lozim. Xalq maqollari eslab qolish uchun qulay shakl va tuzilishga ega. Xotirada mustahkam o‘rnashadi. Maqollarning asl vositasi tarbiyaga qaratilgandir. Xalq donishmandligining ibratli namunalari sifatida tarbiyaviy jarayonlarda xizmat qilib kelmoqda. Maqollarda, bolaning aziz ne’mat bo‘lib dunyoga kelishi-yu, uning barkamol farzand bo‘lib voyaga yetishidagi harakatlar nimadan iborat ekanligiga doir, tarbiyaning barcha ko‘rinishlarini ifoda etgan g‘oyalar mujassamlashgan. Maqollar xalqning uzoq davrlar mobaynida, o‘z tajribasidan o‘tgan, ming karra sinalgan donolik qomusi bo‘lib, u kishilarni ezgulikka, olijanoblikka undashi; insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, sershijoat, serg‘ayrat intilish bilan, tinch-totuv yashashga chorlashi bilan, hamma vaqt hayot darsligi bo‘lib xizmat qilaveradi. Ota-onalar donishmand xalqimiz yaratib bergan to‘g‘ri yo‘lni o‘z farzandlariga ham ko‘rsata olsalar, ko‘zlangan maqsadga erishgan bo‘lardi. Ota - onalar farzandining tarbiyasidagi kamchilik va yutuqlarni sezib, kamchiliklarni yo‘q qilishda, farzandidagi noo‘rin harakatlarni bartaraf etishda, yaxshi xislat va fazilatlarni o‘stirishda maqollarimizning beminnat xizmatidan foydalanishi darkor. Maqollarimiz har bir kishiga ibrat namunalari haqida so‘zlar ekan, demakki, bolaning ham ertangi kelajak yo‘lida yaxshi ibrat ko‘rsatib yashashga chorlashi haqiqatdir. Ular shunchaki to‘qima, o‘ylab chiqilgan so‘zlar emas, xalqning boshidan o‘tkazgan, o‘zi ko‘rib xulosa chiqargan, tajribalar sinovida toblangan xalq donishmandligining bizga qoldirgan buyuk me’rosidir. Uni asrab avaylash, qalbimiz to‘riga joylash, xalqimiz pand-u nasixatlariga quloq solib yashash, bizning hayot maktabida olayotgan ta’lim va tarbiyani mukammal egallashimizga zamindir. Maqollarni har bir farzand mutolaa qilar ekan u nafaqat yodida, balki qalbida o‘rnashib qoladi. Shuning uchun oilada bolalarga maqollarni yod oldirish, uning asosiy mazmun va mohiyatlarini tushuntiish kerak. 50 Maqollarning tarbiyaviy kuchi asnosida ulg‘aygan bola o‘zining yo‘li va so‘zini to‘g‘ri belgilay oladi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling