Mutanosiblik qoidasi. Mutanosiblik o‘zaro moslikni ifodalaydi. Individ hissasi va ulushning o‘zaro mosligi qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyatdagi barcha individlarning faoliyatidan kelib chiqadigan xolat ham shuncha mustaxkam bo‘ladi va aksincha. Individlar turli qobilyatlarga ega bo‘lganliklari uchun ham ijtimoiy ne’matlarni yaratishga bir xil bo‘lmagan hissa qo‘shadilar. Iqtidorli shaxsning jamiyat rivojiga qo‘shgani uchun teng imkoniyatlar yaratilgan sharoitdagina bunga erisha olish mumkin. CHunki shu tariqa taqsimot munosabatlari sohasida kamsitish, soxta tenglik romantizmi, g‘ariblik, qashshoqlik tuyg‘ulariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |