G qarshiboyeva, J. Majidov
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
108 Tushkunlik 1. Rasm qog‘ozning eng quyi qismiga joylashtirilgan 2. Uy yoki daraxtning yuqoridan ko‘rinishi 3. Asosiy chiziqning pastga qarab ketishi 4. Rasm chizish jarayonida chiziqni zaiflashishi 5. Rasm chizib bo‘lgandan so‘ng toliqish 6. Juda kichkina rasm 7. Faqat oddiy qora qalam bilan chizish 8. To‘q, ranglar ustunligi 9. Charchaganlik yoki bajara olmaslik sababli testdan voz kechish 10. Odamning rasmi nomutanosib, to‘q rangda «g‘ujanak» holatda Bola uy, daraxt, odam rasmini muayyan testni o‘tkazish vaziyatda chizgandagina uni tahlil qilish mumkin. U bolaning tasviriy faoliyatini psixologik ko‘rib chiqish mumkin degani emas, lekin bunday hollarda tahlilning boshqa usullaridan foydalaniladi, rasmni baholash mohiyati ham farq qiladi. Agar bola tengdoshlariga nisbatan sezilarli darajada yomon chizsa, agar rasmda salbiy istiqbol bo‘lsa, mutanosibligida buzilish, chizilayotgan ob’yektlarda asosiy detallarning yo‘qligi, uchta chizilgan rasmning sifati yaxshi bo‘lmasa, bu aqliy rivojlanishdan orqada qolish haqida xulosa uchun yetarli darajada asos bo‘lmaydi. Bu ko‘proq, pedagogik qarovsizlikdan dalolat berib, uni qo‘shimcha usullar orqali tashxis qilish zarur. Kelgusidagi tekshiruvni bolaning intellektual xususiyatlarini aniqlashga yo‘naltirish zarur. Agar rasmlar orasida birortasi salbiy sifati bilan ajralib tursa, ehtiyoj u sinaluvchining ko‘p hollarda yorqin emotsional ta’sirini yuzaga keltiradi. Agar uchta rasm bo‘yicha bir qancha belgilar to‘plami namoyon bo‘lsa, mazkur bola uchun emotsional muammolarni xal qilish zarur deb tahmin qilish mumkin. Amaliyotda UDO testini qo‘llashga asoslanishning samarasi, testda chizilgan rasmlar markaziy nerv tizimining (MNT) organik jarohatlanishini aniqlashga yordam berishi mumkin. Psixolog va nevropotolog tomonidan bolani MNTning organik jarohatlanishiga asoslangan qo‘shimcha tekshirish zaruriyati belgisi sifatida ko‘rinish mumkin bo‘lgan beshta ko‘rsatkich mavjud: 109 1 – rasmda ikkita chiziq; 2 – chiziqlarning bir-biri bilan tutashmaganligi; 3 – chizilgan shaklda qattiq, qiyalik; 4 – juda katta bosh; 5 – rasmda odamni adekvat bo‘lmagan holda ajratib ko‘rsatish. MNT da organik jarohatlanishning figura qismlari mavjudligi bolaning aqliy rivojlanishdan orqada qolishidan dalolat bermaydi, biroq, maktabda fanlarni o‘zlashtira olmaydigan bolalarni tashxis qilishda asosiy omil hisoblanadi. Bunday bolalar tez charchaydilar, diqqati sust, maktabda va uyda alohida tartibni hamda o‘quv jarayonini alohida tashkillashtirishni talab etadi. Ular tuzalgunlariga qadar maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologlarining diqqat markazida bo‘lishi zarur. Bunday bolalarning ota-onalari bilan psixologik maslahat ko‘rinishida yaqin aloqa o‘rnatish zarur hisoblanadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgandek, testni bajarish ikki qismdan iborat: rasm chizish jarayoni va undan keyingi suhbat. Bu suhbatdan bolaning maktab ta’limiga tayyorgarlik darajasini aniqlashda, nutq rivojlanishini tashxis qilishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari u umumlashtirish qobiliyati va mantiqiy tafakkur rivojlanishini aniqlashga imkon beradi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling