G qarshiboyeva, J. Majidov


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

KIRISH 
 
Mustaqil vatanimizning ertangi porloq yorqin kelajagi uchun har 
tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, ma’naviy ustuvor, iymon-
e’tiqodi  butun,  o‘z  xalqi,  o‘z  ona  vataniga  fidoiy,  barkamol  kishilar 
yetkazish  uchun  ular  tarbiyasiga  alohida  ahamiyat  bera  boshladik. 
Darhaqiqat,  vatan  taqdiri,  xalq  ravnaqi,  mustaqil  yurtning  kelgusi 
boshqaruvchisi -  yangi avlod tarbiyasi birinchi o‘ringa chiqdi. Ushbu 
vazifani  amalga  oshirishda  asosiy  ko‘makchi  sifatida,  xalqimizning 
milliy  ma’naviy  tarixi,  milliy  qadriyat,  an’ana  va  urf  odatlariga 
tayandik.  Xalq  pedagogikasi  hayotning,  tafakkurning,  odob-axloq, 
ta’lim-tarbiyaning  hamma  jabhasini,  barcha  muammolarini  qamrab 
olishi  bilan  xarakterlanadi.  Uning  oldiga  qo‘ygan  maqsad  vazifasi 
aniq,  ravshan,  ayni  chog‘da  xayrli,  savobli  va  ilohiydir:  hayot  guli, 
sarvari, egasi insonni yuksak fazilatlar ruhida tarbiyalashdir
1
.  
Mazkur jarayonda har bir ulg‘ayib borayotgan yosh avlod 
 
ong-u, tafakkurida yuksak axloqiy tuyg‘ularni tarkib toptirib borishda, 
oila  va  unda  yaratilgan  ijobiy  muhit  muhim  o‘rin  tutadi.  Negaki, 
bolada  yuzaga  keladigan  ijtimoiy  xulq-atvor  aynan  dastlab  oilada 
yuzaga kelishi hech kimga sir emas. Bu xususida fransuz psixologi E. 
Dyurkgeym,  ulg‘ayish  -  kishilarning  his-tuyg‘ularni  o‘zlashtirishi 
ekanligini,  shu  bois,  idrok  qilingan  tasavvurlar  bolaning  ruhiy 
faoliyatini  ifodalashini,  bolaning  tajriba,  an’ana,  urf-odatlarni 
taqlid  orqali  egallashini,  biologiyada  irsiyat  qanchalik  ahamiyatli 
bo‘lsa,  taqlid  ham  jamiyatda  shunday  o‘rin  tutishini  aytib  o‘tadi. 
2
 
Shunday  ekan  bolaning  tabiat  va  jamiyat  haqidagi  dastlabki 
tasavvurlari 
bevosita 
asrlar 
osha 
yashab 
kelayotgan 
xalq 
pedagogikasining:  ertak,  maqol,  matal,  doston  qolaversa  ona  allasi 
orqali ongiga yetib borishini barchamiz yaxshi bilamiz. Aynan kamol 
topib  borayotgan  murg‘ak  vujudda  biz  yuqorida  sanab  o‘tgan  xalq 
og‘zaki  ijodi  yuksak  tuyg‘ularni  uyg‘otib,  hissiy  shakllanishida 
muhim o‘rin tutadi.  
Xalq og‘zaki ijodida, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash 
va tarbiya usullari, insoniy qadriyatlar va yurtsevarlik tarbiyasi; do‘st-
birodarlik,  ahillik,  mehnatsevarlik,  kasb-hunarga  muhabbat,  yaxshilik 
va  yomonlikning,  yaxshi  va  yomon  so‘zning  oqibati,  adolat,  halollik 
                                                 
1
 
M.Mutalipova Xalq pedagogikasi –o‘quv qo‘llanma- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
nashriyoti Toshkent - 2011 
2
 David G. Myers “Psychology ninth edition in modules”. NY, WORTH PUBLISHER-2010 . 185pages.
 



 
va to‘g‘rilik, olijanoblik tarbiyasi, salomlashish, ko‘cha odobi, jamoat 
va  kattalar  oldida  o‘zini  tuta  bilish,  kitob,  ilm-u  hunarni  ardoqlash, 
chin  insoniy  fazilatlar,  xislatlar,  tarbiyaning  barcha  tarkibiy  qismlari 
jamlangan.  Shuningdek,  o‘zbek  xalq  pedagogikasi  an’analarida 
farzandlarni  estetik  idroki,  hissiyoti  va  tasavvurlarini  rivojlantirish 
hamda  mukammallashtirish;  bolalarning  badiiy-ijodiy  qobiliyatlarini 
shakllantirish  va  kamol  toptirish,  estetik  didini  shakllantirish  va 
takomillashtirish; ustoz-shogirdlik an’analarining pedagogik, axloqiy-
estetik ahamiyati alohida o‘ringa egadir.  
Mamlakatimiz  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoyev  tomonidan  2017-
yil  12-yanvar  kuni  “Kitob  mahsulotlarini  chop  etish  va  tarqatish 
tizimini  rivojlantirish,  kitob  mutolaasi  va  kitobxonlik  madaniyatini 
oshirish 
hamda 
targ‘ibot 
qilish 
bo‘yicha 
komissiya 
tuzish 
to‘g‘risida"gi  farmoni  aholining  keng  qatlamida  kitobga  muhabbat 
uyg‘otish  va  aholi  ayniqsa  yoshlar  ma’naviyatini  yuksaltirishda 
kitoblarning o‘rni naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Bundan 
ko‘rinib turibdiki, bolada kitobga muhabbat tuyg‘ulari eng avvalo xalq 
pedagogikasining:  ertak,  maqol,  matal,  doston  qolaversa  ona  allasi 
orqali  ongiga  yetib  borishi  barchamizga  ayon  bo‘lgan  oddiy 
haqiqatdir.  Darhaqiqat,  xalqning  ko‘p  asrlar  mobaynida  to‘plagan, 
sayqal  bergan  ijodiyoti  durdonalarining  tarbiyadagi  roli  bebahodir. 
Xalq  donishmandligi  ildizidan  bahra  olib  tarbiya  ko‘rgan,  eng  ezgu 
tilaklari  ma’naviy  kamolot,  madaniyatga  borib  taqaladigan  xalqimiz 
ruhida  bu donishmandlikka  hurmat  bilan  qarash,  ergashish,  o‘rganish 
hamisha oldinda bo‘lib kelgan.  
Biz  ajoyib  yozuvchilar,  olimlarning  biografiyalariga  nazar 
tashlar ekanmiz, ularning o‘sib yuksalishi-da, insoniyat tarixida buyuk 
kishilar  bo‘lib  yetishishlarida  buvi  va  buvalarning  katta  hissasi 
borligini ko‘ramiz.  
Hamza,  Oybek,  Hamid  Olimjon,  G‘afur  G‘ulom,  Quddus 
Muhammadiy  kabi  atoqli  adiblarimiz  asarlarida  xalq  og‘zaki 
ijodiyotining ta’siri beqiyos ekanligini yaxshi bilamiz. Ular bolaligini 
eslashib  bobo  -  buvilaridan  ertak,  hikoya  va  rivoyatlar  ichida 
ulg‘ayganliklarini  ko‘p  bora  eslashgan.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan 
fikrlardan  ko‘rinib  turibdiki,  xalq  pedagogikasi  na’munalari  o‘sib 
voyaga yetayotgan har bir farzand (bola) hayotida muhim o‘ringa ega.  
Bugungi  globallashuv  jarayonlari  shiddat  bilan  kechayotgan, 
axborot  oqimi  ortib  borayotgan  ayni  bir  zamonda  farzandlarimizda 



 
qadriyatlarga  nisbatan  hurmat  ruhini  saqlab  qolish,  bu  borada  ota-
onaning  ya’ni  oilaning  o‘rni  va  shu  oilada  tarbiya  topib,  ulg‘ayib, 
voyaga yetayotgan farzandlar qalbida ezgulik sifatlarini uyg‘ota bilish 
har qachongidan-da dolzarbroq mazmun kasb emoqda. Shunday ekan 
ota-ona  ma’naviyati,  ota-ona  kitobxonligi,  oilaviy  badiiy  muhit 
farzand  tarbiyasida  muhim  o‘rin  tutishi  va  farzandlar  kamolida 
birlamchi  axloqiy  parvozlar  aynan  xalq  pedagogikasi  asosida 
shakllanishini yanada chuqurroq anglashimiz darkor.  
Ota-onalarga  farzanlarining  kitobga  mehr  qo‘yishida  ularga 
bolalikdanoq  (ona  qornidaligida)  ibratli  ertaklar,  hikoyalar  va  boshqa 
xalq  og‘zaki  ijodining  ta’sirchan  vositalaridan  foydalanib  borishini 
anglatilsa, 
farzandlarida 
ma’naviy 
sifatlarni 
rivojlantirish 
imkoniyatlarini  kengaytirgan  bo‘lar  edik.  Xalqimiz  yaratgan 
ma’vaviyat  durdonalarini  unutmasdan,  bola  hayotiy  ko‘nikmalarining 
shakllanishida,  rivojlanishida  o‘z  mas’uliyatimizni  oshirib  borsak, 
ayni  bugungi  kun  farzand  tarbiyasiga  yetkaza  olsak,  kelajak 
bunyodkorlarinining parvoziga qanot bo‘lgan bo‘lamiz.  
 
 
 
 
 



 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling