G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


Download 1.47 Mb.
bet130/165
Sana02.01.2022
Hajmi1.47 Mb.
#198933
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165
Bog'liq
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Ijtimoiy ta’minotkeksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, homiylarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari hisoblanadi85.

Ijtimoiy himoyani amalga oshiradigan manbalar: I) davlat byudjeti, 2) ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, 3) korxona va jamoat tashkilotlari mablag‘laridan tashkil topadi. 4) Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalarini hal etish bo‘yicha xayriya jamg‘armalari ishtiroki ham mavjud. O‘z.Resining 2010 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda respublikada mavjud bo‘lgan ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam tizimi, pensiya ta’minoti, bolalarga nafaqa, yolg‘iz kishilarga xizmat ko‘rsatish va boshqalar amalga oshirilishi belgilangan. Ijtimoiy himoya ob’ektiga: nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo‘qotganlar, o‘qituvchilar, talabalar va h.k.tashkil etadi. SHu boisdan ham 2007 yil “ijtimoiy himoya yili” deb belgilanishida katta ma’no mavjud.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling