«Oila rasmi» metodikasi
«Oila rasmi» metodikasi o‘rganilayotgan bola tomonidan oilaviy
vaziyatni sub’yektiv idrok etish haqidagi boy ma’lumotlarni o‘z ichiga
oladi. Rasm bolaning o‘z oila a’zolarining unga bo‘lgan munosabati,
sinaluvchi uchun nizo va xavotirlik tug‘diruvchi oilaviy munosabat
xarakteri, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari bilan o‘zaro
munosabatini qanday qabul qilish va oiladagi o‘z o‘rnini aniqlashda
yordam beradi.
Agar «UDO» metodikasi bolaning asab psixik holat xususiyatini
tashxis qilishga va o‘ziga ishonchsizlik, g‘animlik va boshqalarni
aniqlashga yo‘naltirilgan bo‘lsa, «Oila rasmi» metodikasi oila
sharoitidagi vaziyatlarda mazkur emotsional buzilish sabablarini
aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |