7-
ILOVA
Yosh ota-onalar uchun
psixolog maslahati
Aziz ota-onalar!
Bolalar bilan so‘zlashganda gaplarni to‘liq va so‘zlarni to‘g‘ri
talaffuz eting. Agar bola so‘zni noto‘g‘ri talaffuz etsa, unga bu
«noto‘g‘ri» demang va so‘zning to‘g‘ri talaffuzini takrorlang.
Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan
bo‘ladilar. Ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob bering, buning
natijasida
o‘quv faoliyati motivlarini shakllantiruvchi bilish
faoliyatining asosi shakllanadi.
Eslab qoling agar siz bolalik davrida bolani qiziqtirgan
savollarga javob berishdan qochsangiz, bolangizda bilishga bo‘lgan
aktiv qiziqishni so‘ndirasiz.
Bolada nutqni rivojlantirish, uchun mozaikalardan samarali
foydalanish mumkin. Bu harakatlarni bajarishda bolada barmoqlarni
muskullari ularning bosh miya po‘stloq qismidagi harakat zonasi nutq
mator zonasi bilan bevosita yaqin joylashgan bo‘lib bu ularga jadal
rivojlanishda yordam beradi. Bolaning xatti-harakatini emotsional
qo‘llab-quvvatlash lozim, u o‘rgangan yangi so‘z va o‘zlashtirgan
xatti- harakatiga birgalikda quvonish kerak.
Bolada ijodkorlikning rivojlanishi biror bir xatti –harakatni
ma’lum usul bilan bajarilishida emas, balki bolani qo‘yilgan vazifani
bajarishning turli xil yangi usullarining yechimini qidirishi va
topishining rag‘batlantirilishi bilan bog‘liqdir.
101
Do'stlaringiz bilan baham: |