G qarshiboyeva, J. Majidov


 Rasm chizish jarayoni tahlili


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

 
3. Rasm chizish jarayoni tahlili 
 
Rasm  chizish  jarayoni  tahlilida  diqqat-e’tiborni  quyidagilarga 
qaratish kerak:  
a) oila a’zolari suratini chizishning ketma-ketligi; 
b) qismlarini chizishning ketma-ketligi; 
v) o‘chirish; 
g) chizib bo‘lingan ob’yekt qismlari, shakllariga qaytish; 
d) chekinishlar; 
e) ichki sabab natijasida vujudga keladigan sharhlar.  
Rasm  chizish  jarayonini  izohlash  tezisini,  umuman  olganda, 
amalga  oshiruvchi  rasm  chizishning  dinamik  tavsifi  ostida  fikrni 
o‘zgartirish,  hissiyotlarning  muhimligi,  zo‘r  berish  yotadi.  Nizolar 
bola  uchun  suratning  muayyan  qismlarining  ahamiyatini  aks  ettiradi. 
Rasm  chizish  jarayonini  izohlash  psixologning  butun  amaliy 
tajribasini, uning farosatini, ijodiy yondashishini talab etadi. Noaniqlik 
darajasining  kattaligiga  qaramasdan,  tahlilning  xuddi  shu  bosqichi 
ko‘pincha ancha mazmunli, chuqur, muhim axborotni beradi. Biz o‘z 
tahlillarimizda faqatgina ba’zi bir umumiy an’analarni belgilaymiz.  
Bola  hikoyani  asosiy  qismidan  boshlagani  kabi  rasmda  ham 
birinchi  bo‘lib  ancha  muhim,  asosiy  va  emotsional  yaqin  kishisidan 
boshlaydi.  Ko‘pincha  bola  birinchi  bo‘lib  onasining  rasmini  chizadi. 
Yoki  bo‘lmasa  ko‘pincha  bolalar  birinchi  o‘zlarining  suratlarini 
chizadilar, bu ularning yosh tavsifnomasi bo‘lgan manmanliklari bilan 
bog‘liq.  Bola  birinchi  galda  o‘zini,  onasini  emas,  balki  oilaning 
boshqa a’zosining suratini chizganida, surat chizish ketma-ketligi shu 


121 
 
kabi  holatlarda  ko‘proq  ma’lumotga  ega  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  bu 
bola  uchun  qadrli  shaxs  yoki  u  bog‘lanib  qolgan  inson  bo‘lishi 
mumkin.  Bizning  ish  tajribamizdan  ma’lumki,  maktabgacha  tarbiya 
muassasalarining  milliy  guruhlari  boshlang‘ich  maktablar  bolalari 
qoidaga  ko‘ra  birinchi  bo‘lib  otalarining  suratini  chizadilar.  Bu 
muayyan  milliy  me’yorlar  va  sharq  oilalarining  an’analari  bilan 
bog‘liq deb hisoblaymiz.  
Bola  onasining  suratini  oxirgi  bo‘lib  chizish  hodisasi  diqqatga 
sazovor.  Bu  holatda  unga  salbiy  munosabatdaligi  to‘g‘risida  gap 
ketishi  mumkin  emas.  Ko‘proq  bu  onalik  munosabatining  (hissiyotli, 
bilish va sensor) deprivatsiyasidan dalolat beradi.  
Uning  uchun  onasiga  nisbatan  munosabatda  «uncha  yaxshi 
ko‘rmaganlik»  uchun,  bolani  so‘zsiz  qanday  bo‘lsa  shundayligicha 
qabul  qilmaganligi  uchun  alamni  sezishga  xos.  Oila  a’zolarining 
suratlarini  chizish  ketma-ketligi,  shakllarni  grafik  taqdim  qilish 
xususiyatlari  tahlilining  mazmunida  ancha  ishonchli  izohlangan 
bo‘lishi  mumkin.  Agar  birinchi  bo‘lib  chizilgan  qomat  eng  kattasi 
bo‘lsa,  lekin  bezatilmasdan  quruqqina  chizilgan  bo‘lsa,  unda  bunday 
taqdim etish bu shaxsni bola tomonidan qabul qilishning ahamiyatini, 
kuchini,  oiladagi  hukmronligini  ko‘rsatadi.  Bu  unga  nisbatan  bolada 
ijobiy  hissiyotlarni  ko‘rsatmaydi.  Biroq,  agar  birinchi  qomat  puxta, 
bezatib  chizilgan  bo‘lsa,  unda  bu  oilani  bolani  hurmat  qiladigan  va 
unga  o‘xshashga  harakat  qiladigan  va  bola  oilaning  ancha  sevimli 
a’zosi deb o‘ylash mumkin.  
Qoidaga  ko‘ra,  bolalar  oila  suratini  chizish  vazifasini 
olganlaridan keyin oila a’zolarining suratlarini chizishni boshlaydilar. 
Lekin,  shunday  hodisalar  ham  uchrab  turadi,  bolalar  oldin  turli 
ob’yektarni,  asosiy  chizishni,  quyoshni,  mebelni  va  boshqalarni 
chizadilar  va  oxirgi  navbatdagina  odamlarni  tasvirlashga  kirishadilar. 
Bola  buning  yordamida  o‘ziga  yoqimsiz  bo‘lgan  vazifani  orqaga 
suradi, vazifani bajarishning bunday ketma-ketligi o‘ziga xos himoya 
ta’siri bo‘ladi, deb hisoblashga asos bor. Ko‘pincha bu notinch oilaviy 
vaziyatlardagi bolalarda kuzatiladi, ammo bu bolaning psixolog bilan 
aloqasining yomonligi oqibati bo‘lishi ham mumkin.  
Oilaning  o‘sha  a’zolari,  ob’yektlar,  qismlar  suratini  chizishga 
qaytish  bola  uchun  ularning  ahamiyatini  ko‘rsatadi.  Insonning 
beixtiyor  harakatlari  ba’zida  psixikaning  dolzarb  mazmunini 
ko‘rsatgani  kabi  xuddi  suratning  o‘sha  belgilaridan  surat  chizishga 


122 
 
qaytish  fikrlash  harakatiga,  bolaning  munosabatiga  mos  keladi  va 
asosiysini,  ya’ni  suratning  muayyan  qismlari  bilan  bog‘langan 
hukmron hayajonlanishni ko‘rsatishi mumkin.  
Oila  a’zolarining  muayyan  qismlari  suratini  chizishdan  oldingi 
pauzalar  ko‘pincha  murakkab  munosabatlar  bilan  bog‘langan  va 
motivlarning  ichki  uyg‘unsizligining  tashqi  ko‘rinishi  bo‘ladi.  Bola 
ongsizlik  bosqichida  unda  salbiy  tuyg‘u  uyg‘otadigan  kishi  yoki 
qismni chizish yoki chizmaslikni o‘zicha hal qiladi.  
Chizilganni o‘chirish yoki qayta chizish surati chizilayotgan oila 
a’zosiga  nisbatan  salbiy  tuyg‘ular  bilan  ham,  ijobiy  tuyg‘ular  bilan 
ham  bog‘liq  bo‘lishi  mumkin.  Surat  chizishning  so‘nggi  natijasi  hal 
qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo‘ladi.  Agar  o‘chirish  va  qayta  chizish 
ko‘zga  tashlanadigan  yaxshiroq,  grafik  taqdimotga  olib  kelmasa, 
bolaning  shu  odamga  har  xil  munosabati  to‘g‘risida  fikr  yuritish 
mumkin.  
Ichki  sabab  natijasida  vujudga  keladigan  sharxlar  ko‘pincha 
bolaga  chizilgan  mazmunning  ma’nosini  ravshanlashtiradi.  Shuning 
uchun  ular  diqqat  bilan  boshqa  oila  a’zosini  suratini  chizsa,  bu 
ko‘pincha shu odamning bolaga nisbatan adovatini o‘ziga qabul qilish, 
qo‘rquv hissi bilan bog‘liq.  
«Oila rasmi»  metodikasi uchun miqdoriy baholash tizimi ishlab 
chiqildi hamda beshta belgilar majmuasi ajratildi:  
1. – qulay oilaviy sharoit,  
2. – xavotirlanish 
3. – oiladagi nizo,  
4. – o‘zidan qoniqmaslik hissi,  
5. – oilaviy sharoitdagi adovat.  
Har  bir  belgilar  majmuasi  ballar  bilan  baholanadigan  bir  qator 
ko‘rsatkichlardan  iborat  bo‘ladi.  Agar  ko‘rsatkich  yo‘q  bo‘lsa,  unda 
hamma  holatlarda  o  qo‘yiladi.  Ishoraning  ishtirok  etishi  1  ball  deb 
baholanadi.  Har  bir  belgilar  majmuasi  bo‘yicha  yuqori  ball  7dan  9 
gacha bo‘lgan ballni tashkil etadi.  

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling