G qarshiboyeva, J. Majidov


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

Tarbiya  usullari.  Ibrat  na’muna  usuli  yaxshi  xulq-atvor 
o‘rgatish,  o‘rni  kelganda  nasihat  qilish,  jiddiy  tanbeh  berish,  unga 
nisbatan  munosabatni  o‘zgartirish,  ishontirish,  jamoatchilikning, 
mahallaning  ta’siri,  rag‘batlantirish  kabilardan  iboratdir.  Har  bir  ota-
ona tarbiyasining o‘ziga xos nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarini 
o‘zlashtirib  ularga  amal  qilish  lozim.  Negaki,  oilada  bola  tarbiyasi 
g‘oyat  nozik  murakkab  masala  bo‘lib,  ota-onadan  pedagogik  bilim, 
katta  tarbiyachilik  mahorati,  bolalarning  har  birini  o‘ziga  xos 
xususiyatlari haqida tushunchalar bo‘lishini talab etadi.  
Ota-onaning  namunasi  uning  oilada, jamoada,  mahallada  tutgan 
mavqeidan  kelib  chiqadi.  Zero,  u  sog‘lom,  jismonan  tetik,  ongli, 
axloqli,  xushmuomala,  kasbining  jonkuyari,  vatanparvar,  didli 
bo‘lishi,  mehribon  ota  yoki  ona  sifatida  atrofdagilar  diqqatini  o‘ziga 
qaratishi,  jamoatchilik  o‘rtasida  obro‘-e’tibor  qozonishi  shart. 
Kattalarga  hurmat  o‘zbek  oilalaridagi  an’anaviy  tarbiya  uslublaridan 
biridir.  Oilada  bolalarni  to‘g‘ri  tarbiyalash  ota-onalarnigina  emas, 
balki  xonadondagi  katta  yoshli  kishilarning  namunasi,  oila  shaxsini 


69 
 
shakllantiruvchi,  uning  dunyoqarashiga,  xulq-atvoriga,  jamoa  orasida 
o‘zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir.  
Ota  va  onaning  bir-biriga  do‘stona  munosabati  mehribonligi, 
g‘amho‘rligi  o‘z  navbatida  oilada  farzandlarining  munosabatlarini 
normal  o‘stirishga  yordam  beradi.  Ona  qiziga  muloyimlik, 
shirinsuhanlik, qizlarga xos bo‘lgan oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi 
fazilatlarni  shakllantirish  bilan  birga,  unga  uy-ro‘zg‘or  yumushlarini 
mukammal  o‘rgatmog‘i  zarur.  Yoki  aksincha  ma’naviy  qashshoq, 
yengil-yelpi hayotga ko‘nikib, tubanlik botqog‘iga botib qolgan ayrim 
ayollarning  ayanchli  qismatidan  misollar  keltirish  ham  maqsadga 
muvofiqdir.  
Ota-ona  nazokati  degan  ibora  zaminida  katta  ma’no  bor. 
Farzandlarga  oqilona  tarbiyaviy  ta’sir  o‘tkazishning  eng  muhim 
jihatlaridan  biri  ayni  shu  ota-onaning  tarbiyachilik  nazokatidir. 
Tarbiyachilik 
nazokati 
ota-onadan 
o‘g‘il-qizlar  bilan  to‘g‘ri 
munosabatda,  iliq  muomalada  bo‘lishni,  ularga  hamisha  g‘amho‘rlik 
ko‘rsatishni, ularning oldiga omilkorlik bilan talablar qo‘yishni, inson 
qadr-qimmatini  hurmatlashga  o‘rgatishni  taqozo  etadi.  Boshqacha 
qilib  aytganda,  ota-onaning  murabbiylik  nazokati  –  oila  a’zolariga 
tarbiyaviy  ta’sir  o‘tkazishning  noyob  tuyg‘usi,  turmush  tajribasida 
sinalgan 
haqiqiy 
mezoni, 
muloqotga 
kirishishning 
me’yori 
hisoblanadi.  Binobarin,  nazokat  bu  –  farzandlar  izzat  nafsiga 
tegmasdan,  o‘rtaga  hech  bir  nizo  tushirmasdan,  ularni  ro‘yi  rost 
tarbiyalashdan iborat ota-onaning tarbiyachilik san’atidir.  
Psixolog  va  sotsiologlarning  tekshirishlariga  qaraganda,  oilaviy 
tarbiya  kamchiliklari  turli-tuman  ekanligi  dalillab  ko‘rsatilgan,  ularni 
keltirib chiqaruvchi sabablar ochib berilgan:  
 
bolalarga 
kattalar 
tomonidan 
diqqat 
e’tiborning 
yetishmasligi; 
 
farzandlar  bilan  muloqotga  kirishish  istagining  mavjud 
emasligi yoki xohishning yo‘qligi; 
 
ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushuntirishning 
yo‘qligi va unga ikki tomonlama intilishing yetishmasligi; 
 
ota-onalarning 
o‘g‘il  va  qizlarga  nisbatan  qo‘pol 
muomalada bo‘lishlari; 
 
ko‘r-ko‘rona  otalik  va  onalik  mehr-muhabbatning  hukm 
surishi va uning barqaror ahamiyat kasb etmasligi; 


70 
 
 
oila  davrasida,  muhitida  doimiy  janjallarning  qaror 
topganligi va ularni kamaytirish uchun intilishning yo‘qligi; 
 
ota-onalarning 
barqaror 
his-tuyg‘ulari, 
kayfiyatlari, 
ularning tartibsiz, tasodifiy harakterga ega bo‘lishi; 
 
ota-onalar  shaxsiy  qiziqishlarining  o‘zaro  mos  tushmasligi 
va qarama-qarshiligi; 
 
katta-kichik  yoshdagi  farzandlar  davrasida  ota-onalarning 
salbiy xulq-atvorlari hamda ularning ichkilikbozliklari, giyohvandligi; 
 
ota-ona 
o‘rtasidagi 
o‘zaro 
tushunmovchiliklarning 
surunkasiga davom etishi; 
 
oila  muhitida  adolatsizlik,  ikkiyuzlamachilik,  o‘g‘rilik, 
tovlamachilik illatlarining namoyon bo‘lishi; 
 
oila  turmushining  to‘ralarcha  qonun-qoidasi,  shaxsiy 
manfaatdorlikka ruju qo‘yilganligi; 
 
ota-onalarning  bilim  saviyalari  va  madaniy  darajalarining 
past ekanligi; 
 
oilada yaxshi an’analar, rasm-rusumlar yo‘qligi va ma’lum 
qolipdagi  salbiy  xatti-harakatlarga  rioya  qilishi  kabi  qator 
kamchiliklar  o‘g‘il  va  qizlarni  oqilona  tarbiyalashga  halal  beradi, 
ko‘zlangan maqsad sari intilishga g‘ov bo‘ladi.  
 
 


71 
 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling