G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va


Download 1.47 Mb.
bet102/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

5.2. O‘zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va

ularning o‘ziga xos xususiyatlari
O‘zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo‘lib, 1) yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarning, dexqon va fermerlarning xususiy mulki, 2) ularning shirkat xo‘jaliklaridagi paylar, aksiyadorlar jamiyatlaridagi aksiyalar, uyushma ulushlaridan iborat kooperativ xususiy mulk. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan asoslab berilgan iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirishning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq:

  1. Xususiylashtirishni yanad chuqurlashtirish va amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish.

  2. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish.

  3. Iqtisodiyotga xorij sarmoyalarini keng jalb etish.

  4. Mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash.

  5. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish.

Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida ta’kidlab o‘tganlaridek, «O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘li o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylanadi». Demak, iqtisodiy hayotni erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurishning asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustaxkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolatlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi amalda o‘rta mulkdorlar sinfi shakllandi. Prezidentimiz iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni belgilab bergan edi:

1) dan Mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal qilish. Buning uchun xususiy mulkchilik etakchi o‘rinda turadigan ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etish.

2) dan, Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.

3) dan Bozor infratuzilmasini rivojlantirish.

4) dan Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish.

5) dan, Valyuta tizimi va boozrni erkinlashtirsh.

6) dan, Davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga noo‘rin aralashishni cheklab ko‘yish.

Ushbu vazifalarni hal qilish uchun O‘zbekistonda davlat mulki xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish tadbirlari o‘tkazildi. Birgina 2000-2002 yillarda 3117 ta tarmoq ob’ektlari davlat tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirildi.

Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida so‘zlagan nutqida hozirgi sharoitda davlat monopolizmiga barham berish uchun bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish zarurligini bayon etdi. Bunda: 1. Xususiy tarmoqlarning jadal rivojlanishini, uning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirishini ta’minlash: a) davlat tuzilmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash; b) qastdan bo‘lmagan qoidabuzarlikl uchun jazo choralarini kamaytirish; v) xususiy tadbirkorlarga qo‘shimcha soliq imtiyozini berish; g) ularning markazlashtirilgan tizimiga qaytishga yo‘l qo‘ymaslik va x.k.

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlariga mos keladigan yangi xo‘jalik tizimini shakllantirish ishlari amalga oshirila boshlandi. Buning oqibatida bu sohada davlatga qarashli bo‘lmagan sektor keng rivojlandi. SHuningdek, xalq xo‘jaligini, uning tarmoqlari va hududlarini boshqarishning mavjud sharoitlarga mos bo‘lgan tizimlari ishlab chiqildi. Narxlar to‘liq erkinlashtirildi, bozor infratuzilmasining asosiy bo‘g‘inlari, shu jumladan, ikki pog‘onali bank tizimi, moliyani va pul-kreditni tartibga soluvchi mutlaqo yangi tizim, tovar, mehnat birjalari tizimlari yaratildi. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimi amalga oshirila boshlandi. Iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi oqibatida iqtisodiy pasayish boshqa MDH mamlakatlaridek og‘ir kechmadi. YAlpi ichki mahsulot 1995 yilda 1990 yilga nisbatan faqat 18,2% kamaydi. 1995 yilda esa bu ko‘rsatkich 1,2% ga pasaygan xolos. Vaholanki, YAIM hojmi MDH mamlakatlarida 40-60% ga, Rossiyada esa 48% ga kamayib ketgan71.

O‘zbekistonda mulkni tubdan isloh qilish jarayonlari izchillik bilan olib borildi va bir necha bosqichdan iborat bo‘ldi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling