Erkinlik qoidalari. Inson erkinligi azaldan yuqori maqomga ega. SHu bilan birga adolat va erkinlik munosabatlarida adolatni yagona qoidasiga aylantirish inson erkinligi, uning huquqlarini chegaralab qo‘yishi mumkin. Jumladan, taniqli fransuz faylasufi A.Kamyu shunday yozadi: “Mutloq adolat – erkinlikni rad etishdir. Erkinlik adolat va adolatsizlikka o‘z munosabatini ifoda etish imkoniyatisiz tasavvur etish mushkul”.
Aynan noto‘g‘ri tushunilgan adolat tushunchasi ta’sirida insonning erksizligi mubtalo bo‘lishi, uning huquqlarining poymol qilinishi demokratik qoidalarga ziddir. Jamiyatga teng erkinlik muxiti ustuvor darajada ta’minlanishi zarur. CHunki bu avvalo har bir jamiyat a’zosiga boshqalarning erkinligi zarar etkazmagan holda erkinlikka nisbatan teng huquqini ta’minlashni anglatadi. Adolat aslida erkinlik va tenglikni o‘ziga hos tarzda muvofaqlashtiruvchi mexanizim hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |