G qarshiboyeva, J. Majidov
Rasm chizish jarayoni tahlili
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
1. Rasm chizish jarayoni tahlili
1. «Oila rasmi»tuzilmasining tahlili va oilaning haqiqiy rasmi hamda chizilgan oilaning rasmi tarkibini solishtirish. Oilada emotsional maqbullikni boshidan kechirayotgan bola haqiqiy oilaning rasmini chizadi. Oilaning haqiqiy tarkibini buzib ko‘rsatish hamisha diqqat e’tiborda bo‘lib, buning ortida emotsional nizolar va oilaviy vaziyatdan qoniqmaslik yotadi. Rasmlarning so‘nggi varianti, ya’ni: a) umuman insonlar tasvirlanmagan; b) faqat 114 oilaga aloqador bo‘lmagan insonlar tasvirlangan. Bunday vazifadan himoyali tarzda qochish bolalarda kamdan-kam uchraydi. Bunday ta’sirlarning ortida ko‘p hollarda: a) oila bilan bog‘liq jarohatli qayg‘urish; b) rad etish tashlab ketilganlik hissi (yaqin atrofda oiladan internatga kelgan bolalarda bunday rasmlar tez-tez uchraydi) ; v) autizm; g) xavotirlikning yuqori darajasi, himoyasizlik tuyg‘usi; d) sinaluvchi bola bilan psixologning yomon aloqasi. Amaliyotda oilaning haqiqiy tarkibida kamroq, namoyon bo‘luvchi chekinishlar bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi. Bolalar emotsional yaqin bo‘lmagan, nizoli vaziyatni yuzaga keltiruvchi oila a’zolarining rasmini chizishni «esdan chiqarib», oila tarkibini qisqartiradi. Bola ularning rasmini chizmaslik orqali oiladagi emotsional muhitga mos kelmaydigan, ma’lum bir odamlar bilan bog‘liq salbiy emotsiyalardan qochadi. Oiladagi raqobatlarni kuzatish bilan bog‘liq aka yoki singil rasmini chizmaslik hollari tez-tez uchrab turadi. Bola bunday usullar orqali ota-ona e’tibori va mehr-muxabbatini yetishmasligiga ramziy vaziyatda urg‘u beradi. Odatda nima sababdan u yoki bu oila a’zolarining rasmi chizilmaganligi kabi savollarga himoyalanish tarzida javob: chizmaganlik sababi «chunki joy qolmadi», «u o‘ynagani ketgan» va boshqalar. Biroq ba’zan ko‘rsatilgan savollarga bolalar emotsional ta’sirga boy bo‘lgan javobni beradi: «U urushyapti, shuning uchun xohlamadim», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» va boshqalar. Ba’zi hollarda haqiqiy oila a’zolarining o‘rniga bola kichkina hayvonni yoki qushlarni rasmini chizadi. Psixolog hamisha bola ularni nimaga o‘xshatganligini aniqlashtirishi lozim (juda ko‘p hollarda «akanimi yoki singilnimi, oilada kimning ta’sirini kamaytirishga harakat qilsa» o‘sha insonni rasmini chizadi). Bola haqiqiy oilaning rasmini chizish o‘rniga hayvon oilasining rasmini chizish hollari uchrab turadi. Rasmda bola o‘zining rasmini chizmasa yoki oila a’zolarining o‘rniga o‘zini rasmini chizishi katta ahamiyatga ega. Ikkala vaziyatda ham rasmni chizuvchi o‘zini oila tarkibiga kiritmaydi. Bu «birlik hissini yo‘qligi»dan dalolat beradi. Rasmda «Men»ni yo‘qligi rad etilganlik, qabul qilmaslik tuyg‘usini his etuvchi bolalarga xos. Rasmda faqatgina «Men»ni namoyon bo‘lishi rasmning boshqa mazmundagi tavsifiga bog‘liq holda turli psixik mazmunni bildiradi. 115 Agar ko‘rsatilgan namoyishda o‘zini rasmini ijobiy chizishga (tana detallari sonining ko‘pligi, rangi, kiyimni bezatish, katta hajmdagi figura) qaratilgan bo‘lsa, bu birlashish tuyg‘usini shakllanmaganligi bilan bir qatorda aniq, bir egosentriklik, xarakterning isteroid qirralarini ko‘rsatadi. Agar rasmda kichkinagina kenglik tasvirlansa, sxematiklik namoyon bo‘lsa, rasmda rangli gamma va boshqa detallar salbiy emotsional fon hosil qilsa, rad etilganlik, tashlab ketilganlik hissi, ba’zan autistik fikrlarni mavjudligini tahmin qilish mumkin. Oila tarkibini ko‘paytirish ma’lumot beruvchi hisoblanadi. Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog‘liq. Misol uchun oiladagi yolg‘iz farzandlarning rasmini olish mumkin, ular oila rasmi tarkibiga begona odamlarni kiritadi. Oilaning tarkibiga qo‘shimcha ravishda o‘sha yoshdagi bolani rasmini chizish (qarindosh aka-ukalar, qo‘shni qiz va b.) teng huquqlilik, kooperativ aloqalarga bo‘lgan ehtiyojlarni bildiradi. Kichik bolalarni namoyish etishi yoki katta bolalar figurasini o‘zinikidan kichikroq chizishi liderlik sifatlarini amalga oshirish, boshqa bolalarga nisbatan boshqaruv pozitsiyasini egallash ehtiyojlarini qondirilmaganligini ko‘rsatadi. Ota-onalarga qo‘shimcha ravishda (yoki ularni o‘rniga) chizilgan oila bilan bog‘lik bo‘lmagan kattalarni oilaga qo‘shilmasligini idrok etishni, bolani emotsional ehtiyojlarini qondira oladigan insonni qidirishini ko‘rsatadi. Oxirgi vaqtlarda ota-onalarning yashash uchun pul topish bilan bandliklari va farzandlaridan uzoqda ekanliklari sababli bolalar tarbiyasi bilan buvi va buvani shug‘ullanish hollari uchrab turibdi. Bunday vaziyatlarda bolalar ota-onasining o‘rniga buvi va buvani rasmini chizadi, buning oqibatida bola shaxsining jarohatlanishi, ota-ona va bola munosabati deprivatsiyasi kuzatiladi, ayniqsa bolalar ona bilan ayrilganlarida iztirob chekadilar. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling