Test o‘tkazish yuzasidan ko‘rsatma
UDO testini bajarish uchun bolaga yoki sinalayotgan guruhdagi
bolalarga qog‘oz va albatta qora hamda rangli qalam (hech bo‘lmasa
asosiy oltita ranglar) va o‘chirg‘ich tavsiya etiladi. An’anaviy test
o‘tkazish vaziyatida bolaga o‘rtasidan ikkiga buklangan holda standart
oq qog‘oz beriladi. Qog‘ozning birinchi betining yuqori qismiga
bosma harflar bilan «UY», ikkinchi va uchinchi betning yuqori
qismiga esa «DARAXT» va «ODAM» so‘zi yoziladi.
To‘rtinchi betiga bolaning ismi, sharifi va tekshiruv
o‘tkazilayotgan sana yoziladi. Agar bola hamma rasmlarni bitta
qog‘ozga chizishni maqul ko‘rsa, uni to‘xtatish tavsiya etilmaydi.
Psixolog bolaga shunday deydi: «Iltimos, imkoning boricha uy,
daraxt, odam rasmini chizib ber. Iltimos, rasm chizayotganingda,
erkak kishining rasmini chiz». Barcha aniqlashtiruvchi savollarga
psixolog javob berishi zarur. Bunda bolaga rasmning sifati va u
qanday ranglarni tanlashi muhim emasligi, asosiysi, bola vazifani
bajonidil bajarishi va u uy, daraxt, erkak rasmini o‘zi qanday tasavvur
qilishini tushuntirishi lozim.
Vazifani bajarish vaqtida bola harakati xususiyati haqida qisqa
qaydlar qilinadi. Odatda barcha tasodifiy fikrlar, barcha harakatlar
yozib boriladi. Bola rasm chizishni tugatayotgan paytda, unga bir
qator
savollar
bilan
murojaat
qilinadi.
Taxminiy
savollar
qo‘llanmaning oxirida berilgan. Rasm bo‘yicha savollar suhbatga
aylanib, bolaning hayotiy tasavvurlari va atrof -muhitda mavjud
narsalarni emotsional idrok etish haqidagi ma’lumotlarni berishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |