Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asaridagi asosiy ustuvor yo‘nalishlar. Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” asari 1995 yilda chop etilgan, 269 betdan iborat bo‘lib, asar 2 qismdan tashkil topgan:
Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichning yakunlari va saboqlari.
Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari masalasiga e’tibor bergan.
Iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichning yakunlari va saboqlari qismida birinchidan, iqtisodiy islohatlar strategiyasi va yo‘lini shakllantirish mexanizm; 2) dan iqtisodiy islohatlar huquqiy negizini barpo etish; 3) dan davlat mulkini xususiylashtrish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish; 4) dan qishloq xo‘jaligida agroislohotlarni shakllantirish; 5) dan institutsional o‘zgarishlarni, ma’muriy-buyruqbozlik tizimini tugatish; 6) dan narxlarni erkinlashtirish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, 7)dan tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish va jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish; 8) dan ijtimoiy kafolatni ta’minlash; 9) dan xalqning ma’naviy-ruhiy tiklanishi; 10) Iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi bayon etilgan. Mamlakatimizda mulkchilik munosabatlari 2 yo‘l bilan amalga oshirildi: 1) Mulkdorlar sinfini shakllantirish, ya’ni bunda davlat mulki bosqichma-bosqich xususiylashtirilib berildi. 2) Qimmatli qog‘ozlar bozorini yaratish orqali amalga oshirildi.
Asarda birinchi bosqichda 2 ta hal qiluvchi vazifa bajarilganligi aytilgan: 1) Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi o‘rniga, u tugatilib, iqtisodiy boshqaruvga o‘tildi; 2) Mamlakatimizda o‘ziga xos sharoitlarda bozor munosabatlari negizlari shakllantirildi.
1993 yili Rossiya O‘zbekiston davlati va uning rahbariyatiga rubl zonasida (Rossiya rublida) qolishi uchun katta shartlar qo‘ydi. Bu shartlar:
1) Qarz evaziga 1,5 trillion rublga shunga yarasha boylik yo mahsulot to‘lash.
2) Pulni (rublni) olishdan avval 50 foiz AQSH dollari (O‘zbekiston oltinini) garov tariqasida Rossiya Markaziy bankiga qo‘yish.
3) 1961–92 yilgi pullarni yangi 1993 yil namunasidagi pulga 3 so‘mga 1 so‘m nisbati bilan almashtirib berish sharti.
4) SHartnoma bajarilmay qolsa, tovon majburligini qo‘ydi.
5) O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya Markaziy Bankiga hisob berib turishi shart (Karimov I.A. Asarlar, T.2., 88–90-b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |