G qarshiboyeva, J. Majidov


  Rasm chizish jarayoni tahlili


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

1.  Rasm chizish jarayoni tahlili 
 
1.  «Oila  rasmi»tuzilmasining  tahlili  va  oilaning  haqiqiy 
rasmi hamda chizilgan oilaning rasmi tarkibini solishtirish.  
Oilada  emotsional  maqbullikni  boshidan  kechirayotgan  bola 
haqiqiy  oilaning  rasmini  chizadi.  Oilaning  haqiqiy  tarkibini  buzib 
ko‘rsatish  hamisha  diqqat  e’tiborda  bo‘lib,  buning  ortida  emotsional 
nizolar  va  oilaviy  vaziyatdan  qoniqmaslik  yotadi.  Rasmlarning 
so‘nggi  varianti,  ya’ni:  a)  umuman  insonlar  tasvirlanmagan;  b)  faqat 


114 
 
oilaga  aloqador  bo‘lmagan  insonlar  tasvirlangan.  Bunday  vazifadan 
himoyali  tarzda  qochish  bolalarda  kamdan-kam  uchraydi.  Bunday 
ta’sirlarning  ortida  ko‘p  hollarda:  a)  oila  bilan  bog‘liq  jarohatli 
qayg‘urish; b) rad etish tashlab ketilganlik hissi (yaqin atrofda oiladan 
internatga  kelgan  bolalarda  bunday  rasmlar  tez-tez  uchraydi)  ;  v) 
autizm;  g)  xavotirlikning  yuqori  darajasi,  himoyasizlik  tuyg‘usi;  d) 
sinaluvchi bola bilan psixologning yomon aloqasi.  
Amaliyotda  oilaning  haqiqiy  tarkibida  kamroq,  namoyon 
bo‘luvchi  chekinishlar  bilan  to‘qnashishga  to‘g‘ri  keladi.  Bolalar 
emotsional  yaqin  bo‘lmagan,  nizoli  vaziyatni  yuzaga  keltiruvchi  oila 
a’zolarining  rasmini  chizishni  «esdan  chiqarib»,  oila  tarkibini 
qisqartiradi.  Bola  ularning  rasmini  chizmaslik  orqali  oiladagi 
emotsional  muhitga  mos  kelmaydigan,  ma’lum  bir  odamlar  bilan 
bog‘liq salbiy emotsiyalardan qochadi. Oiladagi raqobatlarni kuzatish 
bilan bog‘liq aka yoki singil rasmini chizmaslik hollari tez-tez uchrab 
turadi.  
Bola bunday usullar orqali ota-ona e’tibori va mehr-muxabbatini 
yetishmasligiga ramziy vaziyatda urg‘u beradi. Odatda nima sababdan 
u  yoki  bu  oila  a’zolarining  rasmi  chizilmaganligi  kabi  savollarga 
himoyalanish  tarzida  javob:  chizmaganlik  sababi  «chunki  joy 
qolmadi»,  «u  o‘ynagani  ketgan»  va  boshqalar.  Biroq  ba’zan 
ko‘rsatilgan  savollarga  bolalar  emotsional  ta’sirga  boy  bo‘lgan 
javobni  beradi:  «U  urushyapti,  shuning  uchun  xohlamadim»,  «U  biz 
bilan birga yashashini xohlamayman» va boshqalar.  
Ba’zi  hollarda  haqiqiy  oila  a’zolarining  o‘rniga  bola  kichkina 
hayvonni yoki qushlarni rasmini chizadi. Psixolog hamisha bola ularni 
nimaga  o‘xshatganligini  aniqlashtirishi  lozim  (juda  ko‘p  hollarda 
«akanimi  yoki  singilnimi,  oilada  kimning  ta’sirini  kamaytirishga 
harakat  qilsa»  o‘sha  insonni  rasmini  chizadi).  Bola  haqiqiy  oilaning 
rasmini  chizish  o‘rniga  hayvon  oilasining  rasmini  chizish  hollari 
uchrab turadi.  
Rasmda  bola  o‘zining  rasmini  chizmasa  yoki  oila  a’zolarining 
o‘rniga o‘zini rasmini chizishi katta ahamiyatga ega. Ikkala vaziyatda 
ham  rasmni  chizuvchi  o‘zini  oila  tarkibiga  kiritmaydi.  Bu  «birlik 
hissini  yo‘qligi»dan  dalolat  beradi.  Rasmda  «Men»ni  yo‘qligi  rad 
etilganlik,  qabul  qilmaslik  tuyg‘usini  his  etuvchi  bolalarga  xos. 
Rasmda  faqatgina  «Men»ni  namoyon  bo‘lishi  rasmning  boshqa 
mazmundagi tavsifiga bog‘liq holda turli psixik mazmunni bildiradi.  


115 
 
Agar  ko‘rsatilgan  namoyishda  o‘zini  rasmini  ijobiy  chizishga 
(tana  detallari  sonining  ko‘pligi,  rangi,  kiyimni  bezatish,  katta 
hajmdagi  figura)  qaratilgan  bo‘lsa,  bu  birlashish  tuyg‘usini 
shakllanmaganligi  bilan  bir  qatorda  aniq,  bir  egosentriklik, 
xarakterning isteroid qirralarini ko‘rsatadi. Agar rasmda kichkinagina 
kenglik  tasvirlansa,  sxematiklik  namoyon  bo‘lsa,  rasmda  rangli 
gamma  va  boshqa  detallar  salbiy  emotsional  fon  hosil  qilsa,  rad 
etilganlik,  tashlab  ketilganlik  hissi,  ba’zan  autistik  fikrlarni 
mavjudligini tahmin qilish mumkin.  
Oila  tarkibini  ko‘paytirish  ma’lumot  beruvchi  hisoblanadi. 
Odatda  bu  oiladagi  psixologik  ehtiyojlarning  qondirilmaganligi  bilan 
bog‘liq.  Misol  uchun  oiladagi  yolg‘iz  farzandlarning  rasmini  olish 
mumkin, ular oila rasmi tarkibiga begona odamlarni kiritadi. Oilaning 
tarkibiga  qo‘shimcha  ravishda  o‘sha  yoshdagi  bolani  rasmini  chizish 
(qarindosh  aka-ukalar,  qo‘shni  qiz  va  b.)  teng  huquqlilik,  kooperativ 
aloqalarga  bo‘lgan  ehtiyojlarni  bildiradi.  Kichik  bolalarni  namoyish 
etishi  yoki  katta  bolalar  figurasini  o‘zinikidan  kichikroq  chizishi 
liderlik  sifatlarini  amalga  oshirish,  boshqa  bolalarga  nisbatan 
boshqaruv  pozitsiyasini  egallash  ehtiyojlarini  qondirilmaganligini 
ko‘rsatadi.  
Ota-onalarga qo‘shimcha ravishda (yoki ularni o‘rniga) chizilgan 
oila  bilan  bog‘lik  bo‘lmagan  kattalarni  oilaga  qo‘shilmasligini  idrok 
etishni,  bolani  emotsional  ehtiyojlarini  qondira  oladigan  insonni 
qidirishini  ko‘rsatadi.  Oxirgi  vaqtlarda  ota-onalarning  yashash  uchun 
pul  topish  bilan  bandliklari  va  farzandlaridan  uzoqda  ekanliklari 
sababli  bolalar  tarbiyasi  bilan  buvi  va  buvani  shug‘ullanish  hollari 
uchrab turibdi. Bunday vaziyatlarda bolalar ota-onasining o‘rniga buvi 
va  buvani  rasmini  chizadi,  buning  oqibatida  bola  shaxsining 
jarohatlanishi,  ota-ona  va  bola  munosabati  deprivatsiyasi  kuzatiladi, 
ayniqsa bolalar ona bilan ayrilganlarida iztirob chekadilar.  

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling