G qarshiboyeva, J. Majidov


« Koridor yo‘lakcha» treningi


Download 1.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/75
Sana02.01.2022
Hajmi1.63 Mb.
#199076
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
Bog'liq
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029

 
« Koridor yo‘lakcha» treningi 
Trening maqsadi:  
Bolalarni  diqqat  e’tiborli  bo‘lishga,  chuqur  fikrlashga 
o‘rgatish, taqlid qilish qobiliyatlarini shakllantirish.  
 
Trening borishi:  
Bolalar  ikki  qator  bo‘lib  turib  oladilar.  Har  bir  ishtirokchi 
shu  yo‘lakdan  biror  –  bir  yurishni  ko‘rsatib  o‘tadi.  Ko‘rsatilgan 
yurish boshqa takrorlanmasligi kerak.  
 


99 
 
6-ilova 
Ota-onalarga psixolog maslahati 
  
Bularni bajaring:  
- Kichkintoyingizga qarab quvoning.  
- Uy ro‘zg‘or ishlari bilan shug‘ullanar ekansiz nimanidir xirgoyi 
qiling.  
-  Agar  kichkintoyingiz  sizni  eshitayotgan  bo‘lsa,  ovoz chiqarib, 
u bilan gaplashing.  
-  Farzandlaringiz  qandaydir  harakatlarni  bajarayotgan  bo‘lsa,  u 
bilan suhbatni boshlab, harakatlariga izox bering.  

Farzandlaringiz 
bilan 
muloyim, 
tinchlantiradigan, 
tetiklashtiradigan oxangda gaplashing.  
-  Agar  farzandingiz  siz  bilan  suhbatlashayotgan  bo‘lsa,  uni 
diqqat-e’tibor bilan, hamda hamdardlik bilan eshiting.  
- Kichkintoy bilan qisqa jumlalar yordamida gaplashing.  
-  Bola  bilan  suhbat  davomida,  iloji  boricha  ko‘proq  predmetlar 
nomini atashga harakat qiling.  
-  Sizning  bolaga  qaratilgan,  tushuntirishlaringiz  sodda  va 
tushunarli bo‘lsin.  
- Sekinroq gapiring.  
- Chidamli bo‘ling.  
- Iloji bo‘lsa har kuni kitob o‘qib bering.  
- Boladagi savol berishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlang.  
- Mukofot, bolani o‘pib yoki maqtab qo‘yishni unutmang.  
-  Kichkintoyingizdagi  turli  narsalarga  bo‘lgan  qiziqishni 
rag‘batlantiring.  
-  Farzandingizni  boshqa  bolalar  bilan  birga  o‘ynashini 
taqdirlang.  
 -  Kichkintoyingiz  bilan  birga  sayr  qiling,  xatto  ovqatni  ham 
birga  pishiring,  har  bir  bajarayotgan  ishingizda  farzandingiz  yordam 
berishiga harakat qiling.  
- Farzandingiz o‘z ismini va familiyasini bilib olishga o‘rgating.  
-  Kichkintoyingiz  uchun  namuna  bo‘ling,  kitob,  gazeta 
o‘qishdan qanday lazzat olayotganingizni farzandingiz ko‘rsin.  
- Ota-ona va farzandlar o‘zaro do‘st, biror narsa bilan birgalikda 
shug‘ullanadigan oilada ota va bola muammosi bo‘lmaydi.  


100 
 

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling