G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
10-ilova
Bola psixik taraqqiyotining proektiv jihatlari Bola tasviriy faoliyati uning ichki dunyosi ruhiy psixalogik holati haqida ma’lumot beruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Bolaning tasavvuri, tafakkuri doirasida borliqning uning ongida aks etishi, tasviriy vositalar orqali o‘zini nomoyon etish, uning holati, psixalogik xususiyatlarini kuzatib borish imkoniyatini yaratadi. Chunki bola tasviriy obrazlar orqali erkin va faoldir. «UY, DARAXT, ODAM» (UDO) TESTI Bu shaxsni o‘rganuvchi proektiv metodika 1948 yil J. Bak tomonidan taklif etilgan. Test kattalar, bolalar, shuningdek, guruhlarni tekshirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur metodika sinaluvchi shaxs haqida aynan uning rivojlanishi, senzitivlik (psixik rivojlanishini taminlovchi sensor xususiyatlar va jarayonlar uyg‘unlashuvi), egiluvchanlik, ishchanlik, umuman olganda, atrof -muhitdagilar, xususan, aniq, insonlar bilan o‘zaro munosabat sohasi haqida barcha ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi. Metodikaning mohiyati quyidagacha: sinaluvchiga uy, daraxt va odam rasmini chizish tavsiya etiladi. So‘ng ishlab chiqilgan reja bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi. Testni bajarish ikki qismdan iborat: rasm chizish va suhbat o‘tkazish. Mazkur metodikaning xususiyati shundaki, u boy ma’lumotga ega, testni qayta o‘tkazishda bola rivojlanishining psixik va emotsional holat dinamikasini ko‘rsatishi mumkin. UDO testini aynan dastlabki psixologik maslahatda qo‘llash maqsadga muvofiq, chunki u sinaluvchidagi intellektual yoki emotsional soxaga taalluqli bo‘lgan asosiy muammoni aniqlash imkonini beradi. UDO testi turli yoshdagi kishilarni tekshirish uchun psixodiagnostikada keng qo‘llaniladi. Albatta, o‘smirlar va kattalarning individual va psixologik xususiyatini tashxis qilishda so‘rov usuli hamda metodika tahlili alohida xarakterga, shuningdek, chuqur maqsadga ega. UDO testini qo‘llash orqali bolani maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik darajasini baholash qiyin. Bir necha bor qo‘llash, 104 qaytadan qo‘llash, masalan, test maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni ilk marotaba maktabga qadam qo‘yishida va kelgusida boshlang‘ich sinfni davom ettirishida bola shaxsi shakllanishi haqida har tomonlama, batafsil ma’lumotlarni beradi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling