G qarshiboyeva, J. Majidov
O‘tkazishga oid ko‘rsatma
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
O‘tkazishga oid ko‘rsatma Testni o‘tkazish jarayoni juda sodda bo‘lib, ikki qismdan iborat: o‘z oilasining rasmini chizish va rasm chizib bo‘lingandan so‘ng suhbat o‘tkazish. Tadqiqot o‘tkazish uchun oq qog‘oz varag‘i (A4), oltita rangli qalam (qora, qizil, ko‘k, yashil, sariq, jigar rang), o‘chirg‘ich kerak bo‘ladi. Bolaga quyidagicha ko‘rsatma beriladi: «Iltimos, o‘z oilang rasmini chizib ber». Har qanday vaziyatda ham «oila» so‘zining ma’nosini nima ekanligini tushuntirish kerak emas, aks holda tadqiqotning asl mohiyati yo‘qoladi. Agar bola tomonidan nimaning rasmini chizish kerakligi so‘ralsa, psixolog faqatgina mazkur ko‘rsatmani takrorlashi lozim. Vazifani bajarish uchun vaqt 112 chegaralanmaydi (ko‘p hollarda u 40 daqiqadan oshmaydi). Vazifani bajarish jarayonida quyidagilarni bayonnomada belgilash lozim: 1. detallarni chizish ketma-ketligi; 2. 15 soniya chekinish; 3. detallarni o‘chirish; 4. bolaning tasodifiy izohlari; 5. hissiy ta’sirlanish va ularning tasvirlar mazmuni bilan bog‘liqligi. Bola vazifani bajarib bo‘lgandan so‘ng u bilan rasm haqida suhbatlashish zarur. Odatda quyidagi savollar beriladi: 1. Aytchi, rasmda kim chizilgan? 2. Ular qayerda joylashgan? 3. Ular nima qilyapti? Buni kim o‘ylab topdi? 4. Ular uchun qiziqarli yoki zerikarlimi? Nima sababdan? 5. Chizilgan rasmlarda eng baxtli inson kim? Nima uchun? 6. Ular orasida eng xafa inson kim? Nima uchun? Oxirgi ikkita savol har bir bola qila olmaydigan tuyg‘ularni ochiq muxokama qilishga undaydi. Shuning uchun agar bola ularga javob bermasa yoki rasmiy javob bersa, javob berishga majburlash kerak emas. Psixolog suhbat orqali bolaning chizgan rasmi mohiyatiga aniqlik kiritadi: uning har bir oila a’zosiga bo‘lgan tuyg‘usi, oila a’zolaridan birortasini rasmini chizmasa (agar bunday hollar sodir bo‘lsa), rasmda belgilangan detallar u uchun qanday ahamiyatga ega (qush, hayvon va baliq). Imkoniyat boricha, to‘g‘ri savollardan qochib, javob berishni talab qilmaslik kerak. Chunki, bu xavotirlanish, himoya reaksiyasini oshishiga olib kelishi mumkin. Odatda proyektiv savollar samarali hisoblanadi. Masalan: «Agar qushni o‘rniga odamni rasmi chizilgan bo‘lganda, bu kim bo‘lishi mumkin edi?», «Sen va akang o‘rtasidagi musobaqada kim g‘olib chiqar edi?», «Kimni onang o‘zi bilan birga olib ketish uchun chaqiradi?». Suhbatdan so‘ng biz bolaga 6 ta vaziyatni hal etishni taklif etamiz. Bunda uchtasi oila a’zolariga nisbatan salbiy va uchtasi ijobiy tuyg‘ularni aniqlashi zarur. 1. Tasavvur qil, senda sirkka ikkita chipta bor. Sen o‘zing bilan birga borish uchun kimni taklif qilgan bo‘lar eding? 2. Tasavvur qil, sening barcha oila a’zolaring mehmonga ketyapti, biroq, kimdir kasal bo‘lib qoldi va uyda qolishga majbur. U kim? 113 3. Sen konstruktordan uy quryapsan (qo‘g‘irchoq uchun qog‘ozdan ko‘ylak qirqayapsan) lekin uddalay olmading. Sen kimni yordamga chaqirasan? 4. Senda qiziqarli badiiy film uchun «N» chipta bor (oila a’zolari sonidan bitta kam). Uyda kim qoladi? 5. Tasavvur qil, kimsasiz orolga tushib holding. Sen u yerda kim bilan yashashni xohlaysan? 6. Sen qiziqarli loto sovg‘asini olding. Barcha oila a’zolaring o‘yinga o‘tirdi, biroq, kutilgandan bitta odam ortiqcha. Kim o‘ynamaydi? Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling