G qarshiboyeva, J. Majidov
Oila a’zolarining joylashishi
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
2. Oila a’zolarining joylashishi Bu oiladagi o‘zaro munosabatning ba’zi psixologik xususiyatlarini ko‘rsatadi. Oilaning jipslashganligi, oila a’zolarining qo‘lini bir-biriga bog‘lanishi psixologik muqobillik, oila qo‘shilishini qabul qilish, oilaga qabul qilinganligi, ularning umumiy faoliyatdagi birligi hisoblanadi. Qarama-qarshi tavsif bilan rasm (oila a’zolarining 116 yakkalanib qolishi) hissiy bog‘liqlikning past darajasini ko‘rsatishi mumkin. Qachonki, shakllarni yaqin joylashganligi, avvaldan o‘ylab chegaralangan masofa oila a’zolarini joylashtirish tahlilda ehtiyotkorlikni talab etadi (qayiq, kichkina uy va boshqalar). Bunday holatlarda rasmlardagi predmetlarni yaqin joylashtirish bolani oilani jipslashtirishga, birlashtirishga urinayotganini bildiradi (bu maqsadda bola tashqi sharoitlarga murojaat qiladi, chunki u bu urinish maqbulligini his qiladi). Oila a’zolarining bir qismi bitta guruhda, bir yoki bir necha shaxs esa alohida joylashgan rasmlar psixologik qiziqishga ega. Agar bola o‘zini alohida ajratgan holda chizsa, unda bu kirishmaganlik, uzoqlashganlikni ko‘rsatadi. Oilaning boshqa a’zosini ajratish bolaga bo‘lgan salbiy munosabatni, ba’zan undan chiquvchi taxdidni anglatadi. Ko‘p hollarda bunday namoyish bola uchun kam ahamiyatga ega bo‘lgan oila a’zolaridan haqiqiy uzoqlashish bilan bog‘liq. Rasmda oila a’zolarining joylashishi oilaning psixologik mikrotuzilmasini ajratishga, tasavvur qilishga yordam beradi. Avval ko‘rsatib o‘tilganidek, emotsional bog‘liqlikni jismoniy ashyolar orqali ham namoyon etish mumkin. Shuningdek, oila a’zolarining joylashishi bo‘yicha rasmlarni bo‘laklarga bo‘linishi, ob’yektlar bilan oila a’zolarining bo‘linishi ahamiyatga ega. Bunday namoyish ijobiy shaxslararo aloqalarni sustligini ko‘rsatadi. Chizilgan shakllar xususiyati tahlili. Oila a’zolarining grafik tarzdagi namoyish xususiyati katta hajmdagi ma’lumotlarni berishi mumkin: oilaning har bir a’zosi, alohida a’zosiga bolaning emotsional munosabati, bola uni qanday qabul qiladi, bolaning «Men obrazi» haqida, uning jinsiy mansubligi va boshqalar. Bolani oila a’zolariga bo‘lgan emotsional munosabatini baholashda grafik tarzdagi namoyishning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim: 1. Tana qismlarining miqdori. Bosh, sochlar, quloqlar, ko‘zlar, ko‘z qorachiqlari, kipriklar, qoshlar, burun, yonoq, og‘iz, bo‘yin, yelka, qo‘llar, kaftlar, barmoqlar, oyoqlar, tovonlar ishtirok etayaptimi; 2. Bezatish (kiyim qismlari va bezaklar): shapka, yoqa, galstuk, bantlar, cho‘ntaklar, kamar, tugmalar, soch turmagi belgilari, 117 kiyimning murakkabliklari, bezaklar, kiyimdagi naqshlar va boshqalar; 3. Shaklni chizish uchun foydalanilgan ranglar soni. Qoidaga ko‘ra, inson bilan yaxshi hissiyotli munosabatlar uning rasm chizishidagi ijobiy konsentratsiyada kuzatiladi, buning natijasi bezatilgan, turli ranglardan foydalanib chizilgan tana qismlarining adekvat miqdorida aks etadi. Va aksincha, insonga salbiy munosabat ko‘proq umumiylikka, uning grafik taqdimotining tugallanmaganligiga, ba’zida esa aksincha ortiqcha qismlashtirishga olib keladi. Ba’zida rasmda tananing muhim qismlarini tushirib qoldirish (bosh, qo‘l, oyoq) birmuncha yetilmaganlikni, umumiy psixik rivojlanishning shakllanmaganligini ko‘rsatishi mumkin. Oilaning boshqa a’zolarini idrok qilishda va rasm chizayotganning «Men obrazida» shakllarning kattaligi asosida, tananing alohida qismlari va butun qomatning yaxlitligini taqdim etish xususiyatlari haqida fikr yuritish mumkin. Qoidaga ko‘ra, bolalar haqiqatga mos keladigan ota va onasi rasmini katta qilib chizadilar. Biroq, ba’zida chizilgan qomatlarning kattaligi nisbati oila a’zolarining haqiqiy hajmiga mos kelmaydi, yetti yoshdagi bola o‘z ota-onasidan balandroq hamda kengroq, bo‘lib qolishi mumkin va boshqalar. Bu shu bilan tushuntiriladiki, bola uchun (xuddi qadimgi misrlik uchun ham) qomatlarning kattaligi kuch, ustunlik, ahamiyatlilik, hukmronlikni ifodalaydigan vosita hisoblanadi. Ba’zi bolalar o‘zlarini ota-onalari bilan teng hajmda yoki katta qilib chizadilar. Bizning tajribada bu quyidagilar bilan bog‘liq bo‘ladi: a) bolaning o‘ta ketgan xudbinligi (egosentrizm) ; b) boshqa ota-ona bilan ota-onasining muxabbati uchun musobaqalashish, bunda bola «raqibini» chiqarib tashlaydi yoki kichraytirib, o‘zini qarama- qarshi jinsdagi ota-ona bilan tenglashtiradi. Oilaning boshqa a’zolariga nisbatan o‘zlarini ancha kichikroq qilib chizadigan bolalar: a) o‘zlarini ahamiyatsizliklarini, kerak emasliklarini his qiladilar va boshqa; b) ota-onasi tomonidan tarbiya, g‘amxorlikni talab qilish. Umuman olganda, psixolog qomatlar kattaligini izohlab berishda faqat yirik xatoliklarga e’tiborini qaratishi kerak, qomatlarning kattaligini baholashda esa hajmning haqiqiy nisbatidan kelib chiqiladi (masalan, yetti yoshdagi bola o‘z ota- onasidan o‘rtacha 1/3 qismga past). 118 Qomatning to‘la hajmi ham ma’lum bir ma’lumotlarni berishi mumkin. Beixtiyor, o‘ziga ishongan, hukmronlikka moyilligi bo‘lgan bolalar qomatlarni butun qog‘oz bo‘ylab chizadilar. Juda kichkina shakllar, xavotirlanish, xavfsizlikning yo‘qligi kabi hislar bilan bog‘liq. Oila a’zolarini taqdim etish xususiyatlarini tahlil qilishda tananing alohida qismlarini chizilishiga ham e’tiborni qaratish kerak. Gap shundaki, tananing alohida qismlari faollikning muayyan doiralari bilan bog‘liq muloqot, nazorat, harakatlanish vositasi hisoblanadi. Ularni taqdim etish xususiyatlari, ular bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan hissiyotli ma’noni ko‘rsatishi mumkin. Shu ko‘rinishdagi eng informativ tana qismini qisqa tahlil qilamiz. Qo‘llar dunyoga ta’sir qiluvchi, boshqa odamlarning xulqini jismoniy nazorat qiladigan asosiy vosita hisoblanadi. Agar bola o‘zining qo‘llarini yuqoriga qilib, uzun barmoqlari bilan chizsa, unda bu uning tajavvuzkorlik xohishlari bilan bog‘liq. Ba’zida bunday suratlarni tashqaridan xotirjam, yumshoq tabiatli bolalar ham chizadilar. Bola atrofdagilarga nisbatan adovat his qilishini ham tahmin qilish mumkin, lekin uning tajavvuzkorlik istaklari ezilgan. O‘zini bunday chizishi bolaning o‘z zaifligini to‘ldirishiga, kuchli bo‘lishni xohlashini, (boshqalarning ustidan hukmronlik qilishga intilishini ham ko‘rsatishi mumkin. Agar bola «tajavvuzkor» qo‘llarga qo‘shimcha yana keng yelkalarni yoki boshqa atributlarni, «mardlik» va kuch ramzlarini chizsa, shundagina bunday izohlash ancha ishonchli bo‘ladi. Ba’zida bola oilaning butun a’zolarini qo‘llari bilan chizadi, lekin ularni o‘ziga chizishni «esidan chiqaradi». Agar bunda bola o‘zini o‘ta nomutanosib, kichkina qilib chizsa, unda oiladagi kuchsizlik hislari, shaxsiy ahamiyatsizlik bilan, atrofdagilar esa uning faolligini ezishlari, uni o‘ta nazorat qilishlari kabi hissiyotlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Oila a’zolaridan birining uzun qo‘llar, katta barmoqlar bilan chizilgan rasmi ham qiziqarli. Oila a’zosini umuman qo‘lsiz qilib taqdim etish ham ahamiyatli bo‘lishi mumkin, bu bilan bola uning faolligini ifodalagan vositalar bilan chegaralab qo‘yadi. Bosh - intellektual va perseptiv faoliyatning «Men» lokalizatsiya (ma’lum bir joyga bog‘liq bo‘lish) markazi; yuz - muloqot jarayonida tananing eng muhim qismi. 3 yoshdayoq bolalar albatta suratda boshni, tananing ba’zi qismlarini chizadilar. Agar besh yoshdan katta 119 bolalar (me’yordagi intellekt bilan) rasmda yuz qismlarini tushirib qoldirsalar (ko‘zlar, og‘iz), unda bu muloqot doirasida jiddiy buzilishlar, o‘zini chetga tortishlar, autizm mavjudligini ko‘rsatadi. Agar oilaning boshqa a’zolari rasmini chizayotganda boshni, yuzning tuzilishini tushirib qoldirsa yoki butun yuzni shtrixlab tashlasa, unda bu bolaning shu shaxs bilan tez-tez janjal, nizo munosabatida bo‘lishini ko‘rsatadi. Chizilgan odamlarning yuz ifodalari ham bolaning ularga nisbatan bo‘lgan hissiyotlari indikatori bo‘lishi mumkin. Biroq shuni nazarda tutish kerakki, bolalar kulib turgan odamlarning suratini chizishga ishtiyoqlari zo‘r, bu ularning suratlarida o‘ziga xos «muxr», lekin bu bolalar atrofdagilarni shunday qabul qilishlarini bildirmaydi. Oila suratini izohlash uchun yuz ifodalari bir-biridan farq qilgan holatlardagina muhim. Bu paytda bola yuz ifodasidan ifodalovchi vosita sifatida (bu katta yoshdagi bolalarga xos) ongli yoki ongsiz ravishda foydalanadi, deb tahmin qilish mumkin. Qiz bolalar o‘gil bolalarga qaraganda yuz rasmini chizishga ko‘proq e’tiborlarini qaratadilar, ko‘proq, qismlarni tasvirlaydilar. Onalari ko‘p vaqtlarini yuzlarini parvarishlashga, pardoz-andoz buyumlariga ajratganlarini payqab oladilar va o‘zlari ham asta-sekin katta ayollar qadriyatini egallaydilar. Shuning uchun yuz rasmini chizishga e’tiborni qaratish qiz bolaning yaxshi jinsiy identifikatsiyasini (o‘xshashligini) ko‘rsatishi mumkin. O‘g‘il bolalarning chizgan rasmlarida bu holat o‘zining jismoniy go‘zalligidan xavotirlanish, jismoniy kamchiliklar o‘rnini to‘ldirishga intilish, ayollar xulqi stereotiplarining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Oral tajavuzkorlikka mayli bor bolalarda tishlarni namoyish etish va og‘izni ajratish ko‘p uchraydi. Agar bola shu tarzda o‘zini emas, balki oilaning boshqa a’zosini suratini chizsa, bu ko‘pincha shu odamning bolaga nisbatan adovatini o‘ziga qabul qilishda qo‘rquv hissi bilan bog‘liq. Yoshi kattalashgan sari odam surati yangi detallar bilan boyitiladi - degan qonuniyat bor. Ko‘pchilik 3 - 5 yoshdagi bolalar «bosh-oyoqli» surat chizadilar, 7 yoshda esa tananing boy sxemasini taqdim etadilar. Har bir yoshga muayyan qismlarni chizish xos va qoidaga ko‘ra, ularni rasmda tushirib qoldirish qandaydir funksiyalarning e’tirozi, to‘qnashuvi bilan bog‘liq. Agar aytaylik, 7 yoshdagi bola detallardan birining suratini, masalan, bosh, ko‘z, 120 burun, og‘iz, qo‘l, gavda, oyoqni chizmasa, unda bunga alohida e’tibor qaratish kerak. 5 - 6 yoshdan katta bolalar chizgan rasmlarda turli jinsga mansub individlarni ikkita har xil sxemada chizish ajratiladi. Masalan, erkak kishining gavdasi oval shaklda chiziladi, ayollarniki uchburchak yoki jinsiy farqlanish boshqa vositalar bilan ifodalanadi. Agar bola o‘zini o‘sha jinsning boshqa shakllari kabi chizsa, unda adekvat jinsiy mansublik haqida gapirish mumkin. Ikkita shaklni taqdim etishda shunga o‘xshash qism va ranglarni, masalan, o‘gil va ota, o‘gilni otaga o‘xshagan bo‘lishga intilishini, u bilan identifikasiyasini, yaxshi emotsional aloqalarni izohlashi mumkin. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling