G qarshiboyeva, J. Majidov
Rasm chizish jarayoni tahlili
Download 1.63 Mb. Pdf ko'rish
|
4447-Текст статьи-13865-1-10-20201029
3. Rasm chizish jarayoni tahlili Rasm chizish jarayoni tahlilida diqqat-e’tiborni quyidagilarga qaratish kerak: a) oila a’zolari suratini chizishning ketma-ketligi; b) qismlarini chizishning ketma-ketligi; v) o‘chirish; g) chizib bo‘lingan ob’yekt qismlari, shakllariga qaytish; d) chekinishlar; e) ichki sabab natijasida vujudga keladigan sharhlar. Rasm chizish jarayonini izohlash tezisini, umuman olganda, amalga oshiruvchi rasm chizishning dinamik tavsifi ostida fikrni o‘zgartirish, hissiyotlarning muhimligi, zo‘r berish yotadi. Nizolar bola uchun suratning muayyan qismlarining ahamiyatini aks ettiradi. Rasm chizish jarayonini izohlash psixologning butun amaliy tajribasini, uning farosatini, ijodiy yondashishini talab etadi. Noaniqlik darajasining kattaligiga qaramasdan, tahlilning xuddi shu bosqichi ko‘pincha ancha mazmunli, chuqur, muhim axborotni beradi. Biz o‘z tahlillarimizda faqatgina ba’zi bir umumiy an’analarni belgilaymiz. Bola hikoyani asosiy qismidan boshlagani kabi rasmda ham birinchi bo‘lib ancha muhim, asosiy va emotsional yaqin kishisidan boshlaydi. Ko‘pincha bola birinchi bo‘lib onasining rasmini chizadi. Yoki bo‘lmasa ko‘pincha bolalar birinchi o‘zlarining suratlarini chizadilar, bu ularning yosh tavsifnomasi bo‘lgan manmanliklari bilan bog‘liq. Bola birinchi galda o‘zini, onasini emas, balki oilaning boshqa a’zosining suratini chizganida, surat chizish ketma-ketligi shu 121 kabi holatlarda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bu bola uchun qadrli shaxs yoki u bog‘lanib qolgan inson bo‘lishi mumkin. Bizning ish tajribamizdan ma’lumki, maktabgacha tarbiya muassasalarining milliy guruhlari boshlang‘ich maktablar bolalari qoidaga ko‘ra birinchi bo‘lib otalarining suratini chizadilar. Bu muayyan milliy me’yorlar va sharq oilalarining an’analari bilan bog‘liq deb hisoblaymiz. Bola onasining suratini oxirgi bo‘lib chizish hodisasi diqqatga sazovor. Bu holatda unga salbiy munosabatdaligi to‘g‘risida gap ketishi mumkin emas. Ko‘proq bu onalik munosabatining (hissiyotli, bilish va sensor) deprivatsiyasidan dalolat beradi. Uning uchun onasiga nisbatan munosabatda «uncha yaxshi ko‘rmaganlik» uchun, bolani so‘zsiz qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilmaganligi uchun alamni sezishga xos. Oila a’zolarining suratlarini chizish ketma-ketligi, shakllarni grafik taqdim qilish xususiyatlari tahlilining mazmunida ancha ishonchli izohlangan bo‘lishi mumkin. Agar birinchi bo‘lib chizilgan qomat eng kattasi bo‘lsa, lekin bezatilmasdan quruqqina chizilgan bo‘lsa, unda bunday taqdim etish bu shaxsni bola tomonidan qabul qilishning ahamiyatini, kuchini, oiladagi hukmronligini ko‘rsatadi. Bu unga nisbatan bolada ijobiy hissiyotlarni ko‘rsatmaydi. Biroq, agar birinchi qomat puxta, bezatib chizilgan bo‘lsa, unda bu oilani bolani hurmat qiladigan va unga o‘xshashga harakat qiladigan va bola oilaning ancha sevimli a’zosi deb o‘ylash mumkin. Qoidaga ko‘ra, bolalar oila suratini chizish vazifasini olganlaridan keyin oila a’zolarining suratlarini chizishni boshlaydilar. Lekin, shunday hodisalar ham uchrab turadi, bolalar oldin turli ob’yektarni, asosiy chizishni, quyoshni, mebelni va boshqalarni chizadilar va oxirgi navbatdagina odamlarni tasvirlashga kirishadilar. Bola buning yordamida o‘ziga yoqimsiz bo‘lgan vazifani orqaga suradi, vazifani bajarishning bunday ketma-ketligi o‘ziga xos himoya ta’siri bo‘ladi, deb hisoblashga asos bor. Ko‘pincha bu notinch oilaviy vaziyatlardagi bolalarda kuzatiladi, ammo bu bolaning psixolog bilan aloqasining yomonligi oqibati bo‘lishi ham mumkin. Oilaning o‘sha a’zolari, ob’yektlar, qismlar suratini chizishga qaytish bola uchun ularning ahamiyatini ko‘rsatadi. Insonning beixtiyor harakatlari ba’zida psixikaning dolzarb mazmunini ko‘rsatgani kabi xuddi suratning o‘sha belgilaridan surat chizishga 122 qaytish fikrlash harakatiga, bolaning munosabatiga mos keladi va asosiysini, ya’ni suratning muayyan qismlari bilan bog‘langan hukmron hayajonlanishni ko‘rsatishi mumkin. Oila a’zolarining muayyan qismlari suratini chizishdan oldingi pauzalar ko‘pincha murakkab munosabatlar bilan bog‘langan va motivlarning ichki uyg‘unsizligining tashqi ko‘rinishi bo‘ladi. Bola ongsizlik bosqichida unda salbiy tuyg‘u uyg‘otadigan kishi yoki qismni chizish yoki chizmaslikni o‘zicha hal qiladi. Chizilganni o‘chirish yoki qayta chizish surati chizilayotgan oila a’zosiga nisbatan salbiy tuyg‘ular bilan ham, ijobiy tuyg‘ular bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Surat chizishning so‘nggi natijasi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Agar o‘chirish va qayta chizish ko‘zga tashlanadigan yaxshiroq, grafik taqdimotga olib kelmasa, bolaning shu odamga har xil munosabati to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Ichki sabab natijasida vujudga keladigan sharxlar ko‘pincha bolaga chizilgan mazmunning ma’nosini ravshanlashtiradi. Shuning uchun ular diqqat bilan boshqa oila a’zosini suratini chizsa, bu ko‘pincha shu odamning bolaga nisbatan adovatini o‘ziga qabul qilish, qo‘rquv hissi bilan bog‘liq. «Oila rasmi» metodikasi uchun miqdoriy baholash tizimi ishlab chiqildi hamda beshta belgilar majmuasi ajratildi: 1. – qulay oilaviy sharoit, 2. – xavotirlanish 3. – oiladagi nizo, 4. – o‘zidan qoniqmaslik hissi, 5. – oilaviy sharoitdagi adovat. Har bir belgilar majmuasi ballar bilan baholanadigan bir qator ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Agar ko‘rsatkich yo‘q bo‘lsa, unda hamma holatlarda o qo‘yiladi. Ishoraning ishtirok etishi 1 ball deb baholanadi. Har bir belgilar majmuasi bo‘yicha yuqori ball 7dan 9 gacha bo‘lgan ballni tashkil etadi. Download 1.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling