5-ilova
Trening (o‘yinlar).
«Ashula aytish» Treningi
Trening maqsadi:
Har bir shaxsga o‘zini ko‘pchilik orasida erkin tutishga,
o‘zidagi tortinchoqlikni yo‘qotishga harakat qilishga, o‘ziga
ishonishga o‘rgatish, diqqatini rivojlantirish.
Trening borishi:
Usul-1. Ishtirokchilar doira shaklida o‘tiradilar va biror
mashhur ashulani ijro etadilar, Naqorat tugagach, avvaldan
tayinlab qo‘yilgan biror ishtirokchi «Voy-dod» deyishi kerak.
So‘ngra boshqa mashhur ashula ijro etiladi va ikkinchi tortinchoq
ishtirokchi «Voy-dod» deydi. O‘yin shu tarzda davom etadi.
Usul -2. Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tiradilar. Biror
mashhur ashula tanlanadi. Har bir ishtirokchi shu ashulaning bir
so‘zini ijro etadi va ashula shu tariqa davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |