G qarshiboyeva, J. Majidov


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

 


17 
 
II. BO‘LIMFARZAND TARBIYASIDA XALQ  
PEDAGOGIKASINI TADBIQ ETISH MUAMMOLARI 
 
2. 1. Oilaviy hayot va oilaviy tarbiyaning milliy xususiyatlari 
 
O‘zbekiston  sharoitida  oilaviy  tarbiyaning  o‘ziga  xos  tomonlari 
borki,  buni  e’tirof  etmasdan  iloj  yo‘q.  Ko‘p  bolalik  o‘zbek  oilalariga 
xosdir.  Xalqimizda  «Bolali  uy  bozor,  bolasiz  uy  mozor»  deb  bejiz 
aytishmagan.  Xalqimiz  o‘zidan  keyin  zurriyot  qoldirmaslikni 
qoralaydi.  Erkak  nomiga  ega  bo‘lish  uchun  3  qoida  amalga  oshishi 
kerak. Bu uylanish, farzandli bo‘lish va uy qura olishdir.  
Xalq  pedagogikasida  oila  pedagogikasiga  alohida  e’tibor 
beriladi.  Chunki  tinch-totuv  yashaydiganlarning  oilalaridan  bolalar 
ham  shu  oilada  mavjud  bo‘lgan  axloqiy  xislatlar:  xushmuomalalik, 
odoblilik,  kattalarga  hurmat,  kichiklarga  g‘amxo‘rlik  qilish,  oila 
a’zolari  o‘rtasidagi  o‘zaro  hurmat,  ayniqsa,  ayollarga  nisbatan 
ko‘rsatiladigan  g‘amxo‘rlik  kabi  fazilatlardan  ibrat  oladilar.  A. 
Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» nomli asarida: “Tarbiyani 
kimlar  qilur?  Qayerda  qilinur?”  -  degan  savol  beriladi.  Bu  savolga 
birinchi  -  uy  tarbiyasi,  bu  ona  vazifasidur,  ikkinchi  -  maktab 
tarbiyasiya  bu-  ota,  muallim,  mudarris  va  hukumat  vazifasidir  -  deya 
ta’kidlab o‘tadi.  
Ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o‘qish 
davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Azaldan o‘zbek xalqida oila 
muqaddas  hisoblangan.  U  avvalo,  nikoh  bilan  mustahkamlangan. 
Nikohdan  tashqari  oila  qonuniy  hisoblanmagan,  balki  axloqsizlik 
sanalgan.  
Umuman, xalq pedagogikasida oila tarbiyasiga juda yuqori baho 
beradi. Masalan: Qush uyasida ko‘rganini qilar,  
Erka tutsa onasi,  
Taltayadi bolasi.  
To‘g‘ri tutsa onasi,  
Yurtga ega bolasi.  
«Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan» va hokazo… 
Sharq  allomalari  ham  oila  tarbiyasining  ahamiyatini  alohida 
ta’kidlashadi.  Masalan:  Ibn  Sino:  «Bola  tug‘ilganda  ota  –ona  avvalo 
unga  yaxshi  nom  qo‘yishi,  so‘ngra  esa  uni  yaxshilab  tarbiya  qilishi 


18 
 
kerak»  -  deb  ta’kidlaydi.  Agar  oilada  tarbiyaning  yaxshi  usullaridan 
to‘g‘ri foydalanilsa oila baxtli bo‘ladi.  
Xotin  kishi  bilimli  bo‘lishi,  dinga  ishonishi,  uyatchan,  sharm  – 
hayoli,  tabiatan  jasur,  o‘z  erini  qattiq  sevishi,  kamtar  va  fazilatli 
bo‘lishi,  u  hech  vaqt  o‘z  shaniga  dog‘  tushurmasligi,  eri  bilan 
ehtiyotkor  bo‘lib,  uning  hurmatini  joyiga  qo‘yib  muomala  qilishi 
shart. O‘z vazifasini va burchini yaxshi bilishi, xotin oila xo‘jaligidagi 
narsalardan  to‘g‘ri,  tejab  foydalana  bilishi,  u  o‘zining  harakteri  va 
yaxshi tomonlari bilan eridagi kamchiliklarni yo‘qotishi kerak. Alisher 
Navoiyning  ta’lim  -  tarbiya  haqida,  oila  tarbiyasi  hakidagi  fikri 
ibratlidir:  
«Har  bir  oila  farzand  qurmog‘i  va  uni  tarbiyalab  voyaga 
yetkazmog‘i  kerak.  Farzand  ota-onaning  o‘rinbosari.  Farzand 
ko‘rmoq,  uni  tarbiyalab  o‘stirmoq  har  bir  ota  va  har  bir  onaning 
burchidir.  Inson  uchun  kelajak  avlodni  yaratishdan,  uni  tarbiyalab, 
kelajak  uchun  foydali  kishi  qilib  yetishtirishdan  ko‘ra  xayrli  va 
lazzatli  narsa  yo‘qdir».  Sharqning  buyuk  allomalaridan  biri  Sa’diy 
Sheroziy  bolani  tarbiyalash  vazifasini  ularning  ota-onalariga,  ayniqsa 
otaga  yuklaydi,  ota-onalarga  har  bir  farzandning  xulq-  atvorini 
xisobga  olgan  holda  bolalarni  qobiliyatli  qilib  o‘stirishni,  axloqiy 
tarbiyani  yoshligidan  boshlashni  tavsiya  etadi.  U  mehnat  tarbiyasiga 
katta  e’tibor  beradi  va  har  bir  yosh  avlod  oiladagi  axvolidan  qat’iy 
nazar,  hunar  o‘rganishi  kerakligini  aytadi.  Sa’diy  oilada  ayollarning 
mavqei  haqida  to‘xtalib,  ayollar  hayotda  erlari  uchun  do‘stdurlar. 
Ayollar  nafaqat  tashqi  ko‘rinishdan,  balki  ma’naviy  jihatdan  ham 
go‘zal,  rostgo‘y,  itoatkor  o‘z  eriga  sodiq,  shirinso‘z,  bo‘lishi  va 
oilaning  baxti,  mustahkamligi  uchun  kurashmog‘i  lozim  deydi. 
Onalarni insonga hayot baxsh etgan ulug‘ zot sifatida ulug‘laydi. Oila 
bolaning baxti, kelajagi uchun zamin yaratishini ta’kidlab o‘tadi.  
Qadimiy  muqaddas  kitobimiz  «Avesto»da  esa  qarindoshlarning 
o‘zaro oila qurishi man qilingan. Qavm va urug‘ qonini toza, avlodni 
benuqson  saqlash  uchun  shunday  qilingan.  Ko‘p  bolali  oilalarga 
davlat  hisobidan  nafaqa  tayinlash  lozimligi  qayd  etilgan.  Unda  bir 
yo‘la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor deb uqtiriladi.  
Islom  dinining  muqaddas  kitobi  Qur’oni  karimda  eng  avvalo, 
ollohning  o‘zigagina  ibodat  qilishga,  so‘ngra  bevosita  ota-onani  rozi 
qilish  buyuriladi.  Ota-ona  bilan  muloqotda  bo‘ladigan  farzand  besh 
narsani bilishi kerak.  


19 
 
1. Ota-onalari qattiq  gapirib yuborganda ham ularga  malol kelib 
«uff» demaslik.  
2. Ota-onanini xafa qiladigan so‘z so‘zlamaslik.  
3. Ota-onaga doim ehtirom bilan yaxshi so‘zlarni so‘zlash.  
4. Ota-onaga  doimo  rahm-shavqatli  bo‘lishi,  o‘zini  kamtar 
tutishi.  
5. Ollohdan ota-onalarga rahmat tilab duo qilishlari.  
Ota-onalar  bolani  dunyoga  keltirishga  sabab  bo‘lganlari  uchun 
emas,  balki  uni  odobli,  hayoli,  axloqli  qilib  voyaga  etkazganliklari 
uchun olqishga sazovordirlar.  
Payg‘ambarimiz  «Kishi  o‘z  bolasiga  odobdan  ko‘ra  afzalroq 
narsa ato etolmaydi»- deydilar.  
Yusuf  Xos  Hojibning  uqtirishicha  har  bir  kishi  jamiyatga 
munosib  bo‘lib  kamol  topmog‘i  kerak.  Tug‘ilgan  kundan  boshlab 
zarur  tarbiyani  olmog‘i  lozim.  Yusuf  Xos  Hojib  o‘gil  va  qizning 
tarbiyasi  haqida  fikr  yuritar  ekan,  o‘g‘il-u  qizga  bilim  ham  odob 
o‘rgatish  zarurligini,  ikki  olam  uniki,  manfaati  yetarli  bo‘lishligi, 
ularning  o‘zlariga  xos  xususiyatlariga  e’tibor  berish  kerak  ekanligini 
ta’kidlaydi. 
Bunda, turkiy xalqlarning an’anaviy tarbiyasiga, oila muhitidagi 
tarbiyaga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Uning  ta’kidlashicha,  bola 
tug‘ilgandan boshlab, oila muhitida yashaydi. Shu oilaga xos bo‘lgan 
an’analar,  qadriyatlar,  urf-odatlar  bolaning  ma’naviy  dunyosiga 
singadi.  Oila  jamiyatning  bir  bo‘lagidir.  Demak,  bola  oilaviy  hayot 
maktabi  orqali  jamiyat  talablarini  anglaydi,  his  qiladi.  Farzandlar 
tarbiyasi  nihoyatda  erta  boshlanmog‘i  shart.  Shundagina  ularning 
noo‘rin  xatti-harakatlarga  berilishining  oldi  olinadi.  Ota  farzandlari 
tarbiyasiga e’tiborsizlik bilan qarasa, ularning yurish-turishlari, axloq- 
odobini kuzatib bormasa, oqibati fojiali bo‘lishi mumkin.  
Yusuf  Xos  Hojib  ota-onalarni  bola  tarbiyasiga  e’tibor  berishga 
da’vat etar ekan, jamiyat farzandlar xulq - atvoriga qarab ota-onalarga 
baho  berishini  aytadi,  ularni  ogohlantiradi:  Kimning  o‘gil  qizi  erka 
bo‘lsa,  unga  shu  kishining  o‘zi  munglig‘  bo‘lib  yashaydi.  Ota  bolani 
kichikligidan boshlab bebosh qilib qo‘ysa, bolada gunoh yo‘q, barcha 
jafo  otaning  o‘zida.  O‘g‘il-qizning  xulq-atvori  yaramas  bo‘lsa,  bu 
yaramas ishni ota qilgan bo‘ladi, undan boshqa emas.  
Umuman,  o‘zbek  xalqi  oiladagi  bola  tarbiyasiga  alohida  e’tibor 
berib kelgan. O‘zbek xalqining faqat o‘ziga xos an’analari borki, ana 


20 
 
shu  an’analarning  o‘zi  oilaviy  tarbiyadir.  Bu  an’analar  nimalardan 
iborat?  O‘zbek  oilasida  azaldan  ota  oila  boshlig‘i  hisoblangan  va 
uning  hurmati  beqiyos  bo‘lgan.  Ota  -  oilani  moddiy  jihatdan 
ta’minlovchi  uning  sha’nini  himoya  qiluvchidir.  Uyda  otaning  o‘z 
o‘rni  bo‘lgan  ya’ni  to‘rda.  Dasturxon  yozilganda  ham  birinchi  bo‘lib 
ota  qo‘l  cho‘zgan,  keyin  qolganlar  qo‘l  uzatishgan.  Shuning  uchun 
dono  xalqimiz  ota  rozi  xudo  rozi  degan.  O‘g‘il  bolalarning  tarbiyasi 
bilan asosan ota shug‘ullangan. Qizlar tarbiyasi uchun esa ona mas’ul 
hisoblangan.  Qizlarni  onasi  kelajakka,  oilaviy  hayotga  tayyorlagan. 
O‘g‘il bolalar yoshlikdan hunarga, mehnatga o‘rgatilgan.  

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling